Kurs ishi ilmiy rahbar: D. Toʻrayeva “Himoyaga tavsiya etilsin” “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi mudiri F. f d. B. Mengliyev 2020– yil “ ” – yanvar toshkent – 2020 reja: kirish



Yüklə 52,66 Kb.
səhifə3/14
tarix28.04.2023
ölçüsü52,66 Kb.
#104481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi ilmiy rahbar D. To rayeva “Himoyaga tavsiya etilsin”

SOʻZ BIRIKMALARINING FORMALARI
So‘z birikmalarining grammatik formasi deganda biz tilda mavjud bo‘lgan formal ko‘rsatkichlar, til vositalarining yig‘indisini tushunamiz (affikslar, yordamchi so‘zlar, ko‘makchilar, so‘z tartibi, intonatsiya). Bu vositalar yordamida mustaqil so‘zlar orasidagi grammatik munosabatlar ta’minlanadi4.
So‘z birikmalarining formasi degan tushuncha (grammatik aspektda) so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik munosabatlarni ifodalash usullarini–sintaktik priyomlarni (I. I. Meshchaninov) – moslashuv, boshqaruv va bitishuv usullarini o‘z ichiga oladi. So‘zlar o‘rtasidagi grammatik aloqani ta’minlovchi yoki birikmada ishtirok qilgan komponentlarni bir–biriga bog‘lovchi vositalar o‘zbek tilida juda ko‘p va xilma–xildir. Oʻzaro grammatik bog‘lanishning asosiy turlari quyidagi usullar yordamida shakllanadi.
Sintetik usul. Bu usulning tub mohiyati shundan iboratki, so‘z birikmasini hosil qilgan komponentlardan biri biror qo‘shimchani oladi, shu qoʻshimcha – affiks yordamida bir so‘z ikkinchi bir so‘ega grammatik jihatdan bog‘lanadi va fikr almashish uchun (gap tuzish uchun) tayyor material vazifasini o‘taydi. Bunday bog‘lanish so‘z o‘egartuvchi forma yasovchi deb atalgan qoʻshimchalar yordamida yuzaga keladi. Bunga kelishik qo‘shimchalari, egalik affikslari, sifatdosh, ravishdosh yasovchi qo‘shimchalarni olgan so‘z formalari kiradi; shuningdek, ba’zi so‘z yasovchi qo‘shimchalar ham so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvida ishtirok etadi, masalan, –li, –lik, –cha, –gi, –day va sh. k. Bu va bundan boshqa juda ko‘p ko‘rsatkichlar tilning butun morfologik strukturasini qamrab olgan bo‘lib, ular so‘zlarning grammatik bog‘lanishida muhim ahamiyatga molikdir. Ayrim qo‘shimchalarning ishlatilish doirasi bir qadar cheklangan, masalan, egalik va kelishik qo‘shimchalari faqat ot kategoriyasidagi so‘zlarga xos. Umuman, so‘zlarning bog‘lanish ko‘lami e’tibori bilan yondashganda, –lar affiksi otga ham, ayrim fe’l formalariga ham qo‘shilaveradigan ko‘rsatkichdir.

Yüklə 52,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin