Jismoniy tarbiya tizimida bolalarni har tomonlama rivojlantirish va o‘qitish prinsiplari.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini olib borish hamda asoslab berish jarayonida quyidagi didaktik prinsiplar qo‘llaniladi: tizimlilik va izchillik; onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik; ta’limning ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy metodlarini optimal tarzda birga qo‘shib olib borish; tushunarlilik va individual ishlash asosi; ta’limning frontal, guruhiy va individual formalarining birligi, talablarni tobora oshirib borish prinsipi. Ular pedagogikaning juda muhim shartlari hisoblanadi hamda o‘zida ta’lim va tarbiya yagona pedagogik jarayonining metodik qonuniyatlarini ifodalaydi. Tizimlilik va izchillik prinsipi jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan tadbirlarning (rejim, chiniqish, harakat ko‘nikmalarining shakllanishi) barcha kompleksi majburiydir. Tizimlilik butun maktabgacha ta’lim davri davomidagi jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi, muntazamliligi, rejaliligi, yuklama va dam olishning majburiy almashinib turishi asosidagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining aniq izchilligidan, mashg‘ulotlarning izchilligi, ketma-ketligi, mazmunan o‘zaro aloqadorligidan iboratdir. Tizimlilik bilimlar, malaka va ko‘nikmalarning o‘zaro aloqasi va bir-biriga bog‘liqligidan namoyon bo‘ladi: Masalan, bolalarning material (berilgan vazifa)ni o‘zlashtirishi unga tayanib, yangi materialni o‘zlashtirishga o‘tishlariga imkon beradi, yangi material esa o‘z navbatida bolalarni keyingisini bilishga tayyorlaydi. Har kuni muayyan bir vaqtda tarbiyalanuvchi bolalarning o‘z xarakteriga ko‘ra turli jismoniy mashqlarni (ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, sayr paytidagi harakat faoliyati va h.k.) tizimli bajarish shuningdek, chiniqtirish tadbirlari bolalarni belgilangan sog‘lomlashtirishtarbiyalash rejimiga o‘rgatadi. Tizimli mashg‘ulotlar to‘xtatib 20 qo‘yilganda, ular o‘rtasidagi tanaffuslar paytida erishilgan funksional imkoniyat darajasining pasayishi, ba’zan esa morfologik ko‘rsatkichlar regressi kuzatiladi. Bu faol muskul to‘qimasi solishtirma og‘irligining kamayishida, uning strukturali komponentlaridagi o‘zgarishlarda va boshqa salbiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.Jismoniy tarbiya hosil qilinayotgan harakat ko‘nikmalarining takrorlanishini talab etadi. Faqat ko‘p marta takrorlangandagina harakatning dinamik stereotiplari shakllanadi. Samarali takrorlash uchun shunday tizim zarurki, unda o‘zlashtirilgan harakat yangisi bilan bog‘lanib ketsin, boshqacha aytganda takrorlash jarayoni variativlik xarakteriga (mashqlarning o‘zgarishi, bajarish sharti, metodlarning xilma-xilligi, umuman mashg‘ulotlarning shakl va mazmunan farqi) ega bo‘ladi. Bundan tashqari takrorlash morfologik va funksional sohada uzoq muddatga qayta moslashishni ta’minlaydi. Ular asosida jismoniy sifatlar rivojlanadi (A.N. Krestovnikov). Hosil qilingan dinamik stereotiplarga yangi qo‘zg‘atuvchilarning kiritilishi asta-sekinlikka rioya qilingan sharoitda keskin o‘zgarishlarsiz kechadi. I.P. Pavlov pedagogikada asta-sekinlik va mashq qildirishni asosiy fiziologik qoida, deb hisoblashni ta’kidlab o‘tgan edi. Onglilik, faollik va mustaqillik prinsipi bolaning o‘z faoliyatiga ongli va faol munosabatda bo‘lishiga tayanishni ko‘zda tutadi: u yoki bu maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun nimani qanday bajarish, ^ga boshqacha emas, shunday bajarish kerakligini aniq tasavvur qilishi lozim. Onglilik asosini ilk bor P.F. Lesgaft ishlab chiqqan edi. U harakatlarni mexanik o‘rganishga mutlaqo qarshi edi. Lesgaft “O‘quvchilarni har qanday ishga imitatsiyaga berilmasdan umumiy metodlar asosida bir so‘zdan tushunib, ya’ni harakatlarda iloji boricha mustaqil bo‘lishga va irodalilik namoyon qilishga o‘rgatish zarur”, – deb hisoblardi. Bolaning mustaqil faoliyati berilgan vazifaga bo‘lgan qiziqishiga, uni ongli idrok etishiga, bu vazifa maqsadini va amalga oshirish yo‘llarini tushunishiga, muammoli ta’lim 21 metodlarini qo‘llash, bolalarning berilgan vazifani bajarish metodlarini izlashga harakat qilishlariga bog‘liq bo‘ladi. Harakatlarning bundan keyingi rivojlanishi bolaning ijodiy faollik namoyon qilish imkoniyati, uning tomonidan ijodiy vazifalarni (mashqlarni mustaqil o‘zlashtirish, o‘z variantini yaratish, yangi narsa o‘ylab topish) bajarishi bilan bog‘liqdir. Ijodiy faoliyatning istiqbolli imkoniyatlarini ochish, bolalarning ilk tashabbuslariga samimiy va e’tiborli munosabatda bo‘- lish, yangilik izlashni tizimli ravishda rag‘batlantirib turishni ta lab qiladi. Ta’limning ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy metodlarini optimal tarzda birga qo‘shib olib borish prinsipi. Bilish faoliyati - hissiy bilish jarayonlari umumiy yondashuvining amaliyot bilan birligidir. Harakatlarga o‘rgatish jarayonida bilishning bu ajralmas qismlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. Biroq qo‘yilgan vazifalarga qarab ularning izchilligi har xil bo‘ladi: bolalarni harakatga o‘rgatish ko‘rsatib tushuntirish; tarbiyachining mashqni og‘zaki tushuntirishi va uning bolalar tomonidan harakatda bajarilishi bilan boshlanishi mumkin. U holda ham, bu holda ham ko‘rgazmali namuna fikrlashni, tushuntirish esa harakat haqidagi tasavvurni istisno qilmaydi. Shunday qilib, ko‘rgazmalilik so‘z va harakat faoliyati o‘zaro ajralmas, chambarchas bog‘liq komponentlardir. Jismoniy tarbiyada ko‘rgazmalilik deganda kishini (bolani) tashqi muhit bilan bog‘lovchi tashqi va ichki analizatorlar barcha ko‘rsatkichlarining keng ko‘lamdagi o‘zaro aloqadorligi tushuniladi. Har qanday bilish hissiy bosqichdan boshlanadi. Harakatlarning shakllanishi retseptorlar, birinchi navbatda, ko‘rish, eshitish va propriotsetiv retseptorlarning o‘zaro aloqadorligida amalga oshiriladi. Turli retseptorlar ko‘rsatkichlarining o‘zaro aloqadorligi harakat obrazini boyitadi, harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan holda uni chuqur idrok qilishni ta’minlaydi.
II BOB. MAKTABGACHA TA`LIMDA JISMONIY TARBIYANI TASHKIL QILISH VOSITALARI
2.1. Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tavsifi
Maktabgachayoshdagi bolalarjismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda gigiyenik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari va jismoniy mashqlar va boshqalardan foydalaniladi. Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qo‘l mehnati, musiqa asboblarini chalish, loy yoki plastilindan narsa yasash, qurish-yasash, rasm chizish, kiyinish, yuvinish va boshqalar) xilma-xil harakatlar bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir etadi. To‘laqonli jismoniy tarbiyaga barcha vositalar, umumiy qo‘llanilganda erishiladi, chunki ularning har biri kishi organizmiga turlicha ta’sir qiladi.
Gigiyenik omillar (mashg‘ulotlar rejimi, dam olish, ovqatla- nish, uyqu, kiyim-bosh, poyabzal, jismoniy tarbiya jihozlari, xonalari, maydonchalari va boshqalar)jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishning majburiy sharti hisoblanadi. Ular jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri samaradorligini oshiradi. Masalan, jismoniy mashg‘ulotlar suyak va muskul tizimining rivojlanishiga yaxshi yordam beradi (to‘laqonli va o‘z vaqtida ovqatlanilganda). Xonalar, jismoniy tarbiya jihozlari, atribut, o‘yinchoqlar, bolalar kiyimlari va poyabzalining tozaligi kasalliklarning oldini oladi. Gigiyena talablarini bajarish bolalarda ijobiy emotsiya uyg‘otadi va jismoniy mashqlarni o‘zlashtirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Gigiyenik omillar ikki turga bo‘linadi.
Umumiy madaniy gigiyenik omillar.
Shaxsiy madaniy gigiyenik omillar.
Umumiy madaniy gigiyenaning omillariga hamma bolalar uchun umumiy bo‘lgan talablar: xona kengligi, yoritilishi, shkaflarning, stol, stul, yuvinish xonasi, yotoqxonada kravatlar- ning bolalar yoshiga, bo‘yiga mosligi umumiy madaniy gigiyenaga kiradi.
Shaxsiy madaniy gigiyenik omillarga esa bola shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan gigiyena, yani bolaning tozaligi, kiyimlarining o‘ziga mosligi, tirnoqlarining olinganligi, dastro‘molchalarining borligi, o‘z shkafi, o‘z sochiqlari, o‘z kravati, o‘z o‘rni bo‘lishi kabilar kiradi.
Gigiyena omillari mustaqil ahamiyatga ham ega: ular barcha organ va tizimlarning normal ishlashiga yordam beradi. Masalan, muntazam va sifatli ovqatlanish ovqat hazm qilish organining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlaydi, bolaning normal rivojlanish va o‘sishiga yordam beradi. To‘laqonli uyqu asab tizimiga dam beradi va uning qobiliyatini oshiradi. To‘g‘ri yoritish ko‘z kasalliklari (shabko‘rlik va boshqalar)ning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, bolalarning maydonchada harakat qilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Kundalik rejimiga qat’iy rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka o‘rgatadi.
Tabiatning tabiiy kuchlari (Quyosh, havo, suv)jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi. Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar jarayonida ijobiy emotsiyalar pay do bo‘ladi, ayrim organlar va organizm tizimlarining funksional imkoniyatlari oshadi (ko‘proq kislorod yutiladi, modda almashinuvi kuchayadi va hokazo).
Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirish, uning yuqori va past haroratga moslashuv qobiliyatini oshirish uchun foydalani- ladi. Bular natijasida issiqlikni idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi organizmi meteorologik omillarning xilma- xil o‘zgarishlariga o‘z vaqtida javob bera oladigan darajaga keladi. Bunda tabiatning tabiiy kuchlarini jismoniy mashqlar bilan birga qo‘shib olib borish chiniqish samaradorligini oshiradi.
Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vosita sifatida ham foydalanish mumkin. Suv terini kirdan tozalash, kishi tanasiga mexanik ta’sir etish uchun qo‘llaniladi. O‘rmon, bog‘lar, xiyobonlardagi shifobaxsh moddalar (fitonsidlar)ga boy havo mikroblarni yo‘qotishga yordam beradi, qonni kislorodga to‘yintiradi, kishi organizmiga yaxshi ta’sir qiladi. Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi, turli mikroblarni o‘ldiradi va kishini turli kasalliklardan (raxit va boshqalardan) saqlaydi. Organizmga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish uchun tabiatning barcha tabiiy kuchlarini qo‘llash, ularni oqilona tarzda birga qo‘shib olib borish zarur.
Jismoniy mashqlar. Jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta’sir etuvchi asosiy o‘ziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, ko‘plab kasalliklarni davolashda vosita hisoblanadi.
Musiqa jo‘rligidagi raqs mashqlari organizmning barcha tizimlariga ta’sir qiladi, jismoniy fazilatlar (chaqqonlik, tezkorlik va boshqalar)ni rivojlantiradi, shuningdek, harakatlar nafis, erkin, ifodali bo‘lib boradi, ijobiy emotsiyalar paydo qiladi, to‘g‘ri qomatni shakllantirishga yordam beradi. Shuning uchun raqs va o‘yinlarning xilma-xil elementlari (oyoqlarni yonma-yon qo‘yish kabilar) jismoniy tarbiya vositalari sifatida foydalaniladi.
Xilma-xil faoliyat turlari (mehnat, rasm chizish, va narsa yasash boshqalar)ga kiruvchi harakatlar, agar qomatni to‘g‘ri tu- tishiga rioya qilinsa, shuningdek, jismoniy yuklamalar bolalarning yosh va individual xususiyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini hisobga olgan holda berilsagina bola organizmiga ijobiy ta’sir etishi mumkin.
Massaj (silash, surtish, uqalash, shapatilash, titratish) teriga ta’sir qilib kishining butun organizmiga ta’sir etadi. Teri analizatorlarining o‘tkazuvchi yo‘llari bola tug‘ilguncha yuzaga keladi, shuning uchun yangi tug‘ilgan chaqloq teri retseptorlari orqali bo‘ladigan tashqi ta’sirni ko‘proq qabul qiladi (bolalarda 6 oygacha teri yuzasidagi retseptorlar nisbatan ko‘p bo‘ladi). Massaj qon tomiri tizimiga ham ta’sir qiladi. Terida asab kuchlari ta’siriga javob tariqasida tomir reflekslari yuzaga keladi, kapillarlar kengayadi, qon aylanishi kuchayadi, issiqlik chiqarish ortadi. Shu ma’noda massaj organizmni issiq havodan, qizib ketishidan saqlaydi. Massaj ta’sirida yog‘ va teri bezlarining sektor funksiyasi yaxshilanadi, muskullarda oksidlanish-qaytarilish jarayoni kuchayadi va ularning qisqarish qobiliyati ortadi. Massaj limfa tizimiga ta’sir qilib, suyuqlik oqimini tezlashtiradi.
Bola hayotining birinchi kunlaridanoq namoyon bo‘ladigan shartsiz (tug‘ma) reflekslar uning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Agar bola qorni bilan yotqizilsa, u boshini ko‘taradi va buradi, chalqancha yotganda oldinga oladi. O‘ngga yonboshlatilganda chapga, chapga yonboshlatilganda o‘ng tomonga buriladi. Bolaning oyoq terisiga qo‘l tekkazilsa emaklay boshlaydi, orqa terisiga tekkizilsa qayisha boshlaydi. Shunday qilib, shartsiz refkkslar muskullar qisqarishini yuzaga keltiradi va ulardan bola hayotining birinchi haftasida, hali jismoniy mashqlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan (qo‘l va oyoqlarni bukuvchi muskullar gipertoniyasi tufayli) paytda rivojlantirish va umuman organizmga ta’sir etishda foydalanish mumkin. Sog‘lomlashtirish ta’limiy, tarbiyaviy vazifalarni to‘la hal etishning majburiy sharti: jismoniy tarbiyaning yuqorida sanab o‘tilgan barcha vositalaridan umumiy tarzda foydalanish hisoblanadi. Turli yosh bosqichlarda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarning amalga oshirish samaradorligi asosiy va qo‘shimcha vositalarni to‘g‘ri qo‘shib olib borgan taqdirdagina oshadi. Chunonchi, bolaning dastlabki uch oyligida gigiyena omillari, tabiatning tabiiy kuchlari, shartsiz reflekslar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bola bir yoshga to‘lganida massaj, sust, sust-faol mashqlar, asosiy harakatlar (emaklash va boshqalar) dan foydalaniladi. Yoshi katta bo‘lgan sari gigiyenik omillar, tabiat tabiiy kuchlarining roli kamaymaydi, biroq uyqu, ovqatlanish va boshqalarga, ozroq vaqt sarflanadi va bir- muncha murakkab jismoniy mashqlardan foydalanish uchun zamin yaratiladi.
22.2.Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu – bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi. Sog‘lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o‘z harakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof-muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi o‘qishga hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni har tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi alohida ahamiyatini belgilab beruvchi muhim vazifasi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat turining o‘ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o‘tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini o‘rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko‘nikma va malakalari, jismoniy sifatlar, ba’zi elementar bilimlarni) ko‘zda tutadi. Ularni o‘zlashtirish bolalarni maktabda o‘qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta’minlash imkonini beradi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e’tibori fikrlaydigan, o‘z yosh imkoniyatlariga ko‘ra ongli harakat qiladigan, harakat ko‘nikmalarini muvaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof-muhitda mo‘ljal ola biladigan, uchraydigan qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan, ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi. Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi to‘xtovsiz rivojlanmoqda va bola tarbiyasining turli tomonlarini qamrab oluvchi tadqiqotlar natijasida olinayotgan yangi bilimlar hisobiga boyib bormoqda. Bolalar muassasalarining ommaviy tajribasida sinovdan o‘tgan tadqiqot natijalari dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklarga kiritilmoqda va bolalarbilan ishlash amaliyotiga joriy qilinmoqda. butun ta’lim-tarbiya jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog‘lom va baquvvat qilib o‘stirish, ular
organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir.Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo‘lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo‘li bilan o‘zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat. Bola organizmining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgani sababli, uning vazifalari ancha aniqroq shaklda ifodalanadi; bola suyagini bexato va o‘z vaqtida qotishiga orqa umurtqa-dagi egik joylarning shakll anishiga, tovon yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay-bo‘g‘im apparatlarni pishitishga yordam ko‘rsatiladi.Tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojla-nishiga, suyaklar o‘sishi va vaznini bir tartibga solishga yordam berish; barcha muskullar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar - yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa muskullar); ayniqsa, zaif rivojlangan bukuvchi muskullar gu-ruhining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim.Yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, ya’ni yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarishi ritmini yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobilyatini rivojlantirish; ko‘krak qafasi hatakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam ber ish, burundan nafas olishni yaxshilash; ichki organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashiga yordamlashish; termoregulatsiya funksiyasiningto‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish. Markaziy asab tizimining faoliyatini takomillashtirish: qo‘zg‘alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek, harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish.
2.Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni hal etish ham muhimdir. Chunonchi: harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilik)ni o‘stirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish.Bolalar asab tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko‘nikmalari nisbatan yengil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash, yurish, chang‘ida yurish, velosipedda sayr qilish va boshqalar) kundalik hayotda harakat vositasi sifatida foydalaniladi. Harakat ko‘nikmalari tashqi muhit bilan aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi: bola emaklab o‘zini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; velosipedda sayr qila oladigan bolalar qor, shamollarni oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar.Jismoniy tarbiya mashqlarini to‘g‘ri bajarish muskullar, paylar, bo‘g‘imlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi.Mustahkam shakllangan harakat ko‘nikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni bajarishda jismoniy kuchni tejash va o‘yin faoliyatida e’tiborni kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan turli vazifalarni olishga yo‘naltirish imkonini beradi.Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan harakat ko‘nikmalari maktabda ularni yanada takomillashtirish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi.Bolalarda harakat ko‘nikmalarining shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq harakatlar va bu harakatlarni o‘z ichigaoluvchi turli faoliyat turlarini osongina egallash qobiliyati hosil qilinadi.Yosh guruhlarga oid harakat ko‘nikmalarining hajmi das-turda berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda saflanish, umum-rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, bolalarni sport o‘yinlariga (Badminton, stol tennisi) va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga o‘rgatish zarur. Harakat ko‘nikmalari hajmi maktabgacha ta’lim muassasalarida sharoitning mavjudligi, bolalarning jismoniy tayyorgarligi, tarbiyachilarning malakasi, ota-onalar yordamiga qarab kengaytirilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni, o‘tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim.Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigiyenaning boshlang‘ich ko‘nikmalari (qo‘l yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, o‘yinchoqlar, jismoniy inventarlari, xona va hokazolarni toza tutish) ko‘nikmalarini singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi
haqidagi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o‘yinlar va hokazolar haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir.Bolalar gavda qismlarning nomini, harakat yo‘nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga, to‘la aylanish va boshqalar), jismoniy inventarlarning nomini, ularni saqlash, kiyim, poyabzallardan to‘g‘ri foydalanish va ularga qarash qoidasini bilishlari lozim.Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda ongli va to‘laqonli shug‘ullanish, maktabgacha ta’lim muassasa va oiladagi jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanish imkonini beradi.Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida tabiat ho-disalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqida-gi bilimlarni mustahkamlash zarur.
Tarbiyaviy vazifalar. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda rejimga rioya qilish, jismoniy tarbiya mashqlari bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbat, ularning natijalariga, sportchilarning yutuqlariga qiziqishini tarbiyalash lozim.Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud.Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlari – halollik, haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam, jamoada shug‘ullanish malakasi, jismoniy inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yen- gishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalarni namoyon qilish uc- hun juda qulay sharoit yaratiladi.To‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o‘si shiga yordam beradi, chunki asab tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha ruhiy jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol va boshqalar), shuningdek, tafakkur jarayonlari (ku-zatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish va boshqalar) rivojlanadi.Bolalarda harakat faoliyati sohasida olingan bilim va ko‘- nikmalardan faollik, mustaqillik, fahmlilik, ziyraklik va top-qirlik ko‘rsatgan holda ijodiy foydalana olish malakasini tarbi-yalash zarur.Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash, shuningdek, salbiy ruhiy holatni tezda yengib o‘tish malakasini rivojlantirish juda muhimdir. Bu shuning uchun ham zarurki, ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlari ishiga yaxshi ta’sir qiladi, harakat ko‘nikmalarining tez va barqaror shakllanishini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni his qilish va idrok etish, go‘zallikni, harakatlarning ifodaliligini, qomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport inventarlari, tevarak-atrofning go‘zalligini tushunish va to‘g‘ri baholay olish qobi-liyatini rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqqa intilishni, faoliyat, so‘z va xatti-harakatda qo‘pollikka murosasiz bo‘lishni tarbiyalash lozim.Mehnat tarbiyasi ham jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Bolalar sog‘lig‘i mustahkamlanadi, harakat ko‘ nikmalari shakllanadi, mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, maydonchani jihozlash (sakrash uchun qum to‘ldirilgan o‘ralar, qor uyumlari), jismoniy tarbiya inventarini yasash va ta’mirlash (uloq-tirish uchun qopchalar tikish, ni t honlarni bo‘yash va hoka-zo), sport kiyimlari, poyabzalini saqlash, ularga qarash, bino va uchastkani mashg‘ulotga tayyorlash (uchastkani qordan to-zalash, to‘kilgan barglarni yig‘ib olish, maydonchaga suv quyish va hokazo) jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy in-ventarlar, atributlar, o‘yinchoqlarni yig‘ib olish va joy-joyiga qo‘yish bilan bog‘liq mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar.Bundan tashqari bolalar jismoniy inventarlarni saqlashga oid mehnat ko‘nikmalarini hosil qiladilar: gimnastika devori, skameykasi, doska, to‘p, tayoqlar, chambarak va boshqalardagi changni artadilar; foydalangan velosipedni changdan tozalab, o‘z o‘rniga qo‘yadilar. Bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish (kiyim- boshni, poyabzalni o‘zi kiyish va yechish), shuningdek, chiniqish va hokazo mashg‘ulotlarini o‘tkazishda tarbiyachiga yordam lashishga intilish ko‘nikmalari shakllanadi. Mashg‘ulotlar vaqtida bolalarda kattalar va tengdoshlari mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda jismoniy buyumlar bilan bajariladigan mashqlar keng qo‘llaniladi. Jismoniy inventarlar orasida turli kattalikdagi koptoklar, chambaraklar, arg‘amchilar, tayoqchalar, bayroqchalar, kubiklar va boshqa shu singari anjomlar ko‘proq ishlatiladi. Chiroyli rang berib tayyorlangan inventarlardan foydalanish bolalarni gimnastika mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, ularning emotsional tarbiyasiga ham yaxshi ta’sir qiladi. Mashqlarni jismoniy buyumlar bilan bajarish ularning ijrosini qulaylashtiradi, mashqlarni aniqlashtiradi va ularni bajarishga qo‘yiladigan talablarni ancha ko‘rgazmali bo‘lishini ta’minlaydi, bolalar inventarlar bilan mashq bajayotganlarida 110 tarbiyachi harakatlarini to‘g‘ri bajarilishini kuzatib turishi ham oson bo‘ladi. Bolalar buyumlar bilan mashq bajarganda o‘z harakatlarini o‘zlari nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Inventarlar yordamida shunday mashqlar bajaradilarki, bu inventarlarsiz umuman ularni bajarib bo‘lmaydi: tayoqchadan, narvonchadan sakrab o‘tish, chambarak ichidan va boshqalar shular jumlasidandir. Inventarlarda uning holati va yuqoriga (yuqoriga, pastga, oldinga, va boshqa tomonlarga) yo‘nalishi inventarsiz bajarilgan umumiy rivojlanish mashqlaridagi ana shunday holatlar va harakatlarga to‘la muvofiq keladi. Bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar umumrivojlantiruvchi mashqlar ichida eng oddiylari hisoblanadi. Bayroqchalar yordamida bajariladigan barcha mashqlar inventarlarsiz bajariladigan eng oddiy umumrivojlantiruvchi mashqlarda bajariladigan harakatlarga asoslangan. Bayroqcha mavjudligi harakat xususiyatini o‘zgartirmaydi, vazifani oshirmaydi, faqat mashqlarni rang-barang qilib, harakatlarini ancha aniqlashtiradi, ularga emotsional ruh bag‘ishlaydi. Shiqildoqlar, kubiklar bilan bajariladigan mashqlar ham xuddi shunga o‘xshagan bo‘ladi. Bular bilan quyi guruhlarda mashqlar o‘tkazish ko‘proq maqsadga muvofiq bo‘ladi. Koptok bilan turli mashqlar, jumladan; yumalatish, uloqtirish, ilib olish mashqlaridan tashqari yana umumrivojlantiruvchi turkumdagi mashqlarni bajarish mumkin. Masalan; engashish, burilish, cho‘qqayib o‘tirish va boshqa ana shunday mashqlar hisoblanadi. 3
Umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun turli kattaliklagi kop toklardan foydalaniladi. Bunda oddiy koptoklardan tashqari yana
og‘irligi 1 kg dan ortiq bo‘lmagan ichi to‘ldirilgan koptoklar ham foydalanish uchun qulay bo‘ladi. Ichi to‘ldirilgan koptoklarda xuddi oddiy koptoklar bilan o‘tkaziladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarga o‘xshagan mashqlar o‘tkaziladi. Bunday og‘irlikdagi mashq o‘tkazilgan vaqtda fiziologik vazifa ancha ortadi, muvofiqlashtirish, chaqqonlik va kuch-quvvat rivojlanadi. 111 Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar qo‘l va yelka muskullari faoliyatini kuchaytirish, engashish, burilish va qadam tashlash vaqtida harakat miqyosini ko‘paytrish uchun xizmat qiladi. Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar qo‘l harakatlari yo‘nalishi (yuqoriga, oldinga va boshqa tomonlarga bo‘lgan yo‘nalish)ni aniq egallab olishga yordam beradi, qo‘lni harakatlari hamda gavdaga va polga nisbatan oldinga uzatilganda polga bo‘lishini, yelkaga nisbatan gavda bo‘ylab uzatilishini va hokazolarni aniq tasavvur qilish imkonini beradi. Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar, inventarlar bilan bajariladigan mashqlar ichida eng murakkablari hisoblanadi. Bu shu bilan izohlanadiki, tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlarda oyoq va qo‘llarning muayyan va aniq holatini egallab turishi, muvozanat saqlay olishi tayoqchalarning esa tarbiyachi ko‘rsatganidek to‘g‘ri yo‘nalish va holatda ishlata bilish talab qilinadi. Buning uchun esa bolalardan anchagina muskul harakatlarini namoyish etish, o‘z diqqat- e’tiborlarini bir nuqtaga qaratish talab qilinadi. Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar eng oddiy harakatlar negiziga kiradi. Individual tartibda qisqa tayoqchalar bilan o‘tkaziladigan mashqlardan yana juft-juft bo‘lib bajariladigan ayrim mashqlar ham mavjud. Uzun tayoqlar bilan guruh bo‘lib bajariladigan mashqlar uyushtiriladi. Tayoqchalar yordamida guruh bo‘lib bajariladigan mashqlar singari bolalarni jamoada ahillik bilan birgalikda harakat qilishga o‘rgatadi. Bunday mashqlar bolalarga juda qiziqarli va foydali bo‘lib mashg‘ulotlarning mazmunli o‘tilishiga yordam beradi, bolalarning faolligini ancha oshirishni ta’minlaydi. Chambarak yordami bilan bajaradigan mashqlar juda xilmaxil harakatlarni amalga oshirish hamda ular bilan g‘oyat qiziqarli o‘yinlar uyushtirish mumkin. Chambarakni yumalatish, mo‘ljalga tashlash, g‘ildiratish va boshqa mashqlar bolalarda harakat faolligini oshirish, chaqqonlik va mustaqillikni rivojlantirish uchun juda foydalidir. Ko‘pgina umumiy rivojlantiruvchi mashqlar yelka va qo‘l harakatlari faoliyatini oshirishga, burilish, engashish va boshqa mashqlarni bajarish 112 vaqtida harakat miqyosini ko‘paytirishga yordam beradi. Bu jihozni doira shaklida ekanligi ba’zi bir o‘ziga xos harakatlarni, masalan, ko‘proq barmoqdagi mayda muskullarni va yelkadagi muskul guruhlarini rivojlantirish va mustahkamlash (chambarakni qo‘lda turlicha aylantirish, uni bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga hamda polga qo‘yib aylantirish va hokazo) harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi. Avval chambarakni eng oddiy holatlari va harakat yo‘nalishlari (oldinga, yuqoriga, ko‘krakka va shu kabilar) o‘rganiladi, keyin oddiy harakatlarni, gavdani turli harakatlarini uncha murakkab bo‘lmagan kombinatsiyalar bilan bog‘liq olib boriladi. Katta chambarak (diametri 1-1,5) bilan bir yo‘la 4 yoki besh bola jamoa bo‘lib mashq bajarishi mumkin. Uzun arg‘amchi (15-20 m) bilan bajariladigan mashqlar butun guruhda bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda engashish, tik turish va boshqa mashqlarni, qo‘llarini bukish, yozish singari harakatlarni, cho‘kkayib o‘tirish, qadamlab oshib o‘tish, sakrab o‘tish va shunga o‘xshash mashqlarni tik turilgan, o‘tirilgan va chalqancha yotilgan dastlabki holatdan boshlab bajarish mumkin. Uzun arg‘amchi bilan bajariladigan mashqlarni tuzishda inventarsiz bajariladigan hamda tayoqcha va chambaraklar bilan bajariladigan asosiy umumrivojlantiruvchi mashqlarga tayanish mumkin. Qisqa (70-80 sm) arg‘amchi bilan barcha mashqlarni, shu jumladan gimnastika tayoqchasi bilan bajarish tavsiya etilgan mashqlarni ham bajarish mumkin. Kalta arg‘amchi bilan bajariladigan bir qator maxsus mashqlar mavjud. Ularning ba’zilari barmoq, tovon, to‘piq, muskullarini rivojlantirish uchun juda foydalidir. Masalan, tik turgan yoki o‘tirgan holda arg‘amchini ikki qavat, to‘rt qavat qilish va yana asli holiga keltirish, arg‘amchini yumaloq yoki uzunchoq qilib o‘rash va boshqalar. Polga tashlab qo‘yilgan arg‘amchini oyoq barmoqlari bilan yig‘ishtirib olish, uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va yana oyoq yordamida uni polga tekislab qo‘yish. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan o‘yinlarning turli tavsiflari mavjud. O‘yinlar mazmuniga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: qoidali harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari. Sport o‘yinlarida eng 131 avvalo maktabgacha yoshidagi bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinadi, shuning uchun faqat ular bob sodda biroq harakat texnikasi quyidagilari o‘yini tashkil etishning haqiqiy elementlari tanlanadi. Shu tufayli o‘yin omillari bolalarda katta kishilarda bo‘lganidek, jismoniy va asabiy zo‘riqish uyg‘otmaydi. Ayni paytda ular bolalarda harakatlarning maqsadga intilganini qunt, intizomlilik, o‘rtoqlik va mas’uliyat hissini sportga muhabbatni tarbiyalaydi. Harakatli qoidali o‘yinlarga syujetli va syujetsiz o‘yinlar kiradi. Sport o‘yinlariga voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi. Syujetli harakatli o‘yinlar hayotiy va afsonaviy epizodlarni shartli shaklda aks ettiradi. Bolalarni ijodiy amalga oshiriladigan o‘yin obrazlari jalb etadi. Syujetsiz harakatli o‘yinlar bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan, tushunarli, maqsadga erishishda ularga yordam beruvchi harakatli o‘yin topshiriqlardan iboratdir. Ular ham o‘z navbatida yugurib o‘tish, quvlashmachoq va hokazolar turidagi o‘yinlar musobaqa elementlari mavjud o‘yinlar (kimning zvenosi tezroq saflanadi. Kim o‘z bayroqchasiga tezroq yetib bora oladi va h.k.) murakkab bo‘lmagan o‘yin–estafetalar (kim to‘pni tezroq uzatdi), buyumlar (to‘plar, chambaraklar, arg‘imchoqlar, keglilar) bilan bajariladigan o‘yinlar, harakat mazmuniga ko‘ra farqlanadigan o‘yinlar (ko‘p qo‘llaniladigan harakat turi – yugurish, sakrash, uloqtirish va h.k.). Shuningdek, kichik yoshli bolalarga o‘yin ermaklari (chapak- chapak, shoxli echki va boshqalar) ham mavjud. Sport o‘yinlari bolalar bog‘chalarining katta va maktabga tayyorlov guruhlarida sport o‘yinlarini o‘tkaziladi. Ular bolalar musobaqa o‘yin estafetasi elementlari mavjud harakatli o‘yinlarni uyushgan holda o‘ynaydigan va harakatli o‘yinni mustaqil tashkil etadigan bo‘lganda asta-sekin joriy etiladi. Sport o‘yinlari harakatli o‘yinlardagidan ko‘proq o‘zini tuta bilishi uyushqoqlikni kuzatuvchanlikni muayyan harakat texnikasini harakatining tezkor reaksiyasini egallashni talab qiladi. 132 Sog‘lomlashtirish ta’limi va tarbiyaviy vazifalarning birligi, ular yordamida hosil bo‘ladigan emotsional ko‘tarinkilik, harakatlarni takomillashtirish mumkinligi, u yoki bu o‘yinni birlashtirib tuiuvchi belgi hisoblanadi. Biroq, agar harakatli o‘yinlarda bolalar ijobiy tashabbus ko‘rsatgan holda turli harakatlardan foydalansalar, sport o‘yinlarida harakatlarning bir qator chegaralanganligi kuzatiladi. Bu mazkur o‘yinning o‘ziga xos xususiyati va harakat faoliyati texnikasining aniqligi bilan belgilanadi. Sport o‘yinlarida qatnashuvchilar soni aniq belgilanadi, ularning vazifalari taqsimlangan o‘yin muddati vaqti chegaralangan bo‘ladi. O‘yinlarni o‘tkazish shartlari maxsus tayyorlangan joyni, belgilangan maydonchani va tegishli jihoz va inventarlarni talab qiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘yinlarida bolalar sport o‘yinlari texnikasining umumiy talablariga javob beruvchi to‘g‘ri ko‘- nikmalarni egallaydilar. Bu ko‘nikmalar o‘yinlarni ko‘pinchalik qayta o‘rganishni istisno etadi va maktabga tayyorlanish uchun muhimdir. Bolalarning sport o‘yinlarini (basketbol, voleybol, tennis) o‘ynashi uchun ular to‘pni erkin egallash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari muhimdir. To‘p bilan harakat qilish tutib olish, ilib olish va ushlab tuish, to‘pni yo‘nalishini belgilay olish, fazoda to‘g‘ri mo‘ljal olish kabi zarur malakalarni rivojlantiradi. Bundan tashqari maktabga tayyorlov guruhida bolalarni to‘pni olib yurish (urib qaytarish) ilib olish, uzatish bir-biriga otish, shuningdek, to‘pni savatga tashlash kabi usullarga o‘rgatish lozim. Bu harakatlar basketbol o‘yinining asosiy usullari hisoblanadi. Harakartli o‘yinlarning mavjud to‘plamlarida tavsifga ko‘p uchraydigan harakat turiga xos belgilar (yugurish yoki sakrash, uloqtirish, tirmashish va h.k.) asos qilib olingan. Harakatli o‘yinlarni asosiy harakatlarning har bir turi bo‘yicha tanlashda yosh guruhlari o‘rtasidagi vorislikka rioya qilinadi. Bu tarbiyachiga o‘yinlarni bolalarda muayyan harakat ko‘nikmalarining shakllanishi bilan bog‘liq ravishda rejalashtirishga yordam beradi.
XULOSA
Bajarilgan ishlar natijasida maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi uchun shart-sharoitlarni tashkil etish; maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi va rivojlanishi muammolari; jismoniy tarbiya sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligini saqlash jihatlari tahlil qilindi; maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy salomatligi diagnostikasi o‘tkazish; ishlab chiqilgan jismoniy tarbiya dasturining imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy tarbiya dasturini ishlab chiqish jarayonida harakatlarni o‘rgatish va maktabgacha yoshdagi bolalarda birinchi sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish; tiklanishning noan’anaviy vositalaridan foydalanish, sog‘lom turmush tarzi texnikasi va asosiy harakatlarni shakllantirish; motivatsiyani kuchaytirish uchun funktsional profillarni xaritalash va ularning dinamikasiga e’tibor qaratish; psixo-emotsional stressni bartaraf etish uchun dam olish va o‘z-o‘zini tartibga solish usullarini o‘rgatish; nafas olish mashqlari tizimlaridan foydalanish va boshqalar. Funksional holatning turli parametrlarining kattaligi va dinamikasini o‘z-o‘zini baholashning aniqligini oshiradi, shu jumladan mushaklar faoliyati davomida va mashg‘ulot sharoitida; o‘z-o‘zini dozalashning aniqligi va mashqlar hajmi va intensivligini o‘z-o‘zini nazorat qilish yaxshilanadi.
Dostları ilə paylaş: |