III.XULOSA Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni echishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli ta'lim nazariyasi talaba intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik-pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradi.
Shunday qilib, muammoli ta'lim deyilganda, o’qituvchi (pedagog) rag’barligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi (pedagog) tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradiBunday sharoitlarda fan o’qituvchilari zamonaviy innovatsion texnologiyalar, g’oyalar, yo’nalishlarning keng qamrovida harakatlanishlariga to’g’ri keladi. Ma’lum narsalarni ochish emas, balki respublikamizda mavjud, qolaversa, xalqaro ijobiy pedagogik tajribalardan foydalanishlari zarur. Bugungi ta’lim texnologiyalarini o’rganmay turib, pedagogik savodli mutaxassis bo’lishi mumkin emas. Zero, “Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning birdan bir yo’li ta`lim tizimini tinmay takomillashtirib Aborish orqali yosh avlodni barkamol, komil inson qilib tarbiyalash”9 ekanligi doimo pedagoglarning e`tiboridadir. Demak, bugungi ta`lim oluvchi kelajakdagi savodli mutaxassis bo’lishi uchun bizning bosh maqsadimiz ham ma`nan barkamol, mustaqil fikrli shaxs tarbiyalashni izchil amalga oshirish shartdir. Bu borada ta`lim sohasida olib boriladigan ishlar katta ahamiyat kasb etadi. Toki hayot davom etar ekan, ta`lim ham, tarbiya ham zamon o’rtaga qo’yayotgan yangi-yangi talablarga ko’ra muttasil ravishda o’zgarib-yangilanib boraveradi. Biz ham “Pedagogik texnologiya” o`quv qo`llanmasini yaratish drqli ta`lim sohadagi dastlabki qadamlarimizni to’g’ri qo’ydik, deb o`ylaymiz. Mazkur o`quv qo`llanma ustozlarningilg`or tajribalari, fikr-mulohazalari, yaratgan asarlari, turli manbalar asosida etildi.
Ta`limning sifati va uni tashkil etish usuli o‟qituvchining mahoratiga, talabaning xohish- istagiga, qobiliyati va bilim darajasiga bog`liq. Ta`limning natijasi bilim bilan belgilanadi. Bilim ob`ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in`ikosi, inson miyasidagi mushohada va tasavvurlar natijasida hosil bo‟ladigan tushunchalar yig`indisi sifatida namoyon bo‟ladi. Xulosa qilib aytganda, ta`limning sifati uni berishda ishtirok etadigan kishilar salohiyati va o‟quv jarayonining darajasiga bog`liq.
O‟quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar-yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o‟qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardan va mul‟timedia qo‟llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‟ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‟yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o‟rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilishdan iborat bo‟lib, ushbu tadbirlar ta`lim ustivorligini ta`minlaydi. Bunda har bir fanning o‟ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, hamda spitsifikasiga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Xalqimizboy ilmiy-nazariy merosg ega. Ularni yaratgan ulug’ allomalarning ta’limotlari ham pedagogika fani uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish tajribasi tahlili quyidagi xulosaga kelishimizga imkon beradi: zamonaviy texnologiyalar qo'shimcha ta'lim tizimining ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishga qodir jarayondir. Shu bilan birga, tizimning o'zi yanada dinamik, samarali va jozibali bo'lib bormoqda. Eng mashhuri esa loyihaga asoslangan yondashuv bo'lib, u talabalar markazlashgan o'quv mashg'ulotini o'z ichiga oladi. Ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonida loyiha texnologiyasini organik joriy etish qog'ozida keltirilgan misollar loyiha ishtirokchilarining o'zini o'zi anglashi, o'z-o'zini rivojlantirishi va shaxsiy o'sishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Mavzu yuzasidan olib borilgan kuzatishlar, manbalar tahlili va tadqiqot ishlari natijalariga tayanib, pedagogik texnologiya yordamida ta’lim tizimini yanada samarali olib borish yuzasidan quyidagi umumiy xulosalarga kеlindi:
1.O‘quv jarayonida muammoli ta’lim texnologiyasi asosida dars o’tilishi didaktik kategoriya sifatida yetarli darajada o’rganilmagan , hamda mazkur pedagogik texnologiyasi fan o’qituvchilari tomonidan chuqur o’rganilmaganligi sababli o’quv jarayonida qo’llanishi yetari darajada emasligini tasdiqlaydi.
2. Muammoli ta’lim texnologiyasini tadbiq qilish maqsadida ta’limni samaradorligini oshirishning didaktik jarayonida axborot resurslari: darslik, o‘quv adabiyotlari, elektron darslik, elektron taqdimot, audio va video disklar mujassamlashgan audio va video mahsullari yordamida amalga shirish yo’lga qo’yilishi ko’zda tutildi.
3. Muammoli ta’lim yordamida o’quv jarayoni samaradorligini oshirish ta’lim jarayonini tashkil etishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlari hamda bilim darajasi ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
4. Yangi o‘quv materiallarini tushuntirishda kompyuterning namoyish imkoniyatlaridan foydalanish o‘qituvchiga dars mazmunini o‘quvchilarga yetkazishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish samarali natijalar beradi;
5. Umumta’lim maktabi o’quv jarayoniga muammoli ta’limni qo’llashda oldindan tayyorgarlik ko’rish , metodik tayyorlanish, qo‘shimcha axborotlarni izlash va tizimlashtirish, didaktik materiallarni tayyorlashda o‘qituvchilarning innavatsion texnologiyalardan foydalanishlari ma’lumotlarning sifatini ta’minlaydi;
6. Umumta’lim maktabi o’quv jarayoniga muammoli ta’lim texnologiyasi metodi yordamida tayyorlanish, qo‘shimcha axborotlarni izlash va tizimlashtirish, didaktik materiallarni tayyorlashda o‘qituvchilarning innavatsion texnologiyalardan foydalanishlari ma’lumotlarning sifatini ta’minlaydi;
7. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanib o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishda o‘qituvchilarning axborot texnologiyalarda ishlash malakalariga ega bo‘lishlari darslarining yanada qiziqarli o’tishiga imkon yaratish uchun muammoli ta’lim texnologiyasini qo’llash mahoratiga bog’liq.
Muammoli ta’lim texnologiyasi metodlaridan foydalanish o'qitiladigan fanlarning soatini inobatga olgan holda ular bilimini oshirish muammosini ham har xil yo'llar bilan hal qilish zarur. Ammo, muammoli ta’lim texnologiyasi metodi mahorati shunday universal komponentlarni o'z ichiga qamrab oladiki, ushbu komponentlardan turli o'quv fanlari pedagoglari foydalana oladilar va bu yo'nalishda ular tez vaqtda yaxshi natijaga erishishlari mumkin. Muammoli ta;lim texnologiyasi tushunchasi o'z ichiga maxsus bilimlar, o'ziga xos ko’nikmalar, fikrlash usullarini , oldindan prognoz qila olish qabi qobiliyatlarni o’stirishda yordamchi usul bo’lib barcha boshqa metodlarni o’z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, umumta’lim maktabi o'qituvchilari muammoli ta’lim texnologiyalari metodlari yordamida o'tkazilayotgan darslaridan, o’quvchilarning o'zi qilayotgan ishidan qoniqish hosil qilishi ham juda katta ahamiyat kasb etadi.