Kurs ishi mavzu: Antropogen omillar va ularning bioxilma-xillikga ta’siri



Yüklə 151,92 Kb.
səhifə3/8
tarix02.01.2022
ölçüsü151,92 Kb.
#36847
1   2   3   4   5   6   7   8
ANTROPOGEN OMILLAR — копия

Tabiat inson vatan tuyg'usini uyg'otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko'p tuyg'ularni kamol toptiradi hamda ko'p narsalarni talab etadi. Madaniyatli, ma'naviy kamol topgan inson uchun o'z Vatani tabiatini muhofaza qilish hayoti va faoliyatining uzviy qismiga aylanib qoladi.

O'rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, hayvonot olami va o'simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.

Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida odamlarni daryoga mehrli bo'lishga da'vat qjladi, agar daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am kulfati tushgan bo'ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz daryo suvini ortiqcha isrof qilmaslikni ham nazarda tutgandir?

Abu Rayhon Beraniy esa tabiatning davomiyligi haqida shunday fikr aytadi: «Ekin ekish va nasl qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi».

Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida ko'rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o'simliklari va odamlari, xalqlarning urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko'plab fikrlar bor. Bobur o'lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko'paytirishga e'tibor bergan.

Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to'g'ri faoliyat ko'rsatishga da'vat etadi, hech bo'lmaganda ko'chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo ifloslanmasligiga hissa qo'shadi.

Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o'zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo'la olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga birgalikda kirishsagina ekologik muammolar hal bo'ladi.

Masalan, birgina Orol muammosi bunga yaqqol dalil bo'la oladi.

Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o'tdi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib ketayotganligi baralla gapirilib, bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi.

Buni yodda fating: Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida joylashgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston emas, butun dunyo iqlimiga salbiy ta'sir etadi. Shu-ning uchun Orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammodir.

Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma'naviy va moddiy boyliklarimizni, bizgacha mavjud bolgan tabiatni va unga munosabatimizni, ya'ni ekologik madaniyatimizni ham meros qoldiramiz. Ekologik madaniyat, bu — faqat tabiatga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, yanada go'zallashuvi, gullab-yashnashiga hissa qo'shish, atrof-muhitni g'orat etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish degani hamdir.


Yüklə 151,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin