Il.ASOSIY QISM 1.Lugʻatlarning oʻrganilishi va tuzilishi Har qanday xalqning betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Zamon va makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib boradi. Hayot, turmush tarzi taraqqiyot va kashfiyotlar yangi-yangi so’zlar, tushunchalarni dunyoga keltiradi, ba’zi so’zlar esa eskirib iste’moldan chiqadi.Ana shunday dinamik rivojdagi bebaho boylikni o’z vaqtida tarix zarvaraqlariga muhrlanib, tilning oltin sahifalarini durlar bilan to’ldirib boriladi. So’zlarning ma’lum maqsad bilan to’plangan tartibga solingan kitob yoki boshqa shakldagi to’plami lug’at deyiladi. Lug’atlar turli maqsadlarga tuziladi. Ko’zlangan maqsad jihatidan lug’atlar 2 xil bo’ladi. 1) Ensiklopedik (Qomusiy) lug’atlar 2) Lingvistik lug’atlarHar ikki tur lug’at o’rtasidagi o’xshashlik quyidagicha. a) lug’at maqolalarining vokabulasiga asosan, leksema chiqariladi. b) bu leksemalar qatoriy alifbo tartibda joylashtiriladi. Bular faqat tashqi yuzaki o’xshashlikdir. Aslida lug’atning bu ikki turi o’z maqsadiga ko’ra va maqolalarning tuzilishiga, mundarijasiga ko’ra tubdan farq qiladiEnsiklopedik (qomusiy) lug’atlarda texnik va madaniyatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohlanadi. Ularda tabiat hodisalari, ijtimoiy hayotdagi voqealar, mashhur kishilar chiqishining ko’rsatish bilan chegaralaniladi. Shuning uchun bunday lug’atlar tushuncha lig’ati deb yuritiladi. Bunday lug’atlarda odatda, rasmlar, karta va sxemalar ham keltiriladi.Ensiklopedik lug’atlarda so’z va iboralar alfavit tartibda maqolaning sarlavhasi sifatida qo’yiladi. Ensiklopedik lug’atlar ham maqsad va vazifasiga ko’ra 2 xil bo’ladi: umumiy ensiklopedik lug’atlar va biror sohaning ensiklopedik lug’ati. Ensiklopedik lug’atlar sharqda “Qomus”, g’arbda esa “thesaurus” deb ham yuritilgan.Lingvistik lug’atlarda lug’at boyligi aks ettiriladi. Bunday lig’atlar asosiy maqsad leksema va frazeomalarning semantic mazmunini tavsiflashdir. Bundan tashqari, Grammatik va fonetik ma’lumot qisman keltiriladi. Lug’at maqolasining asosiy qismini leksik ma’nolarning talqini egallaydi. Bunda so’zning bosh manosi haqida fikr yuritiladi, agar, lozim topilsa shu ma’noning ishlatilishini aks ettiruvchi misol keltiriladi, so’ngra bu so’zning hosila, ko’chma ma’nolari tasvirlanadi. Bunday ma’nolarning tasvirida misollar keltirish shart, chunki bularni anglash uchun konteks talab qilinadi. Leksik ma’noni tasdiqlovchi nutq parchalari odatda badiiy va boshqa adabiyotlardan olinadi. Agar leksik ma’nolar ma’lum sistema bo’yicha to’plangan misollar yordamida izohlansa, bunday lug’atning qiymati yuqori bo’ladi. Chunki bunday ish tutishda lug’at boyligini obyektiv tasvirlashga erishiladi. Lug’atlarda so’z va frazemalar ikki xil joylashtiriladi.Birinchisi yagona alfavit tartibda joylashtiriladi. Masalan, bir o’zakdan yasalgan so’zlar bir joyga to’planadi va o’zaro yasalishiga qarab alfavit tartibda joylanadi.Ikkinchisi, frazeomalar tematikasiga ko’ra joylashtiriladi.Lingvistik lug’atlar turli maqsadlarda tuziladi va ularning turlari ham ko’p. So’zning biror sohaga oid leksikasi bilan adabiy til leksikasining ma’lum qatlam bilan chegaralanganligi va chegaralanmaganligiga ko’ra lug’atlar dastlab ikkiga bo’linadi:1) umumiy lug’atlar2)maxsus lug’atlarUmumiy lingvistik lug’atlarda hamma qo’llaydigan so’zlarning xarasteristikasi beriladi.Bular bir tilli, ikki tilli, ko’p tilli bo’ladi. Bir tilli lug’atlarning ham umumiy va maxsus tiplari bor. Masalan, izohli lug’at, imlo lug’ati, sinonimlar lug’ati, frazeologik lug’at, dialectal lug’at maxsus lug’atlar tipiga kiradi.Izohli lug’atlardalug’aviy birliklarning ma’nosi izohlanadi. Agar lig’aviy birlik ko’p ma’noli bo’lsa uning barcha ma’nolari belgilanadi va har bir ma’nosi izohlanadi. Umumiy izohli lug’larda so’zlarningma’nosi izohlanadi, ularning Grammatik, stilistik, frazeologik iborada qatnashishi kabi belgi xususiyatlari ko’rsatiladi. Lug’aviy birlikning ma’nosi izohlanadi shunga misol keltiriladi. Izohli lug’atlarga quyidagi lug’atlarni misol qilib keltirish mumkin.Shunday qilib, lug’atning asosiy vazifasi hozirgi o’zbek adabiy tilining so’z boyligini to’plash va tavsiflash bilan birga uning meyorlarini belgilash va barqarorlashtirishdan iboratdir. Ayni zamonda u nutq madaniyatining yuksalishiga ham xizmat qiladi. Imlo lug’atlarga kirgan so’z va iboralarning izohi ham, tarjimasi ham bo’lmaydi. Bunday lug’at so’zlarning yozilishini imlo qoidalarini o’z ichiga oladi. Tillardagi hamma so’zlarning yozilishini imlo qoidalariga mos kelmaydi. Bu turdagi lug’atlar istisno so’zlarning orfografiyasining aniqlashda ayniqsa qo’l keldi. Imlo lug’atlari hamma uchun birdek ahamiyatlidir. Imlo lug’atlarining biz uchun ahamiyatli jihati shundaki so’zlarni to’g’ri talaffuz etishni o’rgatadi. Bunday lug’atlar, asosan praktik maqsadda tuziladi.Fan va texnika rivojlangani sari bu sohalarda yangi so’zlar va atamalar paydo bo’lishi tabiiydir: o’tgan davr ichida ko’p so’zlarning ma’nosi o’zgardi, ayrim so’zlarning ma’nosi ravonlashdi, ayrim so’zlar iste’moldan chiqib ketdi yoki boshqa atamalar bilan almashildi