Kurs ishi fan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Fonematik tahlil. Sintez va fonematik tasavvurlarni tekshirish.
Bu foaliyatni tekshirish bola nutqining barcha tomonlari - lug’at, fonetik 
ukuv, grammatik to`zilishni rivojlantirish rejasida olib boriladigan logopedik ish 
uchun zarurdir.
Fonematik tahlilni tekshirish  
Bunda bolalarning quyidagi kobiliyatlarini aniqlash zarur:
- so`z boshidagi tovushni aniqlash;
- so`z ichidan kerakli tovushlarni aniqlash;
- juft tovushlarni bir-biridan ajratish: b-p, t-d, s-z, sh-j;
- tovushning so`zdagi urnini aniqlash: masalan, so`zda uchinchi 
bo`lib qanday tovush kelyapti;
- tovushning so`zdagi ketma-ketligini aniqlash;
- so`zdagi tovushlar sonini aniqlash: masalan, so`zda nechta tovush 
bor?
Fonematik sintezni tekshirish  
Bunda bolalarning quyidagi kobiliyatini aniqlash zarur:
- ketma-ket tovushlardan bo`g’inlar tuzish.
Fonematik tasavvurni tekshirish  
Bunda bolalarga quyidagi topshiriqlar beriladi:
- berilgan tovush ishtirokida so`z uylab topish;
- nomlari oppozision tovushlar bilan boshlanadigan narsalarga oid 
rasmlarni ikki qatorga ajratish. Masalan, s-sh, ch-s, r-ya va boshqalar.
Nutq prosodik komponentlarining holati  
- sur’at: me’yorda, sekinlashgan, tez;
- oxang: me’yorda yoki aritmiya;
- ovoz: me’yorda, bo`g’iq, xiqildoq, zaif, past; -
ovoz yo`g’on-
ingichkalilik: yumshoq, qattiq;
- ovozning tez va qattiqligi: qattiq, yumshoq, yo`q;
- nafas: me’yorda, tezlashgan, sekinlashgan; -
nafas 
olish 
chuqurligi: me’yorda, yuzaki.


31
Lug’at boyligi holatini o`rganish  
Suhbat vaqtida bolalar nutqini kuzatish bola lug’ati boyligi haqida ma’lum 
tasavvurlarni beradi. Lekin nutq kamchiliklarini mufassal aniqlash uchun bolaning 
maqsadga qaratilgan lug’at boyligi darajasini belgilab olish zarur.
Lug’at boyligini tekshirish uchun maxsus usullar qo`llaniladi: narsalarni 
nomlash, narsalarni tasvirlanishiga ko`ra nomlash, narsalar nomini umumlashtirish 
va boshqalar.
Bolaga narsalar yoki narsalar tasvirlangan rasmlar, ularning harakati, sifati 
va belgilarini taklif etiladi. Narsa va rasmlar mavzular bo`yicha tanlanadi: 
o`yinchoqlar, idish-tovoqlar, uy jihozlari, kiyimlar, oyoq kiyimlari, odamning tana 
qismlari, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, o`simliklar, odamlar kasbi, yil 
fasllari.
Bolaga yana quyidagi vazifalar taklif etiladi:
- rasmlar bo`yicha va ko`rsatilgan ish harakatini nomlash;
- «Bola nima qilyapti?» - bola ish harakatini nomlash bilan savolga javob 
berishi kerak. «Men nima kilyapman?» - ish harakati amalda namoyish etiladi;
- narsalarni nomlash. Bola nomlashi kerak bo`lgan narsalar yoki ularning 
harakati, sifat belgilari tasvirlangan narsalar rasmi ko`rsatiladi. Bunda logoped 
bolaga savollar orqali murojaat etadi: «Bu nima?», «Bu kim?», «Nima qilyapti?», 
«Qanday?», «Kimniki?»;
- tasvirlanganiga ko`ra narsalarni nomlash: «Qaysi hayvon sut beradi?», 
«Nima bilan yozamiz?» va boshqalar;
- umumlashtiruvchi so`zlarni ajratish: bir qator narsalarni yoki narsalarga 
oid rasmlarni bitta umumiy so`z bilan nomlash. Masalan: olma, anor, uzum, bexi, 
shaftoli, anjir, limon, yoki ularning rasmlari ko`rsatiladi va savol beriladi: «Bu 
ko`rsatilgan narsalarni bir so`z bilan qanday nomlaymiz?» bunda imkoni boricha 
turli bo`g’inli so`zlar talaffuzi tekshiriladi: parafaziya, perseverasiya, eliziya, 
kontaminasiyaning bor yoki yo`qligi belgilanadi.


32
- rasmlardan foydalangan holda ularni harakati bilan nomlash taklif etiladi. 
Bolaga rasmlarni ko`rish taklif etiladi, bunda bola ramsdagi narsa qanday harakat 
kila olishini aytib berishi lozim (tayyora uchayapti, kaldirgoch uchayapti, 
qo`g’irchoq o`tiribdi, bola yuguryapti, Qiz so`zyapti). Quyidagi savol bilan bolaga 
murojaat etish mumkin: «Bola nima kilayapti?» va hokazo.
- Narsaning belgisini aniqlash. Osmon qanday? - (havo rang), palto 
kimniki? - (onamniki).
- Ma’nodosh so`zlar va antonimlarni tanlash: issik-sovuk, shirinachchik, 
baland-past, yo`g’on-ingichka.
- Bir o`zakli so`zlarni bilish (bog’cha, bog, bogbon).
- Otlardan sifat hosil qilish: «Stol yogochdan qilingan». Qanday stol? 
(yogochli); «Mashina temirdan qilingan. Qanday mashina? (temirli); «Guruchli 
taom». Qanday taom? (guruchli).

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin