3. Adib asarlarida shaxs va jamiyat munosabati masalasi. Har qanday millat borki, uning adabiy merosi, o‘ziga xos urf- odatlari shu xalqning ma‘naviy ehtiyojlarini qondirishga hamda saviyasini oshirishga xizmat qiladi.Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov o‘zlarining ―Yuksak ma‘naviyat- yengilmas kuch‖ asarlarida bejizga: ― Insonni, uning ma‘naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san‘ati, badiiy adabiyotdir. Badiiy adabiyotning insonshunoslik, deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta‘riflanishi bejiz emas, albatta‖1,- deb ta‘kidlamaganlar. Ana shuni inobatga olgan holda aytadigan bo‘lsak bugungi kunda adabiyotga e‘tibor kuchaymoqda. Buning yorqin ifodasi sifatida yosh ijodkorlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarni aytishimiz mumkin. Ularning ijodi yaxshi baholanib Respublikamizdagi turli xil nashrlarda keng omma e‘tiboriga havola etilayotganligi ham yuqoridagi gaplarimizga yorqin dalil bo‘ladi.
Adabiy janr( fransuzcha ―Genre‖- tur, jins) adabiyot rivoji jarayonida yuzaga kelgan asarlarning tasvirlash yo‘llari, kompozitsion qurilishi, bayon usullari, badiiy vositalar, hayotiy hodisalarni qamrash ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ko‘rinishidir. Adabiy janr muammosi shunchalik dolzarbki, ―janr masalasini hisobga olmaslik, san‘at nazariyasining haqiqiy falsafiy va sotsiologik munosabatdan mahrum qilib, stilistik mayday - chuydalar bilan ovora bo‘lishiga olib keladi.
Janrlar adabiy jarayon taraqqiyoti davomida turli- tuman o‘zgarishlarga (jumladan, qadimgi epos ko‘lamini ummonga qiyoslasak, hozirgi zamon eposi minituradagi olamdir) uchragan, ixchamlashgan, boyib brogan. Ijtimoiy, ma‘naviy taraqqiyotga mos holda ba‘zilar (masalan, mumtoz adabiyotimiz tarixida g‘azal) yetakchilik qilgan, ba‘zisi iste‘moldan (masalan, XX asr o‘zbek adabiyotida muammo) chiqib ketgan, ba‘zilari (masalan, XX asr adabiyotimizda sonet, roman, tragediya kabi) paydo bo‘lgan. Ayniqsa, epik turda ixchamlashish hamon davom etmoqda. Bu xususiyat epopeya, doston, roman, qissa
janrlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. ―Janrlarning hajmi jihatidan bu tarzda ixchamlashishining muhim asoslari bor. Avvalo, bu hodisa kishilarning turmush tarzidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Kishilarning vaqti yillar o‘tgan sayin tig‘izlashib boraveradi. Chunki ular o‘z yashash sharoitlarini yaxshilash, qulaylashtirish uchun muttasil izlanishadi. Ularning ishi ko‘payganidan ko‘payib boraveradi. Kishilarning ehtiyoji ortgan sayin ularning vaqti qadrli bo‘laveradi. Vaqt tanqis borayotgan davrlarda esa odamlarga besh yuz, ming sahifali romanni o‘qish malol keladi. Bunday hajmli asarni mutolaa qilishga odamlar ulgura olmaydilar. Kishining tabiati esa shundaki, u agar biror- bir ishga ulgurishiga ko‘zi yetsagina, o‘shanga qo‘l uradi. Bo‘lmasa hafsala qilmaydi. Umuman, romanning hakmi jihatdan ixchamlashishiga kishilar hayotida vaqt qadrining oshgani sabab bo‘ldi. Mashhur adib Onore de Balzak (1799-1850) o‘z romanlarida qahramonlarning kiyim- kechaklari- yu uni qaysi tikuvchi tikkani, uning uyiga qanday borilishi, u joyning ko‘rinishi manzarasini batafsil tasvirlagan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan e‘tiborli asarlarda bunday mayda – chuyda detallar, sahifa - sahifa tabiat manzaralari yo‘q. Endilikda Stendal (1783- 1842), Zolya (1840- 1902) kabi adiblarning romanlari ham huddi Balzak asarlari singari o‘zining ko‘pso‘zligi bilan askirdi. Roman janri o‘zining an‘anaviy ko‘pso‘zligidan voz kechish evaziga ixchamlashdi. Bu o‘zgarishi bilan u zamona kishilarning hayot tarsi ehtiyojiga moslashdi‖.
Lekin baribir bu o‘zgarishlarga qaramay, janrlarning o‘zgarmas qonunlari ham (masalan, g‘azal aruzda yozilgan, a-a, b-a, d-a… tarzda qofiyalangan) saqlanib qolgan va ular hamon amaliyotda qo‘llaniladi. Ammo janrlarning o‘zgarmas qoidalarini birgina janr misolida o‘rganish kutilgan natijani bermaydi, uni muayyan janrlar birligida o‘rganish ma‘quldir, ana shundagina badiiy tafakkurning tarixiy va aniq davriy xususiyatlari ham hisobga olingan bo‘ladi. Darvoqe, yuqorida ta‘kidlaganimizdek, sof adabiy tur bo‘lmaganidek, sof adabiy janr ham bo‘lmaydi. Bir janrning xususiyati ikkinchisida ham yashash mumkin, faqat u yetakchilik, belgilovchilik xususiyatiga da‘vogar bo‘lmaydi.
Shu asoslarga ko‘ra janrlarning o‘xshash va farqli tomonlarini hisobga olgan holda, ularni turlarga ajratish va tur ichida o‘ziga xos o‘zgarmas qonuniyatlarini ochish asosliroqdir, zaruratdir.
Hikoya epik turning eng kichik shakli. Hikoya odatda qahramon hayotidan bitta (ba‘zan bir-biriga uzviy bog liq, qisqa muddat davomida kechgan bir necha) voqeani qalamga oladi. Tasvirlanayotgan voqealarning qisqa vaqt davomida kechishi hikoyaning hajman kichik, sujeti sodda, ishtirok etuvchi personajlar soni kam bo‘lishini taqazo etadi. Har qanday voqea ham hikoyabob emas. Hikoya asosida yotgan voqea ham hikoyabop emas. Hikoya asosida yotgan voqeaning yaxlit, tugal bo‘lishi talab etiladi, buning uchun u o‘zining boshlanishi va yakuniga ega bo‘lishi (masal, latifadagi kabi) lozim. Yaxlit voqeani tasvirlash asnosida hikoyanavis yo shu voqeaning, yo uning vositasida harakterning mohiyatini ochib beradi. Hikoyaning ikki tipi bo‘lib, birinchi ocherklilik (tavsifiy-rivoyaviy), ikkinchisida novellistik (konfliktli-rivoyaviy) xususiyati ustundir. Adabiyotshunoslikda buning birinchisini hikoya, ikkinchisini novella deb farqlash amaliyoti ham mavjud.
Hikoya adabiyotda yetakchi janr sanaladi. Har qanday adabiyot darajasi, avvalo, shu janr kamolotiga qarab belgilanadi. Unda vaqt qamrovi, hajmi, personajlar son - sanog‘ining chek - chegarasi yo‘q. Hikoya ixcham shu bilan birga ilgari surilayotgn g‘oya markazida inson yoki timsolning obrazli tasvirida namoyon bo‘ladi. Istiqlol davri adabiyoti ancha sifat o‘zgarishlarni boshidan kechirdi. Ilgari mavzu adabiyotning darajasini belgilagan, hozir esa asarning saviyasi, badiiyati muhim. Istiqlol adabiyoti mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham biror qolipga solinmagan, tabiiy ravishda taraqqiy qilayotgan estetik hodisadir. Bu adabiyot uchun hayot haqiqatini ko‘rsatish o‘z holicha fazilat deb qaralmaydi. Badiiy haqiqatni aks ettira bilish yuksak baholanadi. Hatto Qur‘oni Karimda shoirlar nazdida she‘rlarning eng shirini, eng yolg‘oni bo‘lgani uchun ham Muhammad alayhissalomga she‗r o‘rgatilmagani ta‘kidlanadi.
Istiqlol adabiyoti chinakamiga ijodkor adabiyotidir. U tipik odamni emas, balki alohida o‘ziga xos va betakror odamni-tipni tasvir etadi. O‘quvchi o‘sha hammaga o‘xshamagan, alohida odamni tushunish mobaynida o‘zgani anglay boradi. O‘zgani tushunish esa, o‘zini tushunish sari qo‘yilgan dastlabki qadamdir. Har bir banda yaratgan Allohni o‘zini tushungan darajadagina taniy biladi.
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti biror ijtimoiy tuzumning afzalligini ko‘rsatish, ishlab chiqarish munosabatlarini, siyosiy tizimlari takomillashtirishga emas, alohida inson shaxsining ma‗naviyatini mukammallashtirishga yo‘naltirildi. Bu hol badiiy qahramonlarni turli rakurslardan turib, eng ichkin va yashirin jihatlarigacha tadqiq etish imkoniyatini berdi. Shu sababdan ham istiqlol davri adabiyoti «aholisi» sezilarli darajada nozik, ingichka, o‘ziga xos, betakror bo‘libbormoqda. Bu davr adabiyotida tipik obrazlarni emas, badiiy tiplarni tasvirlashga ko‘proq intilayotganligdining sababi ham shunda. Shu yo‘sin bu davr adabiyoti ommani ko‘rsatishga emas, shaxsni tadqiq etishga yo‘naltirildi.
Olamni, odamni, uning tuyg‘ularini turlicha ifodalaydigan asarlar paydo bo‘lmoqda. Bir xil asosdagi ruxsat etilgan xilma-xillikdan chin badiiy turfalik yo‘liga o‘tila boshlandi. Adabiyotning insonni tasvirlash tamoyillarida jiddiy yangilanishlar ro‘y berdi. Sotsialistik adabiyot uchun asosiy mavzu og‘izda odam bo‘lsa ham, amalda uning mehnati edi. Odamlarga munosabatda axloqiy mezonlar emas, ishlab chiqarish o‘lchamlari ustuvor rutbada bo‘lardi. Bugungi adabiyot uchun inson bosh qadriyatga aylandi.Uning tuyg‘ulari, sezimlari, o‘ylar oqimi bilan qiziqila boshlandi.Badiiy adabiyot insonni ishchi kuchi sifatidagina tasvirlashdan qutulib bormoqda.Ayni vaqtda, adabiyotda tasvir etilayotgan insonning mas‘ullik darajasi ham ortdi. Odam qanchalik mukarram bo‘lsa, o‘z xatti-harakatlari, hatto niyatlari uchun o‘shancha darajada javobgar zot tarzida tasvir etila boshlandi.
Chinakam asarlar o‘quvchiga aql o‘rgatishga, uning uchun «hayot qo‘llanmasi» bo‘lishga urinmaydi, buni da‘vo ham qilmaydi. Shu bois bu adabiyotni munosabatlar adabiyoti deyish mumkin. Abdulla Qahhor joyiga keltirib aytib qo‘yganday: «Bilgan bilib qo‘yaverishi mumkin. His qilgan his qilib qo‘yavermaydi».His qilish-munosabat, munosabat-faoliyat demakdir.
Bu adabiyot inson, insonparvar munosabatlar g‘oyat murakkab, chigal va izohlash mushkul ekanligi chuqur anglagan va ularni butun murakkabliklari bilan aks ettirishga harakat qilayotgan adabiyotdir. Sho‘rolar zamonida har bir adabiy qahramonning xatti-harakati mantiqan asoslangan, ijtimoiy-iqtisodiy qonunlardan kelib chiqadigan bo‘lishi shart deb qaralardi. Natijada, asarlar sxematik talablarga bo‘ysundirilardi. Holbuki, ba‗zan bir odamning xattiharakatlari sababini adib tugul o‘sha kishining o‘zi ham to‘la tushuntirib bera olmaydi. Ana shu holatning milliy badiiyatimizga ko‘chganligi insonga sirli xilqat tarzida yondashish, uning taqdiridagi chigalliklarni tushunishga maylni keltirib chiqarmoqda. Shu tariqa, adabiyotdagi obraz hayotdagi odamga qaraganda chuqurroq, murakkabroq, o‘ychanroq, ingichkaroq bo‘libbormoqda.
Bu davr adabiyoti mavzu dolzarbligidan, hozirjavoblikdan, zamonaviylik singari sirtqi tashviqiy belgilardan baland turishga va lahzalik holatlarning manguga suratlanishiga yo‘naltirilmoqda. Shu yo‘l bilan adabiyot hayotdan nusxa olishdan, ya‗ni ko‘chirmachilikdan qutulib bormoqda. U ijtimoiy hodisalar bilan andarmon bo‘lish, ularning ortidan halloslab yugurish zaruriyatidan xalos bo‘ldi. Mazkur holat badiiy tasvirning chuqurlashuviga, odam ruhiyati qatlamlarini nozikroq idrok etishga imkon yaratadi.
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti chinakamiga xilma-xil adabiyotga aylandi. Unda tajriba qilish, sinab ko‘rish, ochilmagan yo‘llardan yurish, xato qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.Bu hol birovga o‘xshamaydigan, o‘zgalarni takrorlamaslikka intiladigan o‘ziga xos iste‘dodlarning ko‘payishiga imkon yaratadi. Xilma-xil badiiy asarlarning vujudga kelishi tufayli xilma-xil o‘quvchilar paydo bo‘ladi. Badiiy didi yuksak, so‘zni nozik his etadigan, sezimlardagi yengil tebranishlarni ham ilg‘ay oladigan kitobxon shakllanishiga turtki bo‘ladi. Ommaviylik badiiy adabiyot uchun asosiy maqsad, yuqori ko‘rsatkich emasligi anglab yetildi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar tufayli bu davr adabiyoti jo‘nlikdan, anchayinlikdan, to‘porilikdan qutildi va uning asl namunalarini hamisha ham izohlash, tushuntirish, mantiqiy qoliplarga solish mumkin bo‘lmay qoldi.
Badiiy adabiyot mantiq va axloqdan ham teranroq sezimlar bilan ish ko‘rishi, eng murakkab mavhumlikni moddiylashtirishga da‘vat etilgan hodisa ekanligi tan olindi.
Ijod erkinligi, xilma-xil fikrlash imkoniyati, badiiy so‘zga davlat miqyosida xo‘jayinlik qilishning barham topganligi iste‘dodsiz asarlarning ham ko‘plab yaratilib chop etilishiga imkon tug‘dirdi.
Bozor munosabatlari badiiy ijod sohasida ham namoyon bo‘la boshladi. Natijada, xaridorgir, ommaning o‘tkinchi talablariga mos keladigan asarlar yaratishga harakat kuchaydi. Shuning oqibati o‘laroq, o‘zbek adabiyotida erotik tasvirlar, sarguzasht yo‘nalishidagi oldi-qochdi bitiklar ko‘paydi.
Istiqlol tufayli ijod ahli ham, adabiy tanqid ham mustabid tuzum sharoitida shakllangan barcha cheklov, tushovlardan xalos bo‘ldi, ijodiy izlanishlar uchun keng yo‘l ochildi. Boshqa barcha adabiy tur, janrlar kabi asarlarning mavzu-mundarija, shakl, ifoda, poetik ko‘lami xiyla kengaydi; turli-tuman adabiy-g‘oyaviy oqim, xilma-xil mafkuraviy yo‘nalishga mansub asarlar paydo bo‘la boshladi; bir vaqtlar mensimay qaralgan oilaviy-maishiy hayot muammosiga bag‘ishlangan son-sanoqsiz asarlar bitildi; nisbatan sust rivojlangan hajviy, fantastik va sarguzasht-detektiv asarlar bugun kitob javonlarimizni to‘ldirib turibdi.
Said Ahmadning Qorako‘z Majnun asaridan joy olgan “Yalpiz hidi”hikoyasini o‘qir ekansiz beixtiyor o‘yga tolasiz. Inson umrining mazmuni, sadoqat, vafo, odamiylik barcha-barchasi bir nuqtada kesishasi bu hikoyada.
Asarni muallif nega aynan ―Yalpiz hidi‖ deb nomlagani o‘quvchida mulohazalar paydo qiladi. Lekin bunga boshqa tomondan yondashsak, fikrimiz o‘zgaradi. Asar bosh qahramonining ko‘zi bilan butun olamni sof ranglarda tasvirlashga uringan yozuvchi hayotda shunday odamlar borligini, ularning borligi jamiyatga hech qanday naf ham, zarar ham keltirmasligini ko‘rsatishga uringandek bo‘ladi. Ya‘ni hikoya faqat Yalpiz hidi haqida emas, balki hayotdagi o‘zi bor-u hayoti bemazmun kishilar haqidadir.
Hikoya ko‘klamning oxiri tasvirlari bilan boshlanadi:‖... tabiat tasviri va bunga bog‘liq ravishda yalpiz hidi hikoya sujetni yanada boyitadi. Bundan tashqari bizga asosiy tirgak bo‘ladigan Yalpiz hidi hikoyasi bayonida ham qahramon mohiyati shakli bilan mos tushishi oydinlashadi.
M.Epshteyn badiiy obrazlarni predmetlilik darajasi, umumlashtirish darajasi, tasvir va ifoda qatlamlari munosabatiga ko‘ra tasniflaydi. Umumlashtirish darajasi doirasida obrazlar individual, xarakter va tip kabi turlarga bo‘linadi2. ga xarakter va tip orasidagi qahramon deb ta‘rif berish mumkin.
O‘zi bilan o‘zi xuddi samimiy va yaqin do‘sti bilan gaplashayotgandek so‘zlashadi. Bu orqali qahramon atrofdagilar umuman olganda yondosh qahramonlarga oyna tutadi. Bu oyna ularning harakterini ochib berish uchun xizmat qiladi. O‘zi uchun begona, latofatli ayol bilan uchrashuvi qahramonni bir tomondan, quvontirsa, boshqa tomondan uni mushkul ahvolga solib qo‘yadi. Hammasi risoladagidek edi, ammo... yana o‘sha holat bu ayolga u (qahramon) ikkinchi bor duch keldi. Qaytishda sodir bo‘lganvoqea asar tizginini umuman boshqa tomonga burib tashlaydi. Bu hodisa qahramonni o‘ylantirib qo‘yadi. ―Ibratli hikoyalar‖ kitobida (nashrga tayyorlovchi-A.Tilav) bir voqea bor. Unga ko‘ra muzlatgich tuzatadigan kompaniya vakili kattaroq muzlatgich tuzatayotganda ish tugab qoladi, ishchilar hamkasbidan bexabar hammayoqni berkitib ketishadi. Muzlatgich ichida qolib ketgan qahramon shunaqa muzlab ketadiki, hatto yozgan xatida ham buni ta‘kidlaydi. Ertalab ishga kelgan xodimlar uning o‘ligini topishadi. U muzlashdan vafot etgan edi.
Ammo qiziq tomoni u kirgan muzlatgich o‘chirilgan bo‘libchiqadi! Buning hammasi vahima va qo‘rquvning oqibati. Xo‘sh nega biz bu iki hikoyani paralel ravishda qo‘ydik? Chunki har ikkisida ham inson ichki dunyosiga chizgilar qahramonlar o‘zi bilan o‘zi yolg‘iz qolganda o‘zlarini tavtish qilishdan boshlanadi. Ular o‘zlariga o‘zlari gapirishadi bu orada vijdon atalmish adolatli hakam qozilik qiladi. ―Vijdon‖ bunda qozilik rutbasiga xos bo‘lganvazifani to‘g‘rilik me‘zonlaridan chiqmagan holda bajaradi. Vijdon ham aslida nisbiy tushuncha. Bunda qahramonlarning umuminsoniy fazilatlari namoyon bo‘ladi.
Olimlar badiiy asarni tirik organizm deb tushinish va shunday qabul qilish kerakligini ta‘kidlashadi. Asarni tahlil qilishning quyidagi bosqichlari bor:
O‘qish-> uqish-> ajratib o‘qish-> izoh-> talqin-> tahlil.
―Yalpiz hidi‖ ni o‘qish jarayonida undagi ayrim qochirim va kesatiqlar bir qarashda ko‘zga tashlanmaydi. Uqishda ham balki bu hodisa sezilmas, lekin struktural poetikaning muhim bosqichi bo‘lganajratib o‘qish jarayonida asarda muallif satira va yumorni bir joyga yig‘ib, undan butunlay boshqa hodisatragik holatni yuzaga keltira olganiga guvoh bo‘lamiz. Portret va qahramon ruhiy holatini berishda ham bu alohidalik o‘quvchini befarq qoldirmaydi, balki, qahramon psixologiyasini yana ham chuqurroq anglashga yordam beradi.
Asar arxitektonikasida psixologik holatni vaziyatlar bilan bog‘lab berish ko‘zga tashlanadi. Qahramon; Yo‘lovchi ayol; Avtobusdagi mo‘ysafid bilan muomala jarayoni bir-biridan tubdan farq qiluvchi uch rakursni ko‘z oldimizda gavdalantiradi. Bu xuddi quyosh nuriga spektr tutganda yetti xildagi kamalak ranglarining paydo bo‘lish jarayoniga o‘xshab ketadi. Struktural tahlil yordamida tadqiq qilingan bu hikoyani yana bir jihati borki, bunda sarlavha va qahramon munosabatlarida zidlik ko‘rinadi. Ya‘ni asar bosh qahramon aniq bo‘lmaydi. Barcha voqea hodisalar roviy tilidan hikoya qilingan bo‘lsada, qahramonga ta‘sir etgan hodisa hikoya uchun mavzu qilib olinadi. Asarga ―Yalpiz hidi‖ deya nom beriladi. Muallif bu orqali jamiyatning oq va qora tomonini shu qadar sezilmas qilib tasvirlaydiki, bu o‘qirmanga estetik zavq berish bilan bir qatorda uni mushohada maydoni tomon boshlaydi.
“Azroil o‘tgan yo‘llarda” hikoyasi tagmatnida tinch-totuv umrguzaronlik qilib kelayotgan qishloq hayotiga mayda gaplar aralashishi oqibatida kelib chiqqan fojealarni tasvirlash maqsad qilib olingani sezilib turadi. Bosh qahramon Jalol polvon obrazi orqali hikoya markaziga olib borgan yozuvchi o‘z maqsadini ochiq-oydin aytmaydi. Kichik ekskursdan mavzu tomon odimlaydi. Hikoyaning ahamiyatga molik tomoni shundaki, o‘quvchi o‘qigani sayin oxiri nima bo‘lar ekan,keyinchi? Degan savollarni o‘ziga berishdan charchamaydi. Jalol polvonning o‘g‘li Qo‘chqor oson boylik topaman deb yurtma-yurt kezib yurmaganda birovninh haqqiga ko‘z olaytirmaganida, birovning ayolini yo‘ldan urmaganida bunday gaplar bo‘lmasdi. Qishloq erkaklarining maydagapligi butun fojealarga sabab, demoqchi bo‘layotgandir balki yozuvchi.
Ijodkor asar yozishdan avval o‘quvchiga aytajak gapini aniqlashtirib olishi lozim. Ushbu asarda ham aynan shunday. Asarda qo‘llangan barcha vositalar ana shu maqsadni yoritishga qaratilishi kerak va shunday bo‘lganham. Hikoya qahramonining ichki kechinmalarini yoritishda yozuvchi shunday yo‘ldan boradiki, o‘quvchi qahramon bilan yaxlitlikni o‘zida tuygandek bo‘ladi. Uning dardi bilan yonadi, yashaydi va ba‘zi o‘rinlarda unga dalda bo‘lgisi keladi. Adabiyotshunoslikda gender psixologiyasi degan tushuncha bor. Shundan kelib chiqib, ijodkor asar qahramonlarini o‘z tabiatiga ko‘ra tasvirlagan, ammo polvonning o‘g‘li er kishilardek so‘zlamaydi. Aksincha, ayollarga o‘xshab maydalashib ketgan. Bu uning ishlaridan ham ayon bo‘ladi. Birovning ayolini yo‘ldan urib, tuxmat bilan Sobitni qamatib yuborishi, Buxorada necha-necha oilalarni qon qahshatishi ham uning harakteri qay darajada ekanligini ko‘rsatib beradi. Muallif qahramonning holatini, voqealar tadrijini yoritishda adashmagan. Haqiqadan, insoniyatni yomonliklar, loqaydlik tanazzulga olib boradi. Qayerdaki shu illatlar avj olsa, barcha ko‘rgiliklar shu joyda ro‘y berishidan tashvishga tushadi. Tafsilotlarni shundayligicha emas, badiiyat talablari doirasida tasvirlashga harakat qiladi. Hikoya uch tugun asosiga qurilgan. Shulardan Jalol polvon bilan Ermat polvon o‘rtasidagi kurash bo‘lsa, ikkinchisi Jalol polvonning tobi qochishi, uchinchisi Jalol polvonning
Buxoroga borib o‘g‘lining qilmishlaridan bohabar bo‘lishi tasviri nihoyatda real yoritib berilganligiga guvoh bo‘lamiz.
Ushbu hikoyasida g‘urur, muhabbat, inson va uning ichidagi ―men‖ kurashi tasviri bor. Hikoya bir qarashda o‘quvchi uchun zerikarlidek bo‘libtuyilishi mumkin, ammo didaktik ahamiyati yuqori pog‘onada va biroz falsafiy. Buni hikoyani o‘qib mushohada qilgan odamgina biladi. Asarda qarama-qarshiliklar bisyor. Bu qarama- qarshiliklar bevosita botin va zohirda ayon bo‘ladi. Ermat polvonning bir so‘zliligi va pushaymonlik hissi kabilar shular jumlasidandir. Hikoyani o‘qigan odam bir tomondan Jalol polvon va Ermat polvonni oqlasa, bir tomondan qoralaydi. Bunda pushaymonlik ham bo‘lib, polvon o‘g‘lining tarbiyasiga qaysidir nuqtada befarq bo‘lgani sabab afsuslanadi. Tabiatan mehribon ota obrazida namoyon bo‘ladigan Jalol polvonning botinida nima borligi, uning sabr kosasini to‘lguncha bo‘lganvoqealarni muallif shunday tasvirlaydi.
“Azob” hikoyasi esa o‘zida o‘tkir yumoristik tabiatga ega ekanligini tahlil jarayonida kuzatishimiz mumkin. Uni o‘qish jarayonida undagi ayrim qochirim va kesatiqlar bir qarashda ko‘zga tashlanmaydi. Uqishda ham balki bu hodisa sezilmas, lekin struktural poetikaning muhim bosqichi bo‘lganajratib o‘qish jarayonida asarda muallif satira va yumorni bir joyga yig‘ib, undan butunlay boshqa hodisa-tragik holatni yuzaga keltira olganiga guvoh bo‘lamiz. Portret va qahramon ruhiy holatini berishda ham bu alohidalik o‘quvchini befarq qoldirmaydi, balki, qahramon psixologiyasini yana ham chuqurroq anglashga yordam beradi.
Asar arxitektonikasida psixologik holatni vaziyatlar bilan bog‘lab berish ko‘zga tashlanadi. Ergash Nosirovning amaldor kishilar bilan muomala jarayoni bir-biridan tubdan farq qiluvchi uch rakursni ko‘z oldimizda gavdalantiradi. Bu xuddi quyosh nuriga spektr tutganda yetti xildagi kamalak ranglarining paydo bo‘lish jarayoniga o‘xshab ketadi. Struktural tahlil yordamida tadqiq qilingan bu asar 20-yillar tarjimashunosligining muhim yutug‘i edi. Yozuvchining hikoyalarida tasvirlangan kinoyali va achchiq kulgi esa satirik va yumoristik ruhdagi asarlar yaratishning amaliy tajribasi sifatida iz qoldirdi. Hikoyada bosh qahramon Ergash Nosirovning o‘z-o‘zi bilan, boshqa qahramonlar bilan konfliktga kirishishi juda teran ―chiziladi‖.
Ijodkor qalamiga mansub ―Azob‖ hikoyasini o‘rganish va tahlilga tortish natijasida quyidagi xulosalar chiqarildi: