Kurs ishi mavzu: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari va vositalari



Yüklə 91,52 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü91,52 Kb.
#185574
1   2   3   4
kurs ishi aziza yoldosheva (2)

Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim muassalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil qilishni o’rganish;
Kurs ishining vazifalari: Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil qilishni o’rganish;
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari;
Kurs ishining ahamiyati; Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya madaniyatini o’rganish;
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA VA OILADA JISMONIY TARBIYALASH NAZARIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI

    1. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu – bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi. Sog‘lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o‘z harakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof-muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi o‘qishga hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni har tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi alohida ahamiyatini belgilab beruvchi muhim vazifasi hisoblanadi. 7 Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat turining o‘ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o‘tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini o‘rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko‘nikma va malakalari, jismoniy sifatlar, ba’zi elementar bilimlarni) ko‘zda tutadi. Ularni o‘zlashtirish bolalarni maktabda o‘qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta’minlash imkonini beradi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e’tibori fikrlaydigan, o‘z yosh imkoniyatlariga ko‘ra ongli harakat qiladigan, harakat ko‘nikmalarini muvaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof-muhitda mo‘ljal ola biladigan, uchraydigan qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan, ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi. Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi to‘xtovsiz rivojlanmoqda va bola tarbiyasining turli tomonlarini qamrab oluvchi tadqiqotlar natijasida olinayotgan yangi bilimlar hisobiga boyib bormoqda. Bolalar muassasalarining ommaviy tajribasida sinovdan o‘tgan tadqiqot natijalari dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklarga kiritilmoqda va bolalar 8 bilan ishlash amaliyotiga joriy qilinmoqda. Bu butun ta’limtarbiya jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog‘lom va baquvvat qilib o‘stirish, ular organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo‘lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo‘li bilan o‘zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat. Bola organizmining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgani sababli, uning vazifalari ancha aniqroq shaklda ifodalanadi; bola suyagini bexato va o‘z vaqtida qotishiga orqa umurtqadagi egik joylarning shakll anishiga, tovon yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay-bo‘g‘im apparatlarni pishitishga yordam ko‘rsatiladi.
Jismoniy tarbiya jismoniy mehnat jarayonida vujudga keladi, ya’ni mehnat bilan birga amalga oshadi. Ibtidoiy jamiyatda uning hamma a’zolari qaysi yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar mehnat qilishlari kerak bo‘lgan. Bolalar va o‘smirlar kattalarning ov qilish vaqtidagi faoliyatlarini kuzatib borib, o‘z tajribalarini oshirib borganlar. Jismoniy tarbiya gohida o‘yinlar, gohida maxsus mashqlar sifatida amalga oshirilgan. U hamma uchun bir xilda teng olib borilgan, bunda tarbiya masalalarini katta yoshdagilar o‘z zimmalariga olganlar. Bu davrda jismoniy tarbiyaning rivojlanishida urf-odatlar, turli xil o‘yinlar, raqslarning tarbiyaga ta’siri katta bo‘lgan. Ibtidoiy tuzumning tugallanishi arafasida ibtidoiy tuzum o‘rniga sinfiy jamiyat (quldorlik) vujudga keldi. Bu esa shaxsiy mulkchilikning rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. Jamiyatda o‘zaro urush, yerlarni bosib olish va u yerda yashovchi aholini qullarga aylantirish kuchayib ketib, natijada dastlabki armiyaning shakllanishiga sharoit yaratib berdi. Armiyaning vujudga kelishi harbiy-jismoniy tayyorgarlikka bo‘lgan talabning oshithiga, armiyada jismoniy madaniyatning tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Qadimgi Yunonistondagi Fales, Pitak, Solen, Biant, Xilen, ikki daryo oralig‘ida joylashgan mamlakatlardan Abu Muslim, Muqanna, To‘maris, Spitamen, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi va uning bahodir safdoshlari 14 aqliy, jismoniy, axloqiy jihatdan yetuk barkamol insonlar edilar. Ular mohir jangchi, kurashchi, chavandoz, qilichboz, nayza otish san’atini mukammal egallagan davlat arboblari bo‘lib yetishganlar. Jismoniy tarbiya feodalizm va kapitalizm tuzumlarida ham rivojlanib, shakllanib bordi. Bolalarni yoshlik davridan boshlab sportga jalb etish, sport jamiyatlari tuzish, turli xil sport o‘yinlari, musobaqalar tashkil etila boshlandi. O‘zbekistonda ham sport va jismoniy tarbiyaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Sharq mutafakkirlarining konseptual-metodologik merosidan, xalq pedagogikasi an’analaridan diniy tarbiya jarayonida xalqimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalarning jismoniy tarbiyaga oid hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan va ilmiy asarlardan samarali foydalanib kelgan. Chunonchi, tibbiy olamning sultoni Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida “Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullangan odam hech qachon davolanishga muhtoj bo‘lmaydi”, – deb aytgan. Sohibqiron Amir Temur o‘z “Tuzuklari”da shunday deydi: “Qo‘shin tarkibiga yosh navkarlar olishda 3 qoidaga amal qilindi: Bitinchisi – sog‘lom va baquvvat bo‘lishi, ikkinchisi – qilichdan mohirona foydalanishi, uchinchisi – aql-zakovatiga va barkamolligiga”. Ulug‘ munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning pedagogik qarashlari diqqatga sazovordir. Uning “Farzandingiz sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishini istasangiz, uni kichik yoshdan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantiring va chiniqtiring”, degan so‘zlarining ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi davrda O‘zbekistonda va rivojlangan mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport yuqori rivojlanish darajasiga ko‘tarilgan. O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etish maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida, maxsus sport ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga fan sifatida kiritilib, o‘qitiladi.
Bolalarni oilada va davlat muassasalarida jismoniy tarbiyalashning vazifalari yagonadir, ular ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalarining umumiy harakati bilan hal qilinishi lozim. Ishchi va xizmatchilarga dam olish kunlari, ko‘p bolali oilalar va yosh bolasi bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar yaratilishi - bularning hammasi ota-onalarga o‘z bolalarining tarbiyasiga ko‘p vaqt ajratish imkonini beradi. Oilada jismoniy tarbiyani to‘g‘ri amalga oshirish uchun ota-onalar bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, bolalarning sport maktablarida qanday jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlarini va kun hamda butun hafta davomida qanday jismoniy yuklama bajarayotganligini bilishlari zarur. Maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnamaydigan bolalarning ota-onalari ularning to‘liq jismoniy rivojlanishini ta’minlashga majburdirlar. Oilada tarbiyalanayotgan bolalarga jismoniy tarbiya vositalari kompleksi qo‘llanishi muhim. Ular uchun eng qulay gigiyena sharoitlarini yaratish, tabiatning tabiiy omillari (quyosh, havo, suv)dan foydalanish muhimdir. Oila tarbiyachisi bola bilan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlarni hovlida, maxsus jismoniy tarbiyaga oid jihozlangan xonalarda yoki imkoniyatlardan kelib chiqib jixozlanmagan xonalarda ham tashkil etishi mumkin. Bunda havoning haroratiga qarab ochiq havoda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda, Mustaqil O‘zbekistonda ko‘pgina oila bolalarining tarbiyasiga oila tarbiyachisini yollamoqdalar. Oila 40 tarbiyachisi oilada bolalar tarbiyasida yetakchi o‘rin egallaydi. U oilada bolalarni yakka tartibda hayotga har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga javobgar shaxsdir. Oila 2-3-4 farzanddan iborat bo’lishi mumkin. Oila tarbiyachisi oiladan ota-onalar va bolalar haqida ma’lumot oladi, bolalar soni, yoshi, sog‘lig‘i, rivojlanish darajasi, egallagan harakat, malaka va ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarini rivojlanganlik darajasini o’rganib chiqadi, so‘ng “Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida bola bilan tashkil qilinadigan jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirib oladi. Oila tarbiyachisi jismoniy tarbiya bo‘yicha olib boriladigan ishlarga puxta tayyorlanishi, bolani faollikka, mustaqillikka, undaydigan ta’lim metodlarini tanlashi lozim. Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalash o’ziga xos xususiyatga ega. Tarbiyachi ertalabki badan tarbiyani bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib (ayniqsa, 3-4 yosh) ularni she’rlar, musiqa sadolari, ashulalar, turli xil hayvon obrazlari harakatlari orqali jismoniy harakatlarni bajarishga undaydigan mashqlarni rejalashtirishi kerak. Tarbiyachi ota-onalardan o‘z bolalari bilan birgalikda badantarbiya mashqlarini bajarishda, ota-onalar va bolalar bilan sport musobaqalarini tashkil etish, bunda bolalar ota-onalari bilan birgalikda harakat qilishlari ularga ijobiy ta’sir etadi va ularni rag’batlantiradi. 1


    1. Yüklə 91,52 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin