Kurs ishi mavzu: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish Himoyaga tavsiya etaman Ilmiy rahbar Kafedra direktori 2021 y. 2021 y. Bajardi: Xayitova Z. U. Toshkent 2021



Yüklə 371,9 Kb.
səhifə4/14
tarix29.05.2022
ölçüsü371,9 Kb.
#59982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi mavzu Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metod

I.1. Metodik birlashmalarni tashkil etish va rahbarlik qilish
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib
boriladigan ta`lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko’rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg’or tajriba minbaridir.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori pedagogik kengash raisidir.
Pedagogik kengashga bolalar bilan olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlar
darajasini oshirish, ularni hal qilish yo’llarini izlash, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish tajribasiga pedagogika fanining yutuqlari va ilg’or pedagoglar tajribasini joriy qilish, tarbiyachilarning pedagoglik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kabi masalalar kiritiladi.
Pedagogik kengash Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta`lim bo’yicha buyruq, instruktsiya, nizom va boshqa me`yoriy hujjatlarini; Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik ish rejasini; bolalar sog’lig’ini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhi bo’yicha «Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta`lim-tarbiya dasturi»ning sifatli bajarilishi jatumanini; ish tajribasiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg’or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim va tarbiya berishning aktual masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzularning kengligini, aktualligini ta`minlash zarur. Faqat shundagina pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo’ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga katta tarbiyachi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga xizmat ko’rsatuvchi shifokor, katta hamshira, kasaba uyushmasi qo’mitasining raisi, ota-onalar qo’mitasining raisi kiradi. Kengash yig’ilishiga jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar o’qituvchilari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengashning yig’ilishi ikki oyda bir marta chaqiriladi, zaruriyat to’g’ilganda navbatdan tashqari yig’ilish chaqirilishi mumkin. Muhokamaga ko’pi bilan 2-3 masala qo’yiladi, pedagogik kengash ishdan tashqari vaqtda o’tqaziladi. Pedagogik kengash qarorining loyihasini ma`ruzachi (bolalar bog’chasining direktori yoki katta tarbiyachi) oldindan tayyorlaydi.
Seminarlar pedagoglarning nazariy, metodik bilimlarini, mutaxassislik malakasini oshirishning keng tarqalgan shakli bo’lib, o’qituvchilar malakasini oshirish instituti va metodik kabinetlar tomonidan amalga oshiriladi.
Seminarlarning asosiy maqsadi – alohida metodika bo’yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo’yicha dolzarb masalalarini hal etishdir. Seminar o’quv tematika rejasi 1 yilga mo’ljallangan bo’lib, shahar, tumanda seminar oyda 1-2 marta ishdan ajralmagan holda, viloyat va respublikada esa 5-12 kunda ishdan ajralgan holda tashkil etiladi.
Seminarlar ish sifatini yaxshilash maqsadida ilmiy tekshirish instituti tomonidan o’quv tematikasining rejalari, seminar dasturi ishlab chiqilgan.
Seminar o’quv tematika mavzusini katta tarbiyachi va direktor tarbiyachilar bilan birgalikda tanlaydi, pedagogik kengash uni tasdiqlaydi, bu yillik rejada aks etadi, so’ngra metodist faol tarbiyachilar bilan birgalikda seminar ishining aniq rejasini ishlab chiqadi.
Seminar ishida ayrim bir mavzu yildan-yilga takrorlanmasligi kerak. Bu seminar qatnashchilarining qiziqishlarini pasaytiradi. Har bir seminarda quruq nazariyachilikka yo’l qo’ymay, o’rganilayotgan materialni hayot bilan bog’lash kerak.
Seminar rejasi metod kabinetga ilib qo’yiladi. Seminar mavzulari taxminan shunday bo’lishi mumkin:
1. Ilk yosh va kichik yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (seminarni pediatr vrach yoki psixolog olib boradi).
2. Turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish.
3. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va baynalminalchilik ruhida tarbiyalash.
4. Tarbiyachining bolalar bilan o’zaro munosabatlari va h.k.
Seminar mashg’ulotlari tarbiyachining amaliy malakalarini o’stiruvchi ish
shakli bo’lib, bunda: bolalar loy, applikatsiya, qurish-yasash, badiiy o’qish, ashula aytish, raqsga tushish va boshqa ishlarni amalga oshiradilar. Ular mutaxassis yordamida amaliy jihatdan saviyalarini o’stirib boradilar. Seminar mashg’ulotlariga direktor, katta tarbiyachi yoki tajribali tarbiyachi rahbarlik qiladi. Seminar mashg’uloti maxsus daftarga qayd qilib boriladi.
Tarbiyachilarning bilimlarini boyitish maqsadida yangi metodik va pedagogik adabiyotlar, sohaga oid jurnaldagi maqolalar o’rganilib, muhokama qilinadi. Maktabgacha ta`lim tashkiloti xodimlarning dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida esa shahar va tumanning diqqatga sazovor yodgorliklariga o’quv ekskursiyalari tashkil etiladi. Bir yilda 3-4 marta o’quv ekskursiyalar tashkil etiladi. Muzeylarga ekskursiya tashkil etilsa yanada yaxshi, chunki bundan olingan taassurotlar pedagoglar bilimini yanada kengaytiradi.
Vaziyat tug’ilganda metodist tomonidan yakkama-yakka maslahatlar o’tqaziladi. Uzoq joylardagi xodimlarga yozma ravishda beriladi.
Jamoa maslahati 1 oyda 1 marta o’tkazilib, oylik rejada aks etadi. Tumandagi tarbiyachilarni oldindan ogohlantiriladi, o’tkazish muddatini belgilab tuman shart-sharoitidan kelib chiqilgan holda o’tqaziladi.
Tarbiyachilarning g’oyaviy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy va ishlash malakalarini o’stirish uchun turli mavzular bo’yicha ma`ruzalar o’tqaziladi. Bular siyosiy yoki pedagogik mavzularda bo’lishi mumkin.
Maktabgacha ta`lim xodimlarining o’z ustida ishlashlari g’oyaviy-siyosiy saviyalarini oshirib borishdagi keng tarqalgan usuldir. Metodik birlashmalarni jamoa ish shakli bilan birgalikda olib borilsa, bilim manbayi boyib boradi.
Yillik rejada maktabgacha ta`lim bo’yicha ayrim nazariy masalalarni,
maktabgacha talim dasturini, dasturiy-metodik materiallarni o’rganish
rejalashtiriladi. o’z ustida ishlashda faqatgina o’rganiladigan mavzular emas, balki undagi asosiy savollar, masalalar o’rganiladi adabiyotlar ko’rsatiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tarbiyachilar bilan o’z ustilarida ishlashni qanday tashkil etishi yuzasidan suhbatlashishi, yordam ko’rsatishi shart.
Bu tadbirlarning tizimli, aniq reja asosida olib borilishi goyat muhimdir. Tashkiliy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda jamoa uchun shart-sharoit, kerakli materiallar, bajaruvchi-javobgar shaxslar, ularni hisobga olib borish o’quv yilining boshida belgilanadi, buni direktor doimo nazorat qilib boradi.
Umumiy ota-onalar majlisida bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining butun ishi muhokama qilinadi, tegishli chora-tadbirlar ko’riladi. Ota-onalar majlisiga rais qilib ota-onalar qo’mitasining raisi belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g’oyat ahamiyatlidir. Bunda bog’chaning butun faoliyati ota-onalar tomonidan ko’zatiladi, yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar joyida hal etiladi. Bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha xodimlari bunga tayyorgarlik ko’radilar.
Bola tarbiyasida qiynalgan ota-onalar uchun yakkama-yakka suhbatlar tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va bog’cha direktori masalalarni ilmiy asoslangan holga hal etmog’i lozim. Maslahatlar qisqa, aniq shaklda olib boriladi, ayniqsa guruhlarda «ko’chirma papka»lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalarga yaqindan yordam berishda kutubxona tashkil etish ahamiyatlidir. Bola tarbiyasiga oid kitoblar ota-onalarga katta yordam beradi, kitoblar bog’cha direktori, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlanadi. Adabiyotlar ro’yxati hisobot tarzida olib boriladi.
Pedagogik tashviqot ishlaridan eng qulayi ota-onalar burchagidir. Bu ota- onalarga bola tarbiyasiga hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ishiga ijodiy yondoshishga yordam beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining hujjatlari. Bolalar bog’chasining Nizomiga muvofiq Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida muayyan hujjatlar olib borilishi kerak.
Buyruqlar daftari bolalar bog’chasiga tartib raqami berilgandan keyin rasmiylashtiriladi. Uning hamma sahifalari raqamlanadi, oxirida uning necha varaqligi ko’rsatiladi.
Bolalarni hisobga olish daftari (Shakl DP-2) bolalar va ota-onalar haqidagi ma’lumotlarni, bolalarning uy manzili, bog’chaga kelgan va undan (butunlay) ketgan sanalarni o’z ichiga oladi.
Har bir guruhda bolalarning har kungi davomati (bog’chaga kelishi) hisobga olinadi (Shakl DP-3).
Shuningdek, xodimlarning, bolalarning shaxsiy xujjatlari; tibbiy kartalari; xodimlarning ish jadvali, ularning ish vaqtini hisobga olish tabeli; maktabgacha tarbiya davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yo’l-yo’riq beradigan, uni tekshiradigan va nazorat qiladigan kishilarning mulohaza va takliflarini yozish daftari; sanitariya jurnali; pedagogika, ishlab chiqarish yig’ilishlari va ota-onalar majlislarining bayonnomalari; inventar va oziq-ovqat mahsulotlarini hisobga olish daftari; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik, oylik ish rejasi va boshqalar olib boriladi.


I.2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari va metodik birlashmalarni tashkil etish imkoniyatlari
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, maktabgacha tarbiya Davlat jamoat tizimining asosiy bo’g’ini, jamiyatning eng muhim ijtimoiy bo’limidir. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda ularni maktabga tayyorlashda yetakchi rol o’ynaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti oila va jamiyatning bolalarga gamxo’rlik qilish va milliy va mintaqa xususiyatlarni xisobga olgan xolda har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo’lgan extiyojni qondirish maqsadida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mustaqil ravishda, o’z tashabbusi bilan o’z faoliyatiga taaluqli, agar ular qonunchilikka pedagog prinsiplarga moyillik qilmasa har qanday qaror qilishga haqlidir.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’limiy ishlar sifati bolalar va ota-onalar xuquqiga jamiyat va Davlat manfaatlariga rioya qilish uchun masuldir.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mexnat jamoasi xalqchillik asosida o’z- o’zini boshqarish prinsipiga muvofiq. Uning jamiyat faoliyati bilan bog’liq birga masalalarni xal qiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarining asosiy tiplari quyidagilardan iborat:
A) bolalar yaslilari;
V) bolalar yasli bog’chalari;
S) bolalar bog’chalari;
G) maktab bolalar bog’chalari.
Etim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun bolalar uyi,
maktabgacha tarbiya bolalar uyi, maktab internatlari va aralash tipdagi bolalar uylari xuzurida maktabgacha tarbiya guruhlari tashkil qilinadi. Ularni maxalliy tegishli qonun-qoidalari bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari iqtisodiy xuquqiy maqomi quyidagi guruhlarga bulinadi:
1. Davlat davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari xalq deputatlari maxalliy sovetlari, idoralar, korxonalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari tashkilotlar qaroriga tashkil etiladi. Tegishli byudjetdan korxonalar mablagi xisobidan pul bilan ta’minlanadi;
2. Shirkatchilik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari «shirkatchilik to’g’risida» gi qonunda ko’zda tutilgan tartibda tashkil qilinadi.
3. Aksionerlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari amalda qonunchilikda belgilangan tartibda aksionerlik korxonalari, tashkilotlari mablaglari xisobiga tashkil qilinadi va faoliyat ko’rsatadi.
4. Jamoat davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari yotoqxonalar, turar joylardan foydalanish idoralari madaniy va savdo markazlarida, shuningdek, oila extiyojlaridan kelib chiqqan xolda boshqa ko’rinishlarda tashkil etiladi.
5. Oilaviy davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilar, shirkatchilik xususiy mexnat faoliyat to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq bir yoki bir nechta oila tomonidan tashkil qilinadi va faoliyat ko’rsatadi.
6. Aralash davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilar. Davlat shirkatchilik korxonalar, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilar tashkilotchilik uyushmalari asosida va oilalarning shartnomalari asosida tashkil etiladi, faoliyat ko’rsatadi.
7. Uy masalalari asosiy Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarning filyallari sifatida tashkil etiladi.
Shaharda bo’lgani kabi qishloq joylarida ham extiyojga qarab boshqa shu tizimlardan birlashgan o’quv tarbiya davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari va umumiy hamda maxsus ahamiyati molik (yo’nalishdagi) turli tipdagi guruhlar tashkil qilinadi. Maxsus ahamiyatga molik yo’nalishdagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari nuqsonlarini oldini barvaqt olish, bolalardagi ikkilamchi va keyin uchraydigan nuqsonlarga barham berish maqsadiga tashkil qilinadi. Bu yo’nalishdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilar umumiy tarbiyaviy masalalarni xal qilish bilan bolalarni rivojlantirishdagi tegishli nuqsonlarni bartaraf qilishga va ommaviy yoki maxsus nuqsonlarni va maxsus maktabda tayyorlashga qaratilgan Davlat to’girlash ishlarini amalga oshiradi.
Aqliy va jismoniy rivojlantirishda nuqsonlari bo’lgan bolalar uchun:
- nutqi buzilgan (eshitish qobiliyati saqlangan);
- eshitish qobiliyati buzilgan;
-kurish qobiliyati buzilgan;
-tayanch harakat a’zolari buzilgan;
- ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan;
-aqliy rivojlanishda orqada qolayotgan;
- sil kasalligiga chalingan;
- tez-tez kasallikka chalinadigan;
- sariq (virusli gippati) bolalari uchun;
- agar extiyoji tugilsa boshqa yo’nalishdagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari
tashkil qilinishi mumkin.
Turli tipdagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari O’zbekiston Xalq ta’limi
vazirligi hamda sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan instruktiv derektirv xujjatlarida yuriqnomalar asosida ish yuritilgan. Bular maktabgacha tarbiya to’g’risidagi konsesqiya va Nizomda belgilab berilgan.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari loyixa bo’yicha yoki moslashtirilgan SNIP normalariga yongin xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va ob-xavo sharoitida ekalogik vaziyatni tarkib topgan milliy xisobga oladigan binoda tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining sig’imi 320 urindan oshmasligi kerak. Umumiy yo’nalishdagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari uchun 140 urinli maxsus ahamiyatga molik Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 90-120 urinni muqobil xisoblash zarur. Loyihalashga qo’yiladigan talablar: binolar shunday joylashishi kerakli, bino derazalari ufq tomonda soyabonlar tushishi, ko’kalamzor erlarga suv bilan o’ynash uchun fontanchali xovuzchalar bo’lishi, chiqarishaklang va o’tish joylarini qattiq narsa qoplash suv basseyni 0,25 metr chukurlikda, ko’cha shovqinidan, uzoqda, maktabga yaqin joyda, yongindan qarshi talablarga to’liq javob beradigan, iqlimiy xususiyatini xisobga olgan xolda loyixalashtiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga amaldagi qoidaga binoan bolalarga meditsina xizmati ko’rsatish xuquqiga ega. Bolalarga meditsina xizmati ko’rsatish, maxsus biriktirilgan sog’liqni saqlash bo’limlari yoki idorasi qaram bo’lgan tegishli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini, meditsina xodimlari tomonidan amlga oshiriladi.
Meditsina xodimlar bog’cha ma’muriyati bilan bir katorda bolalarning salomatligi jismoniy rivojlanishi davolash, profilaktika tadbirlarini o’tqazish, sanatoriya gigiyena normalariga rioya qilishi, tarbiyalanuvchilarning rejimi va ovqatlanish sifati ularning jismoniy va akliy yuklamalarning me’yoriy uchun mas’uldir.
Meditsina xodimlari faoliyatini nazorat qilish maxalliy sogligini saqlash bo’limlari zimmasiga yuklatiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kimga buysunishidan qat’iy nazar xalq deputatlari maxalliy soveti ruyxatidan utilida. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ruyxatdan utgach unga tartibli soni beriladi va yuridik shaxs xuquqiga ega bo’ladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarini kaytadan tuzish (kushish, olish, birlashtirish, ajratish, bulinish, kayta tashkil etish) xalq ta’limi bo’limlari korxona, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, tashkilot tavsiyasiga ko’ra xalq deputatlari, maxalliy sovetlari qarori asosida amalga oshiriladi. U bog’cha mexnat jamoasi va xalq ta’limi kengashi
bilan kelishilgan bo’lishi lozim. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti turlicha: tipga, tuzilishga, qarab shtat birliklarini maqsad okladlarini tasdiqlaydi.
Ota-onalar kumitasining asosiy vazifalari, bolalar bog’chasi Ustavida ko’rsatilishi berilgan.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlangan kup variyantli ta’miniy dasturlardan birini tanlash xuquqiga ega. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’limning davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bulib, soqial vazifalar bilan bir katorda konsepsiya, Ustav va Dasturga muvofiq malakaviy tarbiya va ta’lim berishni ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uz dasturi va metodikasi ishlab chiqish va amaliy faoliyatida qullash xuquqiga ega. Ularni tasdiqlangan tarbtibi Respublika Xalq Ta’limi Vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi bolalarni tarbiyalash va o’qitish bo’yicha qo’llanmalarni va metodikani erkin tanlash xuquqiga ega. Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha tayyorlash tayanch sinov dasturi bo’yicha talablarni tanishtirish.
Tajriba sinov ishlarini tashkil etish, mustaqil ish olib borishi bo’yicha ishlarini tashkil etish tushuntirish. Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha tarbiya davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarini tashkil qilish va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni esa yangi tipdagi yo’nalishidagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarini tuzish Respublika Xalq Ta’limini boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tomonidan belgilanadi.
Maxsus ahamiyatga molik Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari ish xususiyati, ularga qabul qilish qoidalari, bolalarg at’lim berish va ularga tarbiyalashni tashkil qilish O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli yuriqnomalar bilan aniqlanadi.


Yüklə 371,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin