Kurs ishi Mavzu: Fe’l. Bajardi: 202 guruh talabasi To’raqulov G‘



Yüklə 68,4 Kb.
səhifə6/22
tarix22.05.2023
ölçüsü68,4 Kb.
#119892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Kurs ishi Mavzu Fe’l. Bajardi 202 guruh talabasi To’raqulov G‘

Nisbat kategoriyasi

Nisbat kategoriyasi haqida umumiy tushuncha. Nisbat kategoriyasi harakatning sub’ekt (bajaruvchi)ga munosabatini ifodalaydi. Bu munosabat maxsus grammatik shakl bilan yuzaga chiqadi. Masalan, Shoir she’r yozdi gapida ega bevosita ish-harakatning bajaruvchisi bo’lib, bajaruvchi va harakat munosabati nol shaklli aniq nisbat bilan ifodalangan; o’qituvchi bolaga kitobni o’qitdi gapida harakatning bevosita va bilvosita bajaruvchisi (o’qituvchi bilvosita, bola esa bevosita bajaruvchi) farqlangan. Dovul chalindi gapida harakat bajaruvchisi noaniq, majhul. Demak, nisbati o’zgarishi bilan fe’lning bajaruvchisida ham o’zgarish yuz beradi. Nisbat kategoriyasi fe’lning bo’sh sub’ekt valentligini to’ldirib, muayyanlashtrib uni nutqqa moslaydi.
Hozirgi o’zbek tilida fe’l nisbatining beshta ko’rinishi ajratiladi: aniq nisbat, o’zlik nisbati, orttirma nisbat, birgalik nisbati, majhul nisbat.
Aniq nisbat. Bu nisbatda sub’ektga munosabat nol shakl orqali ifodalanadi va shakl UGMsi «harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligini bildirish»dir: (bildi), (ko’rdi), (so’radi), (aytdi), (qaytdi) kabi. Bu nisbatdagi fe’l o’timli (oldi) yoki o’timsiz (uxladi) bo’lishi mumkin.
Nol shakl UGMsida o’zi mansub kategoriyaning mohiyatini boshqalariga nisbatan to’laroq aks ettiradi. Ma’lumki, fe’lning barcha shakllarini ikkiga – kategoriya ichidagi shakllarning o’zaro ziddiyatida aniq bir belgiga ega bo’lgan belgili shakllarga (masalan, aniq nisbatdan boshqa nisbat shakllari) va bu ziddiyatda aniq belgiga ega bo’lmagan shakllarga (masalan, aniq nisbat shakli) ajratish mumkin. Birinchi guruh shakllar o’zlari mansub kategoriyaning UGMsidan aniq bir ko’rinishni «xususiylashtirib» oladi. Ikkinchi guruh shakllarida xususiylashma noaniq bo’ladi. Ikkinchi guruh shakllari (bizningcha, aniq nisbat) o’zi mansub kategoriyaning umumiy namoyandasi bo’ladi. Shuning uchun ular matn va sharoit talabi bilan boshqa shakllar ma’nosini ifodalashi, aniq nisbat ham belgisiz shakl sifatida boshqa nisbat shakllari o’rnida bemalol qo’llanaverishi mumkin. Yuqorida bunga aniq nisbatdagi fe’l (masalan, (hayajonlanmoq)) dan o’zlik nisbati ma’nosi uqilib turishi misolida amin bo’lgan edik.
O’zlik nisbati. O’zlik nisbati asosan [-(i)n], ba’zan [-(i)l] ko’rsatkichi yordamida o’timli fe’ldan hosil bo’ladi. [-(i)sh] affiksi o’zlik nisbati hosil qilishda kammahsuldir: (kerishdi), (joylashdi), (qorishdi) kabi so’zshakllardagina buni kuzatish mumkin. O’zlik nisbati UGMsi – «harakatning sub’ekti va ob’ektini birlashtirish, o’timli fe’lni o’timsiz fe’lga aylantirish».
Ayrim holda grammatik shakl o’zlik nisbatiniki bo’lsa-da, bu shakl harakatning bajaruvchiga qaytishini, bajaruvchi ham harakat ob’ekti ekanini bildirmaydi: Bir mahal G’ulomjon tuynukdan erinib chiqayotgan tutunga qarab so’zlandi. (M.Ism.) So’ng uzun do’nglik ortiga o’tib, ko’rinmay ketdi. (P.Qod.) Yigit ko’zini yashirishga joy topolmay qiynaldi. (S.Ahm.) Davlatbekovning tug’ilgan qishlog’i Bodomzor bu erdan o’n bir chaqirim pastda. (P.Qod.) O’zlik nisbati shakli o’timli fe’lni o’timsiz fe’lga aylantiradi.
O’zlik nisbati shakli har qanday o’timli fe’ldan ham yasalavermaydi. Masalan, (o’qi), (hayda), (kes), (ek), (min), (tik), (sug’or) kabi fe’ldan o’zlik nisbati hosil qilinmaydi. Shuningdek, orttirma nisbatdagi o’timli fe’ldan ham o’zlik nisbati hosil qilinmaydi.
Semantikasida ma’noviy siljish ro’y berayotgan o’zlik nisbati shakliga ega fe’llar bu nisbatdan xoli qaralishi lozim: Yuzlari semizlikdan tirsillagan Arabboy kerilgan bir holda so’radi. (P.Tur.) Bu qishloqda Avazning eng ochilib gaplashadigan tengdoshi shu Zamonali edi. (P.Qod.) Bunday hol ayrim mualliflarning ba’zan nisbatni so’z yasalishi sifatida qarashiga, ba’zan izohli lug’atlarda bosh so’z (leksema) sifatida berishlariga sabab bo’ladi.
Shaklning to’laqonli o’zlik nisbati ekanligi yoki emasligini aniqlashda boshqariladigan so’z yordam beradi. Aslida o’zlik nisbatdagi fe’l o’timsiz bo’lganligi sababli tushum kelishigidagi fe’l bilan bog’lanmaydi. Ayrim hollarda bu shakldagi fe’l bilan boshqacha hol kuzatiladi. Masalan, choponini yopindi birikuvida o’zlik nisbat shaklidagi fe’l tushum kelishigidagi fe’lni boshqarmoqda. Demak, bunda nisbat shakli bo’lsa-da, mazkur nisbatga tegishli ma’no mavjud emas. Ma’no va shakl yaxlit emas ekan, bu birikuvda o’zlik nisbatini qidirish ma’qul emas.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, o’zlik nisbatida harakat sub’ekti «sub’ekt-ob’ekt» qiyofasiga kirib, avvalgi ob’ekt yo’qoladi. Qiyoslang: Halim kiyimini kiydi – Halim kiyindi. Birinchi gapda Halim sub’ekt, kiyim ob’ekt, ikkinchi gapda ob’ekt yo’q, Halim esa «sub’ekt-ob’ekt»dir.

Yüklə 68,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin