Kurs ishi Mavzu: Fe’l. Bajardi: 202 guruh talabasi To’raqulov G‘



Yüklə 68,4 Kb.
səhifə22/22
tarix22.05.2023
ölçüsü68,4 Kb.
#119892
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Kurs ishi Mavzu Fe’l. Bajardi 202 guruh talabasi To’raqulov G‘

Shaxs-son kategoriyasi. Shaxs-son kategoriyasi kesimlik kategoriyasi UGMsini «ega valentligini muayyanlashtirish orqali gap kesimini shakllantirishda ishtirok etish» tarzida xususiylashtiradi. Hozirgi o’zbek tilida shaxs-son ko’rsatkichlarining quyidagi turlari mavjud:
1.
a)


shaxs

birlik

ko’plik

birlik

ko’plik

I.

borganQman

borganQmiz

boribQman

boribQmiz

II.

borganQsan

borganQsiz

borganQsan

boribQsiz

III.

borganQ0

borganQ(lar)

borganQdiQ0

borganQdi (lar)

b)

shaxs

birlik

ko’plik

birlik

ko’plik

I.

boryapQman

boryapQmiz

boraQman

boraQmiz

II.

boryapQsan

boryapQsiz

boraQsan

boraQsiz

III.

boryaptiQ0

boryaptiQlar

boradiQ0

boradiQ(lar)

v)


shaxs

Birlik

ko’plik

I.

bormoqchiQman

bormoqchiQmiz

II.

bormoqchiQsan

bormoqchiQsiz

III.

bormoqchiQ0

bormoqchiQ(lar)

2. a)


shaxs

birlik

ko’plik

birlik

ko’plik

I.

bordiQm

bordiQk

borgan ediQm

borgan ediQk

II.

bordiQng

bordiQngiz

borgan ediQng

borgan ediQngiz

III.

bordiQ0

bordiQ(lar)

borgan ediQ0

borgan ediQ(lar)

b)

shaxs

birlik

ko’plik

I.

borsaQm

borsaQk

II.

borsaQng

borsaQngiz

III.

borsaQ0

borsaQ(lar)

3. a)


shaxs

Birlik

ko’plik

I.

borganQim yo’q

borganQimiz yo’q

II.

borganQing yo’q

borganQingiz yo’q

III.

borganQi yo’q

borganQ(lar)i yo’q

b)


shaxs

Birlik

ko’plik

I.

borayotganQim yo’q

borayotganQimiz yo’q

II.

borayotganQing yo’q

borayotganQingiz yo’q

III.

borayotganQi yo’q

borayotganQ(lar)i yo’q

4.


shaxs

Birlik

ko’plik

I.

borQay

borQaylik

II.

borQ0 g’ borQgin

borQing(giz)

III.

borQsin g’ borQsin(lar)

borQishsin

Nutqda shaxs-son shakllarining ko’chgan ma’noda qo’llanishi ham ko’p uchraydi. Bularni quyidagicha tartiblash mumkin:


a) uchinchi shaxs shakli birinchi shaxs ma’nosida: Kamina aytdi – Men aytdim;
b) uchinchi shaxs ko’plik shakli ikkinchi shaxs birlik («sizlash») ma’nosida: Nima istasalar bor;
v) ikkinchi shaxsning birlik shakli va birlik ma’nosida «sizlash» uchun qo’llanuvchi shakli umumshaxs ma’nosida qo’llanadi: Qayta-qayta hidlaganingda er mehriga to’yganday bo’lasan (Sayyor);
g) gap ichida odam yoki kishi so’zi qo’llanganda uchinchi shaxs shakli ham umumshaxs ma’nosida qo’llana oladi: Tashabbuskor yoshlarni ko’rib odam quvonadi («Qashq.»);
Bunday qo’llanish sof nutqiy tabiatga ega.
Egalik kategoriyasi. Aytilganidek, EK – barcha mustaqil so’z turkumi uchun umumiy kategoriya. Uning fe’l turkumida yuzaga chiqishiga misollar: uning aytgani, bizning bormaganimiz, qizlarning kelgani. Fe’lda EKning «keyingi mustaqil so’zni oldingi mustaqil so’zga bog’lash» UGMsini «keyingi fe’lni oldingi mustaqil so’zga bog’lash» tarzida xususiylashtiradi.
Quyida EKning fe’lda voqelanish xususiyatidan ayrimiga to’xtalamiz.
EK ikkinchi a’zosi [-gan] sifatdosh shaklida keluvchi qurilmalar tarkibida voqelanadi: nimalar bo’layotganini, shabada yurmayotganidan, kimdir kelayotganini. Misollar: Uning zamirida katta tarbiya yotganini bilmay qolamiz. (J.Abd.) Bu gap asosan qaysi maqsadda aytilayotganini tushunishga urinardi. (J.Abd.) Mannop bilan Nodir ham tungi smenaga tushganligini bilgandan keyin... (J.Abd.) Bunda tobe birlik bosh kelishikda: katta tarbiya yotgani, gap aytilayotganini, Mannop bilan Nodir tushganligini.
Bu qurilmalarni unga o’xshab ketuvchi reja bajarilganida ko’rinishidagi qurilmadan farqlash lozim:

  1. birinchi tur qurilmalarda bosh kelishikni qaratqich kelishigiga aylantirish mumkin: yigit kelganini – yigitning kelganini. Ikkinchi tur qurilmani bunday shaklga keltirib bo’lmaydi: reja bajarilganida – rejaning bajarilganida. Bunda [-ning] shakli ortiqcha;

  2. birinchi tur qurilmada egalik affiksidan oldin -lik substantiv shakl yasovchisini qo’shish mumkin (demak, bunda bosh kelishik emas, balki qaratqich kelishigi qatnashadi): yigit – yigitning kelganligini. Ikkinchi tur qurilmada [-lik] substantiv shakl yasovchisini qo’shib bo’lmaydi;

  3. birinchi tur qurilmada ob’ekt ma’nosi ifodalanib, u to’ldiruvchi yoki ega bo’lib keladi: kelgani – nima?, kelganini – nimani?, kelganidan – nimadan? Ikkinchi tur qurilmadan esa payt, shart ma’nolari ifodalanadi, shunga ko’ra u o’rin kelishiklaridan biri shaklini olib, hol bo’lib keladi: reja bajarilganida.

Ikkinchi uzvi harakat nomi bo’lgan qurilmalar: Dushman samolyotlari o’q yog’dirib turishiga qaramay, hammasi ro’yobga chiqishiga, qalb boshqacha hissiyot bilan tepishini kabi. Misollar: Bularning hammasi keyin dilrabo qo’shiqday bo’lib qolishini hali bilmaydilar. (J.Abd.) Ko’z oldida askarlar dushman ustiga balo-qazoday yopirilishlari kecha boshladi. (J.Abd.)
Bu qurilmani ham unga o’xshab ketuvchi suv qaynashi bilan kabi qurilmadan farq qilish lozim. Chunki bu birikmalarda ham bosh kelishigi mavjud:

  1. birinchi tur qurilmalarda bosh kelishik shaklini qaratqich kelishigi shakliga almashtirish mumkin: samolyotlarning o’q yog’dirib turishi, qalbning hissiyot bilan tepishi, hammasining qo’shiqday bo’lib qolishi kabi. Ikkinchi tur qurilmani bunday shaklga keltirib bo’lmaydi. Bunda [-ning] shakli ortiqcha bo’ladi;

  2. birinchi tur qurilmada ob’ekt ma’nosi ifodalanib, u to’ldiruvchi yoki ega bo’lib keladi: turgani – nima?, turganini – nimani?, turganidan – nimadan? Ikkinchi tur qurilma suv qaynashi bilanda ta’kidlangan xususiyat yo’q.

Eslatma. Men aytganim yo’q, u borgani yo’q tipidagi qo’llanishlarga nazar tashlansa, unda egalik ma’nosi yo’qolib, shaxs-son ma’nosi kuchayganligi ko’rinadi. Aftidan, egalik qo’shimchalari bu o’rinda boshqa omillar va vositalar bilan birgalikda kesimni shakllantirishga xizmat qilgan. Bu misollardagi (men), (u) so’zlarida [-ning] affiksi bordek tuyuladi. Ammo qolipning sinxron holatida ega va kesim orasida uni qidirish ma’qul emas. Shuning uchun uni EKga nisbat berib bo’lmaydi.
Kelishik kategoriyasi. KK fe’llarda EK bilan dialektik yaxlitlikda voqelanadi. Ya’ni KK ko’rsatkichini qabul qiluvchi fe’lda undan oldin egalik affiksi bo’lishi shart: o’qiganimni, o’qiganimdan, o’qiganimga, borishimga, borishimda kabi. KK fe’lning, asosan, tuslanmagan shakllarida yuzaga chiqadi. KK dagi fe’llar bir qarashda tuslangan fe’ldek tasavvur uyg’otadi. Masalan, Barcha ayb mening borganligimda. Bunda egalik qo’shimchasi qaralmish fe’lni qaratuvchiga bog’lamoqda, egaga emas. Gapning egasi ayb so’zi bo’lib, kesimda shaxs-son kategoriyasining III shaxs, birlik shakli mavjud. EKning shakli esa I shaxs birlik.
KK dagi fe’l gapning barcha bo’laklari vazifasida kela oladi: ega: Mening borganim – sening borganing; hol: Achchig’i chiqqanidan yig’ladi; to’ldiruvchi; Borganidan uyaldi; aniqlovchi: Borishining siri nimada? kesim: Hamma gap ishlamaganida.
KK dagi fe’l matndan kelib chiqib: a) «harakatning ob’ektlashishi»; b) «payt»; v) «sabab»; g) «evaz» kabi ma’nolarni anglatadi: a) Halimning borganini aytmoq, o’quvchining o’qiganini so’ramoq; b) kelganida gapirdi, yurganida o’ylamoq; v) achchig’i chiqqanidan yig’ladi, quvonganidan gapirolmay qoldi, gapirganiga uyaldi; g) ishlamaganiga gap eshitdi; bormaganiga afsuslandi.
Bu sirani birikuvchi so’zlardan anglashilgan voqeliklarning munosabatiga qarab ancha davom ettirish mumkin. KK UGMsidagi «oldingi so’zni keyingi so’zga bog’lash» kategorial ma’no fe’l turkumida «oldingi fe’lni keyingi so’zga bog’lash» tarzida xususiylashadi.
A d a b i y o t L A R

  1. Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o’zbek adabiy tili. o’quv qo’llanma. – Toshkent, 2006. – 391 b.

  2. Sh Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. T.2006 y.

  3. O‘zbek tili grammatikasi. FAN. I jild, 1975; II jild, 1976.

  4. Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I., Doniyorov X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I qism. "O‘qituvchi", T.: 1980.

  5. G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. 3­ nashri, T.: 1987.

  6. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 3­ nashri, "O‘zbekiston", T.: 1992.

  7. Ne'matov H., Bozorov O. Til va nutq. "O‘qituvchi", T.: 1993.

  8. Ne'matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. "O‘qituvchi", T.: 1995.

  9. Ne'matov H., Sayfullayeva R., Qurbonova M. O‘zbek tili struktural sintaksisi asoslari. "O‘qituvchi", T.: 1999.

  10. Qurbonova M.M. Hozirgi zamon o‘zbek tili (sodda gap sintaksisi uchun materiallar). O‘zMU, T.: 2002.

  11. Qurbonova M., Sayfullayeva R., Boqiyeva N., Mengliyev B. O‘zbek tilining struktural sintaksisi. O‘zMU, T.: 2004.

  12. Mirtojiyev M.M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I jild. O‘zMU, T.: 2004.




Yüklə 68,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin