Elektr maydon elektr zaryadlar yoki ozgaruvchan magnit maydon hosil hosil qilgan fizik maydon.Elektr maydon tushunchasini birinchi bo’lib M.Faradey XIX-asr 30-yillarida kiritgan.Elektr maydon materiyaning maydon ko’rinishidir.Elektrlangan jismlarning bir-biriga ta’siri va ularning harakati Elektr maydonlari tufaylidir.
Nuqtaviy q zaryad olib bu zaryaddan r masofada yotgan ixtiyoriy A nuqtada maydon kuchlanganligini topamiz.Kulon qonuniga asosan q zaryad r masofada joylashgan q0 musbat zaryadga F=(q*q0)/r2 kuch ta’sir qiladi.Bundan A nuqtadagi kuchlanganlik:
E=F/q
Elektr dipoli deb qarama-qarshi ishorali zaryadlar majmuiga aytiladi.Bu zaryadlar orasidagi l masofa ulardan maydon kuchlanganligi aniqlanayotgan nuqtalargacha bo’lgan masofalarga nisbatan kichik bo’ladi.Zaryadlar orasidagi o’tuvchi chiziq dipol oqi deyiladi.
O’zaro qattiq bog’langan va bir-biridan l masofada joylashgan,kattaligi +q va –q bo’lgan ikkita nuqtaviy zaryadni siljishini l vektor bilan xarakterlaymiz.Bu vektor manfiy zaryaddan musbatga yo’nalgan.Bunday juft zaryadlarni elektr qutbi yoki elektr dipoli deb ataladi.
Elektr maydonni eksperimental usullarda o’rganish va uning amaliy ahamiyati.Elektr maydonni tajribada o’rganish uchun elektrolitik vannadan foydalaniladi.Tajribada elektrolitik vannaga ikkita yoki to’rtta istalgan geometrik shakldagi elektrodlarni o’rnatib ,bu elektrodlarning hosil qilgan elektrastatik maydoni o’rganiladi.Buning uchun ekvipotensial sirtlar chizib, mazkur ekvipotensial sirtlarga maydon kuch chiziqlari o’tkaziladi va tajriba amalga oshiriladi.Eksperimentdan olingan natijalardan foydalanib,ekvipotensial chiziqlar va kuchlanganlik chiziqlari (kuch chiziqlari) elektrodlarga nisbatan ham ortogonal bo’lib,shu elektrodlarda boshlanadi va shu elektrodlarda tugallanadi yoki “cheksizlikka” ketadi
Talabalarga ma’ruza jarayoni tugagani aytadi. Ma’ruza bo‘yicha kim nimani tushunmagan bo‘lsa, savollar bilan murojaat qilishlari mumkinligini aytadi. Talabalarning savollarini tinglab ularga javob beradi.
Tinglaydilar, yozib oladilar.
Tajribaviy namoyishlarni kuzatadilar.
Plakatdan chizib oladilar. kuzatadilar, yozadilar.
Eshitadilar, chizadilar, yozadilar.
Savollar beradilar, tinglaydilar.
III -bosqich.
Yakuniy (15min.)
Javoblarni to‘ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi.
Javoblarni baholaydi.
Eshitadilar, savollarga javob beradilar
Eshitadilar.
Ma’ruza bo’yicha tushuntiriladigan tajribalar (kerakli asbob-uskunalar:
videoproektor, kompyuter, plakatlar):
1-chizma- Nuqtaviy zaryadning kuchlanganlik chiziqlari.
Nuqtaviy zaryadning kuchlanganlik chiziqlari zaryad musbat bo’lsa zaryaddan chiquvchi va manfiy bo’lsa ,zaryadga kiruvchi to’g’ri chiziqlar ko’rish mumkin.
2-chizma –Bir jinsli maydonning kuchlanganlik chiziqlari.
Barcha nuqtalaridagi kuchlanganliklar geometrik teng,ya’ni kattalik va yo’nalish jihatdan birday bo’lgan maydon bir jinsli maydon deyiladi.Bir jinsli maydonning kuchlanganlik chiziqlari kuchlanganlik vektorlariga parallel bo’lgan to’g’ri chiziqlar.
“FSMU” metodi mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni oʻzlashtirish,
xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashgʻulotlaridamustahkamlashda, oʻtilgan mavzuni soʻrashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashgʻulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi. Texnologiyani amalga oshirish tartibi: qatnashchilarga mavzuga oid boʻlgan yakuniy xulosa yoki gʻoya taklif etiladi; har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qogʻozlarni tarqatiladi: ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
F • Fikringizni bayon eting
S • Fikringizni bayoniga sabab keltiring
M • Ko`rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring
U • Fikringizni umumlashtiring FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli oʻzlashtirilishiga asos boʻladi. Quyidagi vaziyatni FSMU metodi orqali tahlil qiling.
E lektr maydon-elektr zaryadlar yoki o’zgaruvchan magnit maydon hosil qilgan fizik maydon.
Dostları ilə paylaş: |