Kurs ishi “Auditni tanlash”


Mundarija: Kirish……………………………………………………………………………………5



Yüklə 75,6 Kb.
səhifə2/12
tarix17.04.2023
ölçüsü75,6 Kb.
#99199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Auditni tanlash Kurs ishi

Mundarija:


Kirish……………………………………………………………………………………5
I-bob. Audit tanlashning me`yoriy-huquqiy asoslari………………………..............7
1.1Audit tanlashni tashkil etish……………………………….……………………….7
1.2 Audit tanlash tartib tamoyillarini bajarish……………………………………...11
II-bob. Auditorlik tanlash uslublarini shakllantirish tartibi ……............................14
2.1 Auditorlik tanlashda buzib ko`rsatish ………………………………………….14
2.2 Auditorlikni tanlash va natijalarini baholash…………………………………..18

Xulosa………………………………………………………………………………….29
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…………………………………………………30

Kirish


Kurs ishi dolzarbligi. Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi to’g’risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo’l-yo’riq va boshqa turlardagi amaliy yordam ko’rsatadigan professional xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga talab ortib bormoqda. Mamlakatimizda auditorlik faoliyatni rivojlantirish bilan birga bu boradagi qonunchilikni tartibga solish va mustahkamlash bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada 2017 yil 7 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni imzolandi. Mazkur Farmoni 3.2. bandida “Makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash, harajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirishda moliyaviy hisobot auditi ularning faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritishda asosiy omillardan biri bo’lib kelmoqda.
O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei xo’jalik yuyurtuvchi subektlarning moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan utkazishi hamda moliyaviy faoliyatni mustahkamlanishi orqali sezilarli darajada muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan “Korporativ boshqaruv tizimidagi printsip va yondashuvlarni tubdan o’zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlarini joriy etish jiddiy e’tiborni talab qiladi. Eng avvalo, korporativ yoki aktsiyadorlik birlashmalarimizning faoliyati samaradorligini tanqidiy baholash, ularni xorijiy davlatlardagi ana shunday korxonalar bilan taqqoslab ko’rish zarur. Chunki, bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida mulkchilikning bunday shakli muhim o’rin tutadi. Mamlakatimizda ham mulkchilikning mazkur shakli tobora katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida ayni paytda respublikamizda 1 ming 100 dan ortiq aktsiyadorlik jamiyati tashkil etildi va faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xo’jalik sube’ktlar moliyaviy o’z mavqeini mustahkamlashi uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi.


Yüklə 75,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin