Kurs ishi mavzu: Informatika fanlarini o’qitishning interaktiv metodlari. Bajardi: Raxmatov e qabul qildi: Mengliyev I termiz-2023 Mundarija kirish



Yüklə 48,37 Kb.
səhifə6/7
tarix16.06.2023
ölçüsü48,37 Kb.
#131197
1   2   3   4   5   6   7
49529-Loyihalashtirish kurs ishi

2.2 Interfaol usullarni qo’llash
Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.
Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.
Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.
Interfaol ta’lim metodlarini ko’pincha turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo’llanmokda. Bu metodlarni qo’llash mashg’ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo’yicha hozirgi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi 8-jadvalda keltirildi.
Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi bir muncha shartli va aslida muayyan o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana ko’p interfaol metodlarni aniq maqsadlar yo’lida qo’llash mumkin ekanligini alohida ta’kidlash zarur.


1-jadval
Ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi

O’quv mashg’ulotlari texnologiyasi

Interfaol metodlar va ta’lim strategiyalari

Grafik organayzerlar

Ma’ruza mashg’ulotlari ta’lim texnologiyasi.

Erkin yozish. Asoslangan esse va b.

Klaster.
B-B-B chizmasi T-chizma va b.

Seminar mashg’ulotlari ta’lim texnologiyasi.

Aqliy hujum FSMU
Blist-so’rov. Blist-o’yin va b.

Venn diagrammasi. Konsteptual jadval va b.

Amaliy mashg’ulotlar ta’lim texnologiyasi.

O’qitish bo’yicha qo’llanma.
Yozma va ogzaki davra suhbati va b.

Insert jadvali.
“Nima uchun” chizmasi. “Qanday?” diagrammasi va b.

Mustaqil ta’lim texnologiyasi.

Tushunchalarni aniqlash va b.

Baliq skeleti va b.

Keys-stadi ta’lim texnologiyasi.

Tushunchalar asosida matn tuzish va b.

Toifalash jadvali va b.

Loyihali ta’lim texnologiyasi.

Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi va b.

Nilufar guli va b.

Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimalarga bog’liq, degan masaladir.


Didaktikaga oid adabiyotlarda ta’lim metodlarini to’g’ri tanlash va ularni qo’llash samaradorligining turli omillar bilan bog’liqliklari quyidagicha qayd qilinadi:
birinchidan, o’quv mashg’ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog’liq;
ikkinchidan, bayon qilinadshan materialning harakteriga bog’liq;
uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog’liq;
to’rtinchidan, o’quv jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog’liq;
beshinchidan, oliy o’quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog’liq;
oltinchidan, o’quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog’liq;
yettinchidan, o’qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o’quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o’qituvchining hozirgi zamon metodlari bo’yicha bilimlariga bog’liq.
Shunday qilib, oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy ta’lim jarayoni o’qitishning zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq tashkil etiladigan ko’pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o’z oldiga qo’ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar to’plami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o’quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.
Keyingi maqolalarda hozir amalda ko’p qo’llanayotgan interfaol ta’lim metodlaridan ayrimlariga doir ma’lumotlar keltiriladi.


Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men kurs ishida “Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda ineraktiv metodlardan foydalanish va ularni dars jarayoniga tadbiq qilish” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, ‘‘ Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor….‘‘
Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega.
Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi. ‘‘Maqsadli yondashuv‘‘ uslubi ta’limda o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari kuydagilardan iborat:
Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish. Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish, bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish, bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha yaratilgan kurslarni o’rganish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. 
I.A. Karimov. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" - Toshkent, Ma'naviyat 2008 - 61 bet..
2. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Amalga islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyat qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”. Toshkent – “O‘zbekiston” - 2013

Yüklə 48,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin