Kurs ishi ilmiy rahbar



Yüklə 56,87 Kb.
səhifə4/10
tarix01.12.2022
ölçüsü56,87 Kb.
#71774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sevara.Kurs ishi.docx1

Burch – Muhim mezoniy tushuncha - burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Burchga xiyonat masalasida biz asar bosh qahramonlaridan biri Ikromjonni olishimiz mumkin. Asarda burchni vatan oldidagi burchga bog`lab tasvirlaymiz, Ikromjon dastlab, kanal qazilishiga va jahon urushida ishtiroki tufayli o`z burchini bajaradi. Ikromjon urushdan bir oyog`idan ayrilib qaytadi shundaybo`lishiga qaraay u vatan oldidagi burchini unutmaydi.
Asarda burchga xiyonat o`rnida Tursunboyni olishimiz mumkin u urushdan qochib vatan oldidagi xizmatdan bosh tortadi,va shunchalik manqurtga aylanib qoladiki, hattoki onasining dafn marosimiga ham kelmaydi va ota-ona oldidagi burchini ham bajarmaydi.
Adolat. Axloqshunoslikning yana bir asosiy tushunchasi - adolat. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Biz “Ufq” romanida adolatni qay yo’sinda ko’rishimiz mumkin? Bunda adolat bormi o’zi? Albatta bu o`rinda Muallif asarda judayam yaxshi bir masalaga adolatli javob beradi:bu masala o`zbek xalqiga xos kechirimlilik edi. Asarda Ikromjon urusg tufayli yigitlik vazifasini bajara olmagano`g`li Tursunboyni odamlarning gap- so`zlariga e`tabor qaratmay kechiradi va o`z otalik vazifasidan keib chiqib adolatli qaror qabul qiladi.
Muhabbat - Muhabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Allohmi, Vatanmi, yormi - muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir ob’ektni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni ham sevishi tabiiy.
Asarning “ Qirq besh kun” bo`limida bosh qahramonlar sifatida keltirib o`tilgan Azizxon va Lutfinisa o`rtasidagi muhabbatni keltirib o`tishimiz mumkin.Azizxon tabiatan juda ham erka, mushtumzo`r bo`lishiga qaramasdan Lutfinisani juda ham kuchli sevadi. Azizxon Lutfinisa uchun kurashib hattoki o`zgarishga qaror qiladi va kanal qazilishiga ko`ngilli bo`lib ishga kiradi. Lekin bu sevgiga qarshi Lutfinisaning akasi edi, uqattiq qarshilik ko`rsatib Lutfinisani o`ldirib qo`yadi. Shundan so`ng Azizxon urushga ketadi va u yerdan qahramon sifatida qaytib keladi, ammom Azizxon bir umr yolg`iz o`tadi chunki u o`z sevgisiga juda sadoqatli edi. Azizxon shu muhabbat tufaylu o`zini yangidan kashf etadi.

Yüklə 56,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin