Kurs ishi mavzu: Kasb-hunar kolleji va professional ta'lim oʻquvchilarida milliy qadriyatlar asosida kasbiy madaniyatni shakllantirishning psixologik asoslari


II- BOB. Kasb – hunar kolleji o`quv - tarbiya jarayonining diagnostikasining ta’limiy shart-sharoitlari va zamonaviy imkoniyatlari



Yüklə 50,2 Kb.
səhifə4/6
tarix14.06.2023
ölçüsü50,2 Kb.
#129882
1   2   3   4   5   6
ABDUSHUKUROVA

II- BOB.
Kasb – hunar kolleji o`quv - tarbiya jarayonining diagnostikasining ta’limiy shart-sharoitlari va zamonaviy imkoniyatlari
2.1. Kasb – hunar kolleji o`quv- tarbiya jarayonida pedagogik diagnostikaning o`ziga xosligi
SHaxs rivojlanishining psixologik pedagogik diagnostikasining predmeti shaxs ruhiy xususiyatlari, qobiliyatlarini, ularning rivojlanish, tarbiyalanganlik va ta’limda muvaffaqiyatlilik darajalarini aniqlash va tashhis qo`yish masalalarini o`rganishdan iboratdir.
Psixologik-pedagogik diagnostika asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
a) talabalarni psixologik-pedagogik diagnostikaning nazariy asoslari, yo`nalishlari bosqichlari va printsiplari bilan tanishtirish;
b) diagnostika qilishning turli metodikalarini amalda qo`llashga o`rgatish;
v) shaxslar psixologiyasida, xulq-atvorida yuz bergan salbiy o`zgarishlarni tuzatish, ularga yordam berish usullari bilan qurollantirish.
Uning maqsadi – ta’lim va tarbiya jarayonida shakllantirilayotgan shaxsning individual sifatlarini, rivojlantirilishi yoki shakllantirilishi lozim bo`lgan xususiyatlarning mavjudligi (boshlang`ich) darajasi va o`quv jarayonidagi o`zgarishlar dinamikasini o`rganishdir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, psixologik-pedagogik diagnostika predmeti sifatida avvalambor bolaning ta’lim jarayonida (masalan, bilim darajasi) va tarbiya jarayonida (xarakter xususiyatlari) shakllantiriladigan sifatlarni ko`rsatish mumkin. Keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasida bilimlarni baholashning reyting tizimiga o`tish, ta’lim jarayonini takomillashtirish, shu jumladan test metodining bilimlarini baholash usuli sifatida keng qo`llanilishi, turli psixologik metodikalarga, ayniqsa, shaxslarning aqliy rivojlanish darajasini o`rganishga bo`lgan qiziqish va ehtiyojlarining oshishi Ruspublikamizda pedagogik va pedagogik-psixologik diagnostikaning nazariy va amaliy jihatdan rivojlanishiga katta turtki berdi. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo’lib kelgan. Shu bois u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o’quvchilarning og’zaki javob berishlari, ko’nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga o’quvchilarning og’zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: og’zaki javob berish jarayonida «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:
1) o’rganilayotgan mavzu yuzasidan to’g’ri javoblar berilsa;
2) material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa;
3) o’qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan xatolar yo’l qo’yilsa yoki to’liq bo’lmagan javob aytilsa.

Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:


1) masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo’lmasa;
2) topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo’lmagan bir-ikki xatoga yo’l qo’yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo’lsa.

Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:


1) ishni to’liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chiqara olmasa;
2) ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo’lmagan xatolarga yo’l qo’yilsa.

Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiqarish mumkin: o’quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda qo’yiladi:


1. «5» baho: a) o’quvchi materialni to’liq o’zlashtirib olgan bo’lsa; b) o’rganilgan mavzu bo’yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda qo’llay olsa; g) o’rganilgan mavzuni bayon qilishda, o’zma ishlarda xatolarga qo’l qo’ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa qo’yiladi.
2. «4» baho: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o’qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olsa; g) og’zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo’l qo’ymasdan, o’qituvchining qo’shimcha savollari bilan xatolarini to’g’rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo’lmagan xatoga yo’l qo’ysa;
3. «3» baho: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuni o’zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirish berishda o’qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzilishini o’zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo’lsa.
4. «2» baho: o’quvchi o’rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o’zlashtirmagan, yozma ishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa.

Psixologik-pedagogik diagnostika bugungi kunda kollej, bog`cha va boshqa turli tipdagi o`quv bilim yurtlari psixologlari va pedagoglari oldida turgan muhim vazifalardan, ularning real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllanmoqda va rivojlanmoqda. Psixologik-pedagogik diagnostikaning rivojlanib kelayotgan fan tarmog`i ekanligi, uning amaliy va dolzarbligi bilan bir vaqtda bu sohani aniq chegaralari, boshqa fanlardan farqi va o`ziga xos xususiyatlari hozircha to`liq tarkib topmaganligini ko`rsatib o`tish lozim. SHuning uchun biz psixologik-pedagogik diagnostikaning ba’zi tomonlarigagina qisqacha to`xtalib o`tishga harakat qilamiz.


SHunday tomonlaridan biri, shakllanib kelayotgan fan sohasining asosiy ob’ektlari qanday yo`nalishlarda ish olib borilishiga to`xtalib o`tmokchimiz.
Psixologik-pedagogik diagnostikaning asosiy yo`nalishlari pedagogik amaliyotning talab darajasidan kelib chiqqan holda shakllanmoqda. SHu sababli ham uning yo`nalishlarini bu yo`nalishlarning mohiyatini psixologik-pedagogik diagnostika pedagogik amaliyotning qaysi sohalarida qo`llanilishini ko`rsatmasdan turib to`liq ochib berib bo`lmaydi. Biz quyida psixologik-pedagogik diagnostika qo`llanilishi juda katta amaliy ahamiyatga ega bo`lgan sohalardan bir nechtasini shartli ravishda (hayotda esa ular umumiy, bitta pedagogik jarayonning ajralmas qismlaridandir) ajratib oldik. Ular quyidagilar:
1. Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi.
2. Boshqarish va amaliyot.
3. Didaktika va xususiy metodika.
4. Pedagogik sotsiologiya.
5. Ijtimoiy psixologiya.
6. Pedagogik psixologiya.

Bu sohalarning asosiy vazifalari, predmeti pedagogik va psixologik adabiyotlarda, o`quv qo`llanmalarida juda keng yoritilmasligini hisobga olib ularga batafsil to`xtalib o`tmaymiz.


Yuqorida keltirilgan har bir sohada psixolog yoki shu sohalarga qiziquvchi mutaxassislar ma’lum diagnostik ishlarni amalga oshiradilar. Mana shu ishlar majmuasi psixologik-pedagogik diagnostikaning yo`nalishlarini tashkil qiladi. Har bir sohada o`ziga xos diagnostik ishlar olib boriladi va bu ishlarning mazmuni psixologik-pedagogik diagnostikaning yo`nalishlarini tashkil qiladi. 1. Diagnostika nazariyasi va metodlarining ilmiy asoslanganligi. Diagnostika ob’ektini yaxlit ravishda genetik va tizimli tahlil qilish, ularni modellashtirish, qo`llaniladigan metodikalar, ko`rsatkichlarning ilmiy aniqligini, validligini puxta ishlab chiqilgan metodologik asoslarda ta’minlash. Ilmiy asoslanganlik tamoyili qo`llanilayotgan metodikalarning etnik ijtimoiy muhitga, shu jumladan diagnostika o`tkazilayotgan o`quv yurti va o`quv guruhiga mosligini talab qiladi. Bu tamoyilga amal qilish pedagog-diagnostlarni turli xil engil, ko`ziga yaxshi ko`ringan yoki qo`liga tushib qolgan metodikalarni bilib-bilmay qo`llashdan saqlaydi.
2. Diagnostikaning izchilligi va aniq yo`nalganligi. Psixologik-pedagogik diagnostika boshqa psixodiagnostik, pedagogik diagnostikadan farqli ravishda aniq yo`nalishga, aniq ob’ekt va maqsadga qaratilgan. SHu sababli diagnostika faoliyati (jarayonining) natijalari umumiy xulosalar, abstrakt mulohazalardan emas, balki aniq shaxsga, aniq guruhga tegishli bo`lishi, diagnostika natijasida aniq xulosa chiqarib, kamchiliklarni bartaraf qilish, yordam berishning aniq yo`llarini ko`rsatib berish lozim.
3. Diagnostika shakl va metodlarining optimalligi. Qo`llanilayotgan metodikalar, shaxsga yondashish usullarining amaliyotchi psixolog, pedagog yoki pedagog-diagnostga kam kuch va vaqt sarflab muhim, sifatli, katta amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlar yig`ishga imkon berishi. Diagnostikaning shakl va metodlarining optimalligini ta’minlash uchun pedagogikada va psixologiyada ko`p yillar davomida qo`llanib kelayotgan, qulay, oddiy va shu bilan birga samarali metodlarini tanlash zarur.
4. O`rganish ob’ekti haqidagi faktlarni yig`ish, bayon qilish va to`g`ri yo`lga solishning birligi. O`rganilayotgan ob’ekt haqida ma’lumotlar yig`ish, ularni pedagoglarga ko`rsatish va diagnostika jarayonida o`rganilayotgan shaxsga yoki o`quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishda, kamchiliklarni bartaraf qilishda o`quv yurti rahbarlariga, pedagoglarga ma’lum psixologik, pedagogik yordamlar berish, to`g`ri yo`lga solish, qo`llab-quvvatlash funktsiyalarining birgalikda olib borilishi.
5. Diagnostikaning ketma-ketligi va uzluksizligi diagnostikaning bosqichma-bosqich amalga oshira borib, o`quv jarayoniga, shaxsning o`zlashtirishiga xalaqit berayotgan sabablarni ochish, olingan natijalarni keyingi bosqichlarda, o`quv-tarbiya jarayonida uzluksiz foydalanishda yuzaga chiqadi.
6. Diagnostika metodlari va jarayonlarining qulayligi va ommabopligi. Diagnostika metodlarining oddiyligi, pedagoglar, amaliy psixologlar, o`quv yurti rahbarlari, tekshiriluvchi uchun qulayligi, ularda diagnostikaga nisbatan qiziqish, intilish uyg`otishga xizmat qilishini ta’minlovchi tamoyil.
7. Didaktikaning har tomonligi (kompleksliligi). Bu tamoyil shaxs shaxsini, o`zining individual-psixologik xususiyatlarini, ruhiy jarayonlarining rivojlanganlik darajasini, o`quv faoliyatining boshqa xususiyatlarini o`rganish uchun tanlangan metodlar va metodikalar shaxsning bir butun har tomonlama o`rganish, ta’riflash, yondoshish imkonini berishda yuzaga chiqadi. Diagnostik metodikalar bir-biri bilan bog`liq bo`lishi, bir-birini to`ldirishi bu tamoyilning asosiy tadbirlaridan biridir.
8. Diagnostikaning shaxs rivojlanishining kelajagini, oqibatlarini oldindan ko`ra olish (prognoz qilish) imkonini bera olish. Har qanday psixologik-pedagogik diagnostika shaxsning kechagi yoki bugungi kundagi rivojlanish darajasini, o`quv jarayonining tashkil qilinganlik darajasini ko`rsatib berish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Diagnostik jarayonida o`rganilayotgan ob’ektning kelajagi, ertangi kuni ham taraqqiyot tendentsiyalari, ham ma’lum omillar ta’sirining oqibatlari ochib berilishi kerak. SHu holdagina prognoz mohiyatidan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonida yo`l qo`yilayotgan xatolar, shaxs taraqqiyotidagi ko`zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, to`g`ri yo`lga solish imkoniga ega bo`lamiz. SHu sababli psixologik-pedagogik diagnostika metodlarining prognostik bo`lishi eng muhim talablardan biridir.



Yüklə 50,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin