Kurs ishi ilmiy rahbar: D. Toʻrayeva “Himoyaga tavsiya etilsin” “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi mudiri F. f d. B. Mengliyev 2020– yil “ ” – yanvar toshkent – 2020 reja: kirish


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 52,66 Kb.
səhifə2/14
tarix28.04.2023
ölçüsü52,66 Kb.
#104481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi ilmiy rahbar D. To rayeva “Himoyaga tavsiya etilsin”

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Oʻzbek tilshunosligi doirasida soʻz birikmasi masalasi juda keng va atroflicha oʻrganilgan. Xususan, A. Abdullayevning “Hozirgi zamon oʻzbek adabiy tilida soʻz birikmalarini oʻrganish masalasiga doir”, “Soʻz birikmasi sintaksisining ayrim masalalari”, “Soʻz birikmasining rivojlanishi masalalari”, Shavkat Rahmatullayevning “Oʻzbek tilidagi grammatik aloqaning ba’zi turlari haqida”, D. Abdurahmonovning “Soʻzlarning boshqaruv munosabati haqida”, F. Ibrohimovaning “Ot boshqaruvining ayrim masalalari”, X. Komilovaning “Oʻzbek tilida soʻz birikmasiga oid”, X. Mamadov va A. Berdialiyevlarning “Soʻz birikmalarida moslashuv hodisasi bormi?”, B. Toʻychiboyevning “Ot birikmalar sinonimikasi va ularning ma’no turlari”, X. Xoliyorovning “Soʻz birikmasi va sintagma”, “Hozirgi zamon oʻzbek tilida soʻz birikmasi”, A. Gʻulomovning “Oʻzbek tilida soʻz tartibi” kabi ilmiy maqola va tezislarni misol qilib keltirish mumkin.
Tadqiqot maqsadi:
Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi bosh soʻzi ot soʻz turkumi bilan ifodalangan soʻz birikmasini o‘rganish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalar o‘rtaga qo‘yildi:
– o‘zbek tilshunosligida soʻz birikmasi mavzusidagi ilmiy izlanishlar bilan tanishish;
– otli soʻz birikmalari va ularning bogʻlanish usullarini tahlil qilish;
– bosh soʻzi ot boʻlgan soʻz birikmalarining birikish usullari va shakliy formalari ustida tahlillar olib borish va ulardagi oʻziga xosliklarni aniqlash;
– izofali birikmalarda ot soʻz turkumining qoʻllanishi va uning shakli oʻziga xosliklarini aniqlash.
Ishning tadqiqot obyekti. Ishning tadqiqot obyektini o‘zbek tilshunosligidagi bosh soʻzi bot boʻlgan soʻz birikmalari.
Ishning nazariy va metodologik asoslari va tadqiq usullari. Tadqiqotning mеtodologik asoslarini Rеspublikamiz Prеzidеntining til haqidagi qarashlari, O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi, Ta'lim to‘g‘risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Boshlang‘ich ta’lim konsеpsiyasi, Boshlang‘ich ta’lim standartlari tashkil qiladi, Davlat ta’lim standartlari, Umumta’lim maktablari uchun oʻquv dasturlari tashkil qiladi.


Yüklə 52,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin