O`simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari.
Noyob va yo`qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e`tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tomonidan xalqaro “Qizil kitob” tashkil qilingan. Qizil kitob faqatgina xatar darakchisi bo`lmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O`simlik va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o`rtasidagi hamkorlik yo`li bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi o`ziga xos o`simlik va hayvonot dunyosiga ega so`nggi yillarda insonning xo`jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta`sir kuchaydi. O`zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. 1983 yili O`zbekiston Qizil kitobining 1-jildi e`lon qilindi. O`zbekiston Qizil kitobiga umurtqali hayvonlarning 65 turi kiritilgan bo`lib, 22 turdagi sut emizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlardan iborat. Ustyurt qo`yi, burama shoxli echki, qor barsi, buxoro buusi va boshqa hayvonlar yo`qolish arafasidadir.
O`zbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq o`simlik turlarining 10-12 %i muhofaza talab (4148 tur). Eng qimmatli to o`rmonlarining maydoni o`nlab marta qisqarib ketgan. To`qaylar va qayir o`rmonlari ko`plab kesib tashlangan. Tabiiy yaylovlarning maydoni 6,5 mln.ga qisqargan. Shu bois 1984 yil O`zbekiston Qizil kitobining 2-jildi nashr ettirildi. Unda muhofaza qilinishi kerak bo`lgan 400 o`simliklarning 163 turi kiritilgan. Masalan, cherkez, isiriq, etmak, shovul, anzur piyoz, yovvoyi anjir, yonoq, sumbul, bodom, lola, chinnigul va boshqa o`simliklar.
Yo`qolib borayotgan noyob hayvon turlarini yana ko`payishi xavf ostidadir. Hozirda bunday hayvon turlari davlat muhofazasigsa olindi. Ayrim joylarda qimmatbaho hayvlonlar zubr, daryo qunduzi, sobol, qulon, suv kalamushi uchun qo`riqhonalar tashkil etildi. M: Orol dengizidagi Borsa kelmas qo`riqhonasida sayoq ko`paytirilmoqda. Bodhiz qo`riqhonasida qulon (yovvoyi eshak) asralmoqda. Bundan tashqari hayvonlarni muhofaza qilishda Qizil kitob va halqaro bitimlarni ahamiyati katta. Tabiiy muhitdagi bunday o`zgarishlar dunyo mamlakatlari xalqlarini birgalashib muhofaza qilishga undamoqda. Baliq ovlash va boshqa dengiz hayvonlarini ovlash bo`yicha 70 dan ortiq shartnomalarni tuzilganligi shular jumlasidandir.
Sayyoramizdagi o`simliklar va hayvon resurslari nihoyatda katta va rang-barang, lekin bu resurslar ulardan faqat oqilona foydalanilgan vaqtdagina hamda ularning tiklanish sharoiti ta`minlangandagina kishilar jamiyati talablarini qondira oladi.
Dostları ilə paylaş: |