O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
“Davlat va huquq nazaryasi” fanidan
“Yuridik faktlar tushunchasi turlari ahamyati”
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: A.Fayzullayev. Bajardi: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq sirtqi ta’limi 1-kurs talabasi M. I. Sobirov TOSHKENT - 2023 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….
I BOB. YURIDIK FAKTLAR TUSHUNCHASI TURLARI VA AHAMIYATI. 1.1. Yuridik faktlar tushunchasi va ularning turlari…………………………… 1.2. Yuridik faktlar haqida………………………………………………………..
II BOB. YURIDIK FAKTLAR TASNIFI, AHAMIYATI VA TURLARI. 2.1. Yuridik fakt sifatida nima? Yuridik faktlar: tushunchasi, belgilari, funksiyalari………………………………………………………………………… 2.2. Oila huquqidagi yuridik faktkar………………………………………..........
XULOSA…………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar muayyan yuridik faktlar (huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi harakatlar va voqea - hodisalar) yuz berishi bilan bog’liq holda sodir bo’ladi, o’zgaradi yoki barham topadi.
Ijtimoiy ta’minot olish huquqlarining yuzaga kelishi, o’zgarib qolishi yoki barham topishi ham yuridik faktlar bilan bog’liqdir. Masalan, fuqaroning qonunda belgilangan yoshga yetishi fakti yoshga doir pensiya olish huquqining paydo bo’lishiga yoki boquvchisini yo’qotganlik huquqining barham topishiga (shaxsni 18 yoshga yetishi bilan) sabab bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisaning yuz berishi tufayli shaxsni nogiron deb topilishi nogironlik pensiyasi olish huquqining yuzaga kelishiga olib keladi.
Muayyan hollarda ijtimoiy ta’minot munosabatlari va ijtimoiy ta’minot olish huquqlari yuzaga kelishi uchun yuridik faktlarning murakkab majmui ( yuridik tarkib) mavjud bo’lishi talab etiladi. Masalan, yoshga doir pensiya olish huquqining yuzaga kelishi uchun quyidagi faktlarning jami, ayni bir vaqtda mavjud bo’lishi talab etiladi:
a) fuqaroning ma’lum yoshga yetganligi fakti;
b) belgilangan minimal miqdordagi mehnat stajiga ega ekanlik fakti;
d) pensiya tayinlanishini so’rab belgilangan tartibda ariza bilan murojat qilganlik fakti.
Pensiya yoki nafaqa olish huquqini yuzaga keltiruvchi yuridik faktning sodir bo’lishi pensiya yoki nafaqa tayinlanishini anglatmaydi va bu huquqni amalga oshirilishi ushbu huquq sohibi hohish-irodasiga bog’liq bo’lib, bunda asosiy yuridik fakt bo’lib fuqaroning huquqdan foydalanishga qaratilgan harakati sanaladi. Shu sababli ushbu mazuni o’zlashtirish dolzarb vaziflardan biridir.