Kurs ishi Mavzu: Fe’l. Bajardi: 202 guruh talabasi To’raqulov G‘



Yüklə 68,4 Kb.
səhifə18/22
tarix22.05.2023
ölçüsü68,4 Kb.
#119892
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Kurs ishi Mavzu Fe’l. Bajardi 202 guruh talabasi To’raqulov G‘

1. Tasdiq-inkor kategoriyasi (qisq. TIK) kesimdan anglashilgan fikrning tasdiq yoki inkorini ifodalaydi. TIKning UGMsi – «tasdiq, inkor ma’nosini ifodalash bilan gap kesimni shakllantirishda ishtirok etish, uning hol valentligiga ta’sir qilish».
Tasdiq-inkor ma’nosini ifodalashda nol shakl (tasdiq), [-ma] bo’lishsizlik shakli, [emas], [na], [yo’q] so’zi (inkor) ishtirok etadi. Misollar: Majlis yarim kechagacha cho’zildi. (O.Mux.) Uzoqdan Navoiyning qorasi ko’ringunga qadar u amirning kelishiga ishonmagan edi. (Oyb.) Na xotin, na farzand ko’rmagan, kimsasiz bechora bir yigit. (Uyg’.) Mening farzandim yo’q, gulbog’larim yo’q. (S.Nur.)
Bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyasini TIKdan farqlash lozim. Bo’lishli-bo’lishsizlik fe’lga xos va uning nokesimlik shakli. Bunda bo’lishsizlik shakli bo’lgan [-ma] ko’rsatkichining o’rnini aniq bilish lozim. Bu shakl boshqa (masalan, [-gan] shakli sifatdosh shakli sifatida boshqa paradigmadan, kesimni shakllantirishi bilan boshqa paradigmadan joy olganligi kabi) grammatik shakllardek ko’p vazifali (polifunktsional). U gap kesimi tarkibida kesimlik kategoriyasining UGMsidagi «gap kesimini shakllantirish» ma’nosini xususiylashtirganligi bilan bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyasidagidan boshqa bir qirrasini namoyon qiladi. Bu serqirra mohiyatli, ko’p funktsiyali lisoniy birliklar kabi [-ma] shakli ham birdan ortiq paradigmadan o’rin olishini ko’rsatadi.
2. Mayl kategoriyasi. Mayl kategoriyasi (qisq. MK) «kesimdan anglashilgan voqelikning borliqqa munosabatini ifodalash va gap kesimini shakllantirishda ishtirok etish» UGMsiga ega. MK UGMsida mayl kategorial ma’nosiga har doim zamon kategoriyasi ma’nosi yondosh.
MK ifodalayotgan munosabat rang-barang bo’lishi mumkin. Shuning uchun uning quyidagi turi ajratiladi:
a) xabar mayli;
b) shart mayli;
v) buyruq-istak mayli;
g) maqsad mayli.
Xabar mayli harakatG’holat yoki hodisani uning bajarilish vaqti bilan ifodalaydi. Unda bajarilish haqida xabar mavjud. Shuning uchun bu mayldagi fe’l, albatta, biror zamon shaklida bo’ladi: keldi, kelyapti, keladi.
Xabar mayli biror ko’rsatkichga ega emas. U fe’lning zamon ko’rsatkichi orqali yuzaga chiqadi. Xabar mayli va zamon ma’nosi yig’iq ifodalanishga ega.
Shart mayli [-ca], [-ca edi], [-ganda edi], [-gan ekan] shakllari orqali hosil qilinadi: borsam, borsang, borsa, borsangiz, borsalaringiz, borsangizlar, borsalar; borganda edi va h. Misollar: Mana bu kanal bitsa, yangi er ochilsa, paxta ham ko’payadi. (A.Qah.) Ertoev bir nimani sezmasa, bunchalik talvasaga tushmas edi. (O.Yoqub.) Bizning bunday ulug’ kunga erishganimizni otamiz ham ko’rganda, qanday quvonar edi. (Iboxon.) Men ham doim qishloqda turganimda, mashinani o’rganib olardim. (H.Naz.) Tuzalsa edi, odamlardek yura olsa, boshiga ko’tarardi. (S.Ahm.) Qaerdaki ma’naviy-ma’rifiy ishlar yaxshi yo’lga qo’yilgan ekan, u erda muvaffaqiyat qo’lga kiritiladi. («O’zb.ov.» ) Ishlab chiqqan mebellarimiz uylaringizni qanchalik yaxshi bezatar ekan, biz shunchalik xursand bo’lamiz. («Qarshi univers.») Istiqlol mendan fermer bo’lishni talab qilgan ekan, men bu vazifani a’lo darajada uddalashga va’da beraman. («Qashq.»)
[-ca] shaklining «shart» ma’nosidan tashqari ifodalaydigan yana qator ma’nolari («payt», «istak», «iltimos», «sabab», «to’siqsizlik» kabi) mavjud, ular shart mayli doirasida qaralmaydi.

Yüklə 68,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin