33
Bolaning faqat nutqini emas, balki uning ruhiy xususiyatlarini, shaxsining
e’tibor talab tomonlari, aqliy holatini ham o`rganib boriladi. Logoped tekshirish
jarayonida bolani faqat kuzatib, u bajargan vazifalarni baxolabgina kolmay, balki
kerak bo`lganda bolaga yordam berishi lozim. Tekshirish jarayonida bola faoliyati,
uning Qiziqishi, muvaffakiyat va muvaffakiyatsizlikka munosabati, qiyinchilikni
qanday qabul qilishi va uni bartaraf etish usullari, yo`l quyilgan xatolarni to`g’rilash
kobiliyatini hisobga olish lozim.
Bolani charchatib kuymaslik, shuningdek, bola harakatining faollik
darajasini pasaytirmaslik uchun tekshirish vaqtida ish turlarini uzgartirib turiladi. Ish
jarayonida bolaga va uning ota-onasiga bo`lgan munosabat, xushmuomalalik bilan
tekshirish ruhiy-terapevtiv ta’sir etish asosida bo`lishi kerak. Tekshirish usullari bir
xillikka ega bo`lmay, balki hamma vaqt xususiy yo`nalishdadir.To`g’ri tashkil
etilgan tekshirish ishlari tabaqalashtirib aniqlash masalalarini hal etishga imkon
beradi va shu qatorda tuzatishga qaratilgan ish uslublarini to`g’ri tanlashda katta
ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: