Курс иши doc



Yüklə 51,7 Kb.
səhifə8/9
tarix31.05.2022
ölçüsü51,7 Kb.
#60227
1   2   3   4   5   6   7   8   9
IJTIMOIY PEDAGOGIKA KURS ISHI






XULOSA


Pedagogika shaxsning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillar irsiyat (biologik omil), muxit (ijtimoiy, tabiiy, psixologik, ma’naviy...omillar), ta’lim tarbiya to’g’risidagi xulosalarni ancha ilgari ishlab chiqqan. Jamiyat taraqqiyotining turli davrida pedagogik ularning insonning shakllanishdagi ahamiyati va nisbati turlicha mafkuraviy-siyosiy ta’sirida izohlab kelgan.
Tug’ma qobiliyatlarning irsiy berilishi, masalan, tabiat ilmida va unga muvofiq pedagogikada xam alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan: ichkilikboslikka berilgan ayrim oilalardagi bolalarda ba’zi bir irsiy kuchib utadigan ruxiy kasalliklariga chalinish xollari uchraydi. Soglom kishilar farzandlarida aqliy faoliyat darajasi va sifasi yuqori bulishi kuzatiladi.
Shaxsning xamma ruxiy fazilatlari uning atrof muxit bilan muloqati natijasida insonni mexnat qilishdek xayotiy faoliyati natijasida qulga kiritiladi. Insonga tug’ma ravishda xatti-xarakatlarning xech qanaka ijtimoiy, noijtimoiy dasturlari berilgan emas. Har bir odam uchun shaxs sifatidagi fazilatlarning shakllanish jarayoni amalda noldan boshlanadi.
Ijtimoiy muhit ko’p jihatdan sotsial shart-sharoitlarga bevosita bog’liq. Insonning ijtimoiy qiyofasi uning ijtimoiy va davlat tuzumiga mansubligi, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarining mahsus, u yoki bu davlatning fuqaroligi, shaxsning sinfiy o’rnini belgilaydigan mazkur jamiyatda, mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning maxsuli hisoblanadi. Inson rivojlanishining shaxar va qishloqlarda xayot sharoitlarining o’zgarishi, mamlakat xududida aholining kuchishi, tug’ilishning o’sishi, umrning uzayishi yoki kamayishi, nikoxdan o’tish yoshining o’zgarishi, mexnat taqsimoti, bozor iktisodiyoti sharoitida, ya’ni sinflar tadbirkor, ishbilarmon, savdogar, bankir, menejmentlarning paydo bo’lishi ko’p jihatlardan bogliqdir.
Muhitning ta’siri ko’pchilik hollarda stixiyalik ekanligini xisobga olinsa, ta’lim, tarbiya aniq maqsadli ta’sir etish bulib, rejali amalga oshiriladi va muhitdagi voqealikni to’g’ri va ijobiy ta’sirini ham vujudga keltiradi. Chunki ta’lim, tarbiyada muhit beraolmaydigan narsalar o’rganiladi, bilim, ma’lumot egallanishda, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar egallanadi;

  • ta’lim-tarbiya tufayli to’g’ma kamchiliklar ham o’zgartirib yoki to’g’ma qobiliyat iqtidor rivojlantirishi mumkin bo’lib, shaxsni kamolga yetkaziladi;

  • tarbiya ta’sirida muhitning salbiy ta’sirida bartaraf etishi va yuqotilishi mumkin;

  • ta’lim va tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni kuzlaydi. Oila shaxsning shakllanishida jamiyatning asosiy bugini sifatida katta rol uynaydi. Shaxsning ijobiy xislatlari asosan oilada tarkib topadi, shakllana boshlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasalarda yanada yangi jamoaviy xislatlar bilan boyitiladi. Maktab, litsey, gimnaziyalarda yetuklik kulamida bilim, iqtidor, ko’nikmalar shakllanishi bilan birga insoniy ijobiy xislatlar yanada sayqal topadi. Maktabdan tashqari madaniy- ma’rifiy muassasalar va radio, televidenie ommaviy axborot vositalar ta’sirida shaxsiy xislatlar jamiyatga, atrof-muhitga muvofiqlantiriladi.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish jarayonida insoniy ongning faol tabiati ayniqsa yaqqol namoyon bo’ladi. Inson o’z tanasini o’zining ongi irodasi ob’ekti qilib, ataylab o’ziga muayyan xarakatlar va xarakat omillaridasturini belgilab, o’z organizmining ishini takomillashtiradi, xarakat qobiliyatlarini va umumiy yashovchanligini oshiradi. Ana shunday xarakat vositasida tashqi tabiatga ta’sir ko’rsatadi va uni o’zgartirar ekan, ayni vaqtda o’z tabiatini ham o’zgartiradi.

Yüklə 51,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin