Kurs ishining obyekti: Ijtimoiy ta’minot olish huquqlarining yuzaga kelishi, o’zgarib qolishi yoki barham topishi ham yuridik faktlar bilan bog’liqdir.
Kurs ishining predmeti: Ijtimoiy ta’minot olish huquqlarining yuzaga kelishi, o’zgarib qolishi yoki barham topishi ham yuridik faktlar bilan bog’liq bo’lishini chuqur o’zlashtirish.
Kursishimaqsadi: Muayyan hollarda ijtimoiy ta’minot munosabatlari va ijtimoiy ta’minot olish huquqlari yuzaga kelishi uchun yuridik faktlarning murakkab majmuini kuzatish va tahlil qilish.
Kurs ishi vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
Fuqarolarda pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamlar olishga qaratilgan moddiy huquqlardan tashqari, protsessual huquqlar ham mavjud bo’lib, undan protsessual-huquqiy munosabatlar yuzaga kelishini o’rganish;
Protsessual-huquqiy munosabatlar ma’lum huquqlarning yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, nizolarni hal qilish tartiblariga taalluqli bo’lib, turli shaxslar o’rtasidagi aloqalar xususiyatlarini aks ettirish;
Asosiy moddiy huquqlarni yuzaga kelishiga va amalga kiritilishiga huquqiy ta’sir qiluvchi yuridik faktlarni belgilash;
Pensiya yoki nafaqalar tayinlash, ijtimoiy yordamlar ko’rsatish asoslari mavjud yoki yo’qligini aniqlash;
Kurs ishi mavzusini o‘rganilganlik darajasi: Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishining tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. YURIDIK FAKTLAR TUSHUNCHASI TURLARI AHAMIYATI.
1.1. Yuridik faktlar tushunchasi va ularning turlari. Huquqiy munosabatlar muayyan hayotiy shart-sharoitlar paydo bo’lishi oqibatida vujudga keladi, o’zgaradi yoki barham topadi. Masalan, haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganlik fakti chaqiriluvchining harbiy xizmat huquqiy munosabatlariga kirishishiga asos bo’ladi; zaxiraga bo’shatilish esa, aksincha, bu huquqiy munosabatlarning tugashiga olib keladi; balog’at yoshiga etish bilan fuqaroning davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlarda qatnashishiga yo’l qo’yuvchi huquqiy munosabatlar vujudga keladi; farzand tug’ilishi bilan er-xotinlarda uni tarbiyalash majburiyati paydo bo’ladi.
«Yuridik faktlar – muayyan hayotiy shart-sharoitlar bo’lib, huquq normalari ularni huquqiy munosabatlarning paydo bo’lishi, o’zgarib turishi va barham topishi bilan bog’laydi»i.
Demak, yuridik faktlar huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi, bekor qiluvchi hodisa yoki harakatlar bo’lib, yuridik faktlar yuridik hodisa, yuridik xatti-harakat va yuridik holat kabi shakllarga ega. Hodisalar munosabat sub’ektlarining irodasiga bog’liq bo’lmagan holda vujudga keladi. Yuridik xatti-harakatlar sub’ektlarning irodasi asosida kelib chiqadi. Bunday xatti-harakatlar yuridik harakatlar va yuridik qilmishlardan iborat bo’ladi.
Yuridik faktlar yuridik norma farazida keltiriladi. Farazda ko’rsatilgan yuridik faktlar mavjudligida yoxud yo’qligida yuridik norma dispozitsiyasi yoki sanktsiyasi qo’l keladi. Aslida huquq bilan ta’minlovchi yoki majburiyat yuklovchi huquqiy norma dispozitsiyasi faol tomonning xatti-harakati qanday bo’lishi mumkinligi yoki lozimligini ko’rsatadi. Shaxslarning yuridik norma dispozitsiyasi ko’rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladigan xatti-harakati huquq va majburiyatlarni ro’yobga chiqaruvchi yuridik faktlar hisoblanadi.
Ayni chog’da shuni ham qayd etish joizki faktlar, huquq normalari bilan birga, tomonlarning o’zaro huquqlari va majburiyatlarining aniq mazmunini belgilagani uchun ham yuridik faktlardir. Bundan tashqari, huquqiy munosabat yuzaga kelishi uchun ko’p hollarda faktik tarkib, ya’ni huquqiy normalarda ko’zda tutilgan yuridik oqibatlarning yuzaga kelishi uchun birgina yuridik fakt emas, balki ularning yig’indisi zarur bo’ladi (aytaylik, pensiya borasidagi o’zaro munosabatlar yuzaga kelishi uchun muayyan yoshga etish, mehnat staji va ijtimoiy ta’minot organlarining pensiya tayinlash to’g’risidagi qarori bo’lishi lozim). Buning aksi o’laroq, biron-bir holat yoki harakatning yo’qligidan dalolat beruvchi faktlar salbiy faktlar hisoblanadi.
Xilma-xil yuridik faktlarni asoslariga bog’liq holda turlarga tasniflash mumkin.
1. Kelib chiqadigan oqibatlar mohiyati bo’yicha: huquqni hosil qiluvchi, huquqni o’zgartiruvchi va huquqni barham toptiruvchi yuridik faktlar.
Huquqni hosil qiluvchi dalillar huquqiy munosabatlarning paydo bo’lishiga olib keladi; huquqni o’zgartiruvchi faktlar huquqiy munosabatlar mazmuni yoki sub’ektining o’zgarishiga sabab bo’ladi (masalan, tsessiya – majburiyatda shaxslarni o’zgartirish); huquqni barham toptiruvchi faktlar sub’ektiv huquqlar va yuridik majburiyatlarga so’nggi nuqtani qo’yadi.
Birgina yuridik faktning o’zi bir vaqtda ham huquqni hosil qiluvchi, ham huquqni o’zgartiruvchi, ham huquqni barham toptiruvchi bo’lishi mumkinligiga e’tiboringizni qaratamiz. Masalan, odamning vafot etishi merosga oid huquqiy munosabatlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi (huquqni hosil qiluvchi fakt), marhum sub’ekti bo’lgan huquqiy munosabatlar ishtirokchilari tarkibini o’zgartiradi (huquqni o’zgartiruvchi fakt), o’lim marhum ishtirokchisi bo’lgan ko’pgina huquqiy munosabatlarni barham toptiradi (oilaviy, mehnat, pensiya va boshqa munosabatlar) – bu huquqni barham toptiruvchi dalildir.
2. Huquqiy munosabatlar ishtirokchilari irodasi bilan bog’liqlik bo’yicha yuridik faktlar harakatlar va hodisalarga bo’linadi.
Harakatlar – huquqiy munosabatlar ishtirokchilari irodasi bilan bog’liq dalillardir. Ular qonuniy (huquqqa to’g’ri keladigan) va noqonuniy (huquqqa zid), ya’ni huquqbuzarlikdan iborat bo’ladi.
Qonuniy yuridik faktlar o’z navbatida yuridik hodisa va yuridik harakatga bo’linadi.
Yuridik hodisa – yuridik oqibatlarni yuzaga keltirish maqsadida sodir etiladigan qonuniy faoliyatdir. Yuridik faktlarning mutlaq ko’pchiligi yuridik hodisalar hisoblanadi, ya’ni ular oldindan ataylab huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirish, o’zgartirish yoki tugatishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bular – davlat bitimlari (hadya qilish, oldi-sotdi va boshqalar) hamda davlat organlarining, mansabdor shaxslarning va shu kabilarning buyrug’i bo’lishi mumkin.
Yuridik harakat – yuridik oqibatlarni vujudga keltirishni ko’zlamagan holda sodir etilgan qonuniy harakat, biroq bunday oqibatlar qonun ko’rsatmalari kuchi bilan ham sodir bo’ladi. Yuridik oqibatlar qonun tomonidan ahamiyatli deb topilgan harakat natijasida ham yuzaga keladi. Noshirni qiziqtirib qo’ygan va e’lon qilingan yuksak badiiy qimmatga ega bo’lgan asarni yaratish yuridik harakatga misol bo’la oladi. Muallif o’z asarini yaratarkan, uning e’lon qilinishini, bunda paydo bo’ladigan huquqiy munosabat va qalam haqi to’lanishini ko’zda tutmagan bo’lishi mumkin. Biroq bu baribir qonun ko’rsatmasi kuchi bilan yuz bergan bo’ladi.
Qalbaki nikohdan o’tish ham, agar bunda bola tug’ilsa, yuridik harakat hisoblanadi. Chinakam oilani vujudga keltirishni ko’zlamay (turar-joyga ega bo’lish maqsadida) rasmiylashtirilgan nikoh farzand tug’ilgan holatlarda bolani tarbiyalash bilan bog’liq barcha yuridik majburiyatlarni yuzaga keltiradi.
Harakatsizlik – tashqi irodaga ega bo’lmagan passiv xatti-harakat. Harakatsizlik qonuniy (taqiqlarga rioya etish) va qonunsiz (majburiyatlarni bajarmaslik) bo’lishi mumkin.
Hodisalar – huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining irodasi bilan bog’liq bo’lmagan holda kelib chiqqan faktlardir. Bunda hodisalar shunchaki odamlar irodasi bilan bog’liq bo’lishi mumkinligini, biroq ular aynan mana shu konkret huquqiy munosabat, ya’ni yuridik fakt asosi bo’lgan munosabat ishtirokchilari irodasi bilan bog’liq emasligini tushunib olish muhim. Nisbiy va mutlaq hodisalar bir-biridan farqlanadi.
Nisbiy hodisalar – bular shunday faktlarki, ularning paydo bo’lishi odamlar irodasi bilan bog’liq bo’lsa-da, biroq odamlarning paydo bo’ladigan ana shu huquqiy munosabatlarga aloqalari yo’q. Masalan, o’tkinchi tomonidan tasodifan binoga o’t qo’yilishidan hosil bo’lgan yong’inni oling. Jabrlangan bino egasida, agar mulk sug’urta qilingan bo’lsa, sug’urta tashkiloti bilan huquqiy munosabat paydo bo’ladi. Bu holatda yong’in fakti nisbiy hodisa bo’lib qoladi. Chunki u huquqiy munosabatlar ishtirokchilari irodasi bilan bog’liq emas.
Mutlaq hodisalar – bular sodir etilishi inson irodasi bilan umuman bog’liq bo’lmagan faktlar (suv toshqini, zilzila va hokazolar)dir.
Faktik (yuridik) tarkib. Ko’pincha huquqiy normada nazarda tutilgan yuridik oqibatlarning yuzaga kelishi uchun bitta yuridik fakt kifoya qilmaydi. Ularning majmui kerak bo’ladi. Normada nazarda tutilgan huquqiy oqibatlarning vujudga kelishi uchun zarur yuridik faktlar majmui (huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, o’zgarishi yoki tugashi) faktik (yuridik) tarkib deb ataladi. Aytaylik, pensiyaga oid an’anaviy huquqiy munosabat faqat uch dalil – qonunda belgilangan yoshga etish, mehnat stajining, ijtimoiy ta’minot organining pensiya tayinlash haqidagi qarorining mavjudligi bilan yuzaga kelishi mumkin.
Yuridik javobgarlik: tushunchasi, belgisi, turlari. Yuridik javobgarlik maqsadi, funktsiyalari va printsiplari. Yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar.
Huquqiy munosabatlarning paydo bo'lishi uchun asos sifatida qonunda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar huquqiy faktlar deb ataladi. Bu voqealar va odamlarning harakatlari bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, ikkinchisi insonning huquqiy munosabatlarga kirishish irodasining namoyon bo'lishidan qat'i nazar, huquqiy faktlar bo'lishi mumkin (masalan, mualliflik huquqi va tegishli huquqiy munosabatlar shoir bu haqda o'ylaganmi yoki yo'qmi, keyingi she'r yozganmi). Odamlarning noqonuniy xatti-harakatlari yuridik faktlarning maxsus guruhiga birlashtirilgan.
Yuridik fanlar quyidagicha tasniflanadi:
1) tarixiy-nazariy yuridik fanlar (Davlat va huquq nazariyasi, Davlat va huquq tarixi, Huquq falsafasi, Huquq sotsiologiyasi va boshqalar);
2) sohaviy (yoki maxsus, tarmoq) yuridik fanlar (Konstitutsiyaviy huquq, Fuqarolik huquqi, Mehnat huquqi, Ma’muriy huquq, Moliya huquqi, Soliq huquqi, Er huquqi, Jinoyat huquqi, Jinoyat-protsessual huquqi, Fuqarolik protsessual huquqi va boshqalar);
3) amaliy yuridik fanlar (Kriminalistika, Sud buxgalteriyasi, Sud meditsinasi, Sud psixiatriyasi);
4) xalqaro huquqiy fanlar (Xalqaro huquq, Xalqaro xususiy huquq, Xalqaro jinoyat huquqi va boshqalar).
Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida namoyon bo’ladi.
Davlat va huquq nazariyasi bilan Davlat va huquq tarixi fani bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ularning har ikkalasi ham davlat va huquq haqida bahs yuritadi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa yuridik fanlar bilan ham xuddi shunday ikki yoqlama aloqadadir.
Demak, davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida markaziy, umumlashtiruvchi ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga barcha yuridik fanlar yutuqlarini umumlashtiradi va ularning o’zaro boyishga yordam beradi.
Huquqiy fakt-bu huquqiy munosabatlarning paydo bo'lishi, o'zgarishi yoki bekor qilinishi bilan bog'liq bo'lgan hayotning bunday holati.
Ushbu holatlar huquqiy normalar gipotezalarida ko'rsatilgan va ular haqiqiy hayotda paydo bo'lganda, bu ma'lum sub'ektlarning o'zaro huquq va majburiyatlarga ega bo'lishiga olib keladi, ya'ni. huquqiy munosabatlar paydo bo'ladi; yoki ushbu huquqiy munosabatlar o'zgaradi (ushbu huquq va majburiyatlarning hajmi yoki mazmuni, sub'ektlar tarki bi); yoki huquqiy munosabatlar to'xtaydi - ushbu huquq va majburiyatlar yo'qoladi.
Shunday qilib, ular keltirib chiqaradigan oqibatlarga qarab, huquqiy faktlarni huquqiy, o'zgaruvchan va huquqiy deb tasniflash mumkin.
Shunday qilib, qarz shartnomasiga binoan, pul o'tkazilganda, pulni olgan shaxs (qarz oluvchi) qarzni qaytarish majburiyatini oladi va qarz beruvchi bunday qaytarishni talab qilish huquqiga ega, ya'ni.huquqiy munosabatlar paydo bo'ladi. Qisman (oxirgi) qarzni qaytarish shunga mos ravishda huquqiy munosabatlarni o'zgartiradi (tomonlarning huquqlari va majburiyatlari hajmi) va qarz oluvchi vafot etgan taqdirda uning subyektiv tarkibi: uning merosxo'ri huquqiy munosabatlarning tarafiga aylanadi. Qarzning to'liq miqdori mavjud huquqiy munosabatlarni to'xtatadi.
Eng muhimi, huquqiy faktlarni huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining irodasi bilan bog'liqligi bo'yicha taqsimlashdir. Ushbu asosda huquqiy harakatlar va huquqiy voqealar ajralib turadi.
Umuman olganda, harakatlar-bu irodaviy xatti-harakatlar, odamlarning harakatlari. Kundalik amaliyotida odamlar son-sanoqsiz xatti-harakatlarni amalga oshiradilar, ammo qonun ushbu harakatlarning faqat bir qismi bilan huquqiy oqibatlarning boshlanishini bog'laydi. Faqat ushbu xatti-harakatlar huquqiy ma'noda harakatlar bo'ladi, ya'ni.huquqiy harakatlar.
Bunday harakatlar qonuniy bo'lishi mumkin, ya'ni.ularni buzmaydigan huquqiy talablarga javob beradigan va qonuniy talablarga javob bermaydigan noqonuniy
xatti-harakatlar ularni buzadi.
O'z nuqtai nazaridan qonuniy harakatlar , o'z navbatida, huquqiy hujjatlar va huquqiy harakatlarga bo'linadi. Huquqiy hujjatlar - bu ma'lum bir huquqiy natijaga erishish uchun qilingan harakatlar (fuqarolik bitimi yoki mehnat shartnomasini tuzish, turmush qurish va boshqalar). Huquqiy harakatlar-huquqiy maqsadlarga intilmaydigan, ammo ob'ektiv ravishda, sub'ektning irodasi va niyatidan qat'i nazar, huquqiy oqibatlarga olib keladigan bunday qonuniy harakatlar. Shunday qilib, adabiy asar yoki ixtironing yaratilishi ijodkorlik harakatidir, ammo natijada yozuvchi, shoir, olimning mualliflik huquqi paydo bo'ladi.
Ham huquqiy hujjatlar, ham huquqiy harakatlar rasmiy bo'lishi mumkin (agar harakatlarning o'zi huquqiy oqibatlarning paydo bo'lishi uchun etarli bo'lsa) va samarali bo'lishi mumkin (agar huquqiy oqibatlar harakatlarning o'zi tomonidan emas, balki ularning natijalari bilan yuzaga kelsa). Shunday qilib, pulni qarzga berish faktining o'zi qarz oluvchining qarzni to'lash majburiyatini va boshqa tomonning uni qaytarishni talab qilish huquqini keltirib chiqaradi.
Начало формы
Aksincha, sud qarorining huquqiy oqibatlari uni tayyorlash va yozish faoliyatidan emas, balki huquqiy hujjat sifatida qarorning o'zidan kelib chiqadi; mualliflik huquqi faqat adabiyot, rasm va boshqalar paydo bo'lgandan keyin paydo bo'ladi ikkala holatda ham, boshqa holatda ham - faoliyat natijalaridan.Начало формы
Конец формы
Huquqiy oqibatlar noqonuniy xatti-harakatlarning natijasi bo'lishi mumkin. Shunday qilib, jinoyat sodir etish ko'plab huquqiy oqibatlarga olib keladi: xususan, surishtiruv organlarining jinoyatni aniqlash va ochish majburiyatlari, jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning huquqni muhofaza qilish organlariga ariza (xabar) bilan murojaat qilish huquqi va boshqalar. Noqonuniy xatti-harakatlar huquqbuzarliklar (jinoyatlar va huquqbuzarliklar) va ob'ektiv ravishda noqonuniy xatti-harakatlarga bo'linadi. Ularning orasidagi farq shundaki, huquqbuzarlik boshqa huquqiy munosabatlar bilan bir qatorda huquqiy javobgarlik (jinoiy, ma'muriy yoki boshqa) munosabatlarini keltirib chiqaradi va yuridik javobgarlikning ob'ektiv noqonuniy harakati sabab bo'lmaydi. Masalan, agar yosh bola yozgi uyni yoqib yuborgan bo'lsa, unda u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas va bunday huquqiy munosabatlar yuzaga kelmaydi, ammo uning harakati fuqarolik-huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi - jabrlanuvchi etkazilgan zararni qoplash huquqiga ega. Huquqiy hodisalar, ya'ni qonun muayyan huquqiy oqibatlarni bog'laydigan hodisalar, aksariyat hollarda inson xatti-harakatlari bilan bog'liq bo'lmagan tabiiy hodisalardir: zilzilalar, toshqinlar va boshqa tabiiy ofatlar, ma'lum bir muddat tugashi, qonuniy yoshga erishish, shaxsning tabiiy o'limi va boshqalar.bunday hodisalar mutlaq deb ataladi.
Ammo huquqiy voqealar nisbiy bo'lishi mumkin, ya'ni.paydo bo'lgan huquqiy munosabatlarning ishtirokchisiga aylanmaydigan odamlarning harakatlari va xatti-harakatlari natijasida. Masalan, odamning o'limi yoki uning mol-mulkini yo'q qilish kabi hodisalar nafaqat elementar kuchlar, balki inson xatti-harakatlari (qotillik, o't qo'yish) ta'sirining natijasi bo'lishi mumkin. Va agar huquqiy javobgarlik munosabatlari jinoiy harakatlar natijasida yuzaga kelsa, ya'ni. aybdor shaxslarning ixtiyoriy harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan sug'urta shartnomasi bo'yicha holatlar harakatlarning o'zi emas, balki ularning natijalari (o'lim, mol-mulkni yo'qotish) natijasida yuzaga keladi, ya'ni.ularni keltirib chiqaradigan sabablardan qat'i nazar, voqealar. Huquqiy faktlar orasida huquqiy holatlar alohida o'rin tutadi, ya'ni.sub'ektning jamiyatdagi mavqeini, uning boshqa odamlar bilan munosabatlarini va boshqalarni aks ettiruvchi doimiy (doimiy yoki vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan) holatlar. (fuqarolik, nikoh, kasallik, ish staji va boshqalar). Huquqiy holatlar qonuniy yoki noqonuniy xatti-harakatlar (nikohda yoki qidiruvda bo'lish) va voqealar (oilaviy munosabatlar) natijasi bo'lishi mumkin. Uning huquqiy sub'ekti hal qiluvchi darajada shaxsning muayyan huquqiy holatlariga (uning yoshi, fuqaroligi va boshqalar) bog'liq.
Ko'pincha, huquqiy munosabatlarning paydo bo'lishi (o'zgarishi yoki bekor qilinishi) uchun bitta huquqiy fakt emas, balki turli xil tasniflash guruhlariga tegishli bo'lishi mumkin bo'lgan bir nechta bunday faktlarning kombinatsiyasi talab qilinadi. Ushbu kombinatsiya yuridik tarkib deb ataladi. Shunday qilib, keksa yoshdagi pensiya olish huquqini olish uchun quyidagilar talab qilinadi: ma'lum bir yoshga (hodisaga) erishish, belgilangan ish stajining mavjudligi (holati) va vakolatli davlat organining qarori (huquqiy hujjat). Shaxs deputatlikka nomzod sifatida ro'yxatdan o'tkazilishi uchun, xususan: uning nomzodini qonunda belgilangan tartibda ko'rsatish; buni tasdiqlovchi va tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatning mavjudligi; nomzodni qo'llab-quvvatlash uchun fuqarolarning belgilangan miqdordagi imzolari mavjudligi, ushbu shaxsning yozma roziligi, vakolatli saylov komissiyasining qarori