Kurs ishining obyekti va predmeti sifatida mashhur ijodkorimiz Said
Ahmadning “Ufq” trilogiyasi nomi ostida chop etilgan romani va ularning badiiyati, asarlarda ilgari surilgan g‘oya kabilar kurs ishimiz uchun predmet vazifasini o‘taydi. Ammo ushbu asarlarning badiiyatini ko‘rsatib berish uchun, avvalo, badiiylikni anglattiruvchi asarlarga ehtiyoj sezamiz.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu mavzuni ochib berishda, faqatgina, Said Ahmad mahoratini ochib berish nazarda tutilgan emas. Balki qator maqsad vazifalar kurs ishi oldida turibdi:
Istiqlol davri adabiyotining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatishda Said Ahmad asarlaridan foydalanish.
Istiqlol davri badiiy olamida ro‘y bergan evrilishlar, umumjahon va mumtoz adabiyotning qorishuvi kuzatilganini va uning qay tarzda ro‘y berganini tadqiq etish.
Bugungi kun nasrning o‘ziga xos jihatlari, ijodkorlar saviyasidagi tub o‘zgarishni badiiy asarlari yordamida ko‘rib chiqish.
Said Ahmad ijodining Istiqlol davri boshqa ijodkorlari asarlaridan farqli jihatlarini ko‘rsatib berish.
Said Ahmad ijodidagi badiiyatni, asarning g‘oyaviy jihatlarini tadqiq qilish va boshqalar.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Said Ahmad nisbatan keyingi davrlarda yaratilgani, ijodkorning adabiy-badiiy davralardan o‘zini tortib turgani bois hali asarlari har tomonlama tadqiq qilingan emas. Shuning uchun ham mazkur adib asarlari borasida olib borilishi mumkin bo‘lganhar bir ilmiy ish yangi sanaladi. Qolaversa, adibning ijodiyoti badiiy tomondan ilk marotaba ham shaklni, ham mazmunni qamrab olgan holda tadqiq etilmoqda.
Tadqiqotning metodologik asoslari. Izchillik, tarixiylik, ya‘ni har bir adib yoki olimga o‘z davri sharoitidan kelib chiqqan holda yondashib, uning faoliyati va xizmatlarini ijtimoiy taraqqiyotga qanday hissa qo‘shganligi, bo’lg’usi kashfiyotlar uchun qanday zamin yaratganligi nuqtai nazaridan tahlil etish tashkil etadi; Said Ahmadning Istiqlol davri adabiyotini shakllanish va takomillashishi uchun qo‘shgan hissasi shu nuqtai nazardan turib baholandi. Tadqiqotni bajarishda yozuvchi asarlari mazmuni va badiiyatini zamondosh adiblar ijodi, o‘tmish faylasuflar qarashlari hamda tasavvuf adabiyoti vakillarining ilmiy va badiiy asarlari bilan qiyoslagan holda olib borish ko‘zga tashlanadi.