Kurs ishi mavzu: Musiqa talimi jarayonini loyihalash texnalogiyasi va uning mohiyati



Yüklə 123,47 Kb.
səhifə3/8
tarix25.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#195325
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI 22

Kurs ishining tadqiqot usuli: Umumta`lim muassasalarida musiqa talimi jarayonini loyihalash texnalogiyasi orqali tashkil etish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Umumta`lim muassasalarida musiqa talimi jarayonini loyihalash texnalogiyasini interfaol metodlar orqali tashkil etish mazmuni, tamoyillari, bosqichlari.
Kurs ishining ilmiy yangiligi:
1. Musiqa darslarini loyihalash texnologiyasini joriy etish orqali samaradorligini oshirishda yangi pedagogik usullardan foydalanish muammosi musiqa pedagogikasida birinchi bor tadqiq etildi.
2. Umumta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan musiqa o`qituvchilarini dars jarayonini loyihalash texnalogiyadan foydalangan holda tashkil etish bo`yicha ilmiy – uslubiy manbaadan foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
3. Musiqa talimi jarayonini loyihalash texnalogiyasi orqali tashkil etish bo`yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kurs ishining metodologik asosi:
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Umumiy o`rta ta`limning musiqa fani bo`yicha Davlat Ta`lim Standarti va o`quv dasturi, O`zbekiston Respublikasining O`zbekistonda ta`limni yangicha asoslarda qayta qurish, takomillashtirishga oid farmonlari, qarorlar, Prezidentimiz asarlari, nutqlari, Umumiy o`rta ta`limning musiqa faniga oid darsliklari, shuningdek, pedagogika, psixologiya, estetikaga oid ilmiy – uslubiy manbalar.
Kurs ishining hajmi:Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, umumiy hajmi 33 sahifani tashkil etdi.

2.ASOSIY QISM
2.1


2.3. Musiqa talimi jarayonini loyihalash texnalogiyasi va uning mohiyati

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, xususan, ta'limning umumiy va musiqiy ta'limdagi dolzarb vazifasi ijodkor shaxsni - yangi jamiyatning yaratuvchisi, mustaqil xatti-harakatga, o'z-o'zini rivojlantirishga, kasbda, jamiyatda, madaniyatda erkin o'z-o'zini boshqarishga qodir bo'lgan ijodkor shaxsni shakllantirishning zamonaviy vositalari va usullarini izlashdan iborat bo’lib kelmoqda.
Bu holat tadqiqotchilarning ma'naviy va axloqiy xulq-atvorni shakllantirishga qiziqishi ortib borishi kabi omillar bilan bog'liq; axborotlashtirish orqali madaniy-ma'rifiy sohani kengaytirish; ta'lim jarayonining turli fanlari o'rtasida biznes hamkorligi vositasi sifatida aloqa va muloqot vositalarini o'rnatish kabi dolzarb masalalar o’rganib kelinmoqda. Bunday sharoitda ta'limning faollik va amaliy yo'nalishiga katta e'tibor qaratilib, u o'quvchilarning ijodiy salohiyatini va ularning qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Shunday qilib, loyihalash metodining ahamiyati va uni o'quv jarayoniga tadbiq etish yo'llari pedagogika fanlarida yetarli darajada o'rganiladi. Biroq musiqa ta'limi tizimida ta'lim va maktabdan tashqari tizimlarida o'quvchilarning loyihaviy faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari, mexanizmlari va algoritmi noma'lumligicha qolmoqda.
Musiqa ta'limi va tarbiyasidagi loyihalar metodi o'quvchilarning musiqaga bo'lgan qiziqishlarini faollashtirish imkonini beradi; musiqa sohasidagi bilim darajasini ochib berisda, tadqiqot tajribasiga ega bo'lishda beminnat xizmati kattadir.
Musiqiy loyiha, uning o'ziga xosligi tufayli, har bir maxsus musiqiy loyihaning turiga bog'liq bo'lgan maxsus ishlab chiqilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Bu borada talabalar musiqa loyihalari quyidagi turlarga bo'linadi: ijro, musiqa-tadqiqot, ijro-tadqiqot.
Musiqa fani o’quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini
shakllantirishga milliy g’urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga ijobiy mahorat va badiiy didni o’stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqil va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa fani umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan barcha o’quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog’lanadi.
Barcha o’quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi milliy musiqiy merosimizdan to’laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo’shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlarida, maqom, shashmaqom, doston va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o’z aksini topadi. Musiqa san’tining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularni barkamol bo’lib yetishishlarida o’ziga xos va takrorlanmas manbaa bo’lib xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o’zbek musiqa ta’lim-tarbiyasi, pedagogikasi va uning mukammal uslubiyotlari ustoz – shogird an’analari misolida takomillashib borgan.
Davlat ta’lim standartlari ommaviy xalq musiqa pedagogikasi professional
musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari, katta ashulachilar, maqomchilar, dostonchilik asarlarining elementar asoslarini me’yorlashtiradi. Odatda, musiqa darsi- o’qitish tamoyillariga muvofiq bo’ladi. U tarbiyaviy ta’sir o’tkazadi. Ilmiy tushunish uchun qulay hisoblanadi. Musiqa darsi mazmuni o’quv dasturiga muvofiq bo’lib, u boshqa darslar tizimidagi bo’g’inlarni qamrab oladi.
Musiqa savodxonligini rivojlantirishda bolaning iqtidori ham muhim sanaladi, buning barobarida bolaning bilimi oshadi, vokal-xor malakalari rivojlanadi, axloqiy estetik fazilatlari hamda mehnatga munosabati shakllantiriladi. Musiqiy faoliyat turlari o’zaro bir-biri bilan bog’langan bo’lishi, biridan keyin ikkinchisiga o’tishi kerak.
Musiqali harakatlar, cholg’uchilik va ijodkorlik faoliyatlarni amalga oshirishda o’yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar ko’proq o’yin xususiyatlari bilan bog’liq. Dasturda tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki xissa miqdorda tanlash va lozim bo’lganda dasturdan tashqari asarlardan ham foydalanish mumkin. Nota savodi, cholg’uchilik, raqs harakatlari, shuniingdek, musiqa ijodkorligi faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu esa darslarni rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko’rishda ijodiy yondoshishni taqazo etadi. Bunda shu narsaga e’tiborni kuchaytirish lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg’ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida – alohida ko’rsatilgan bo’lsa-da, darslarni rejalashtirishda va ularni o’tishda dars mazmunidan kelib chiqishi va uning mohiyatini ochib berishi lozim bo’ladi. shunday qilib, darsda musiqa faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.
Musiqa savodi darsining mustaqil faoliyati sifatida emas, balki barcha faoliyatlari turlari bilan bog’lab tahlil qilinishi va uni ongli idrok etilishi lozim. Musiqa savodi notalar haqida ma’lumot emas, balki notagacha bo’lgan davr, musiqa janrlari, shakllari, milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish, ijrochi, tinglovchi, kompozitor va bastakorlar haqida va nihoyat musiqa ifodalari kuy, temp, registr, dinamika va boshqalar bilan tanishtirishni o’z ichiga oladi.
Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg’uloti qo’llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o’rganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochilari va xokozo) xakida yangi tushunchalar xosil bo’ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo’libgina qolmay, balki o’quvchilarning umumiy musiqaviy bilim doirasini tarkib topdiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar majmuasini ya’ni musiqa shakllari, janrlari, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning farqlari milliy musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, nota savodi va boshqalarni singdirib borishdan iborat.
Umumta`lim maktablaridagi musiqa darslarida o’qituvchining pedagogik mahorati yuqori darajadagi bo’lishi lozim. O’qituvchining cholg’u ijrochiligi, yuksak kasbiy mahorati, nutq madaniyati, musiqa savodxonligi bo’yicha to’g’ri ko’rsatmalar berishi "Ta`lim to’g’risida" gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Davlat Ta`lim Standarti"ni teran anglashi zarur. Shundagina uning dars o’tish tamoyillari, tadbirlarni mazmunli tashkil etish ijodkorligi ortib boradi. Shu bilan birga pedagoglar musiqa san`atidan to’g’ri foydalangani xolda darsda musiqa tinglash, xor bo’lib qo’shiq kuylash, musiqa savodi, musiqaga ritmik jo’r bo’lish va musiqa bilan harakat kabi yo’nalishlardan darsda oqilona foydalanishi zarur. Tarbiya topgan bolagina o`qituvchining bergan topshirig`ini o`z o`rnida bajaradi. O`quvchilar bilan mustaqil ishlashda ularning musiqiy ijrosini shakllntirish muhim ahamiyatga ega. Musiqiy ijrosi barcha faoliyatlar amaliyotida yetakchi hususiyatga ega ekanligini davlat ta`limi standartida ham alohida kshrsatib o`tilgan. Shu jihatdan olib qaralganda ta`lim jarayonini musiqiy idrok etishda yangi didaktik texnologiyalarga tayanish, yoshlarning musiqiy qobiliyatlarini shakllanishiga ta`sir etuvchi bir qancha omillarni kelib chiqqan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik ta`limda o`quvchiga beriladigan mustaqil topshiriq orqali musiqali harakatlar, cholg`uchilik ijodlarning faoliyatini amalga oshirishda o`yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Umumta`lim maktablarida o`quvchi yoshlarning bilim va ko`nikmalarini shakllantirishda, ularning barkamolligiga erishishda kasb- hunar rivojiga erishishda o`qituvchi-pedagoglar yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqarganlari holda ta`limga zamonaviy dasturlarni olib kirishlari lozim. O`quvchini qay darajada ko`proq bilim olishga, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga jalb etilsa, dars samaradorligiga, yoshlar tarbiyasini yo`lga qo`yilishiga erishiladi.
Musiqa savodi musiqa darsining bo’limlaridan biri bo’lib, musiqa ta’limida
katta ro’l o’ynaydi. Musiqa darsini qiziqarli tashkil etishda nota savodxonligi muhim bo’lib, bola notalarning nomi va tovushlarning baland- pastligini birinchi sinfda ham tanishgani, ikkinchi sinfda esa qo’shiq kuylash malakalari va ijrochilik turlari , yakkanavozlik, yakkaxonlik, darsda tinglanadigan kuylar xaqida chuqur tushunchalarga ega bo’lib borishlaridadir. Musiqa darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu asosida mantiqan o’zaro bog’lanadi, natijada darsning pirovard bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida ahamiyatga egadir.
Darsda qaysi faoliyat mashg’uloti musiqa idroki, qo’shiq aytish, musiqa bilan harakat, cholg’uchiliq va boshqalar qo’llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o’rganiladi va uning xususiyatlari ya’ni janri, ijrochiligi va hokazolar haqida yangi tushunchalar hosil bo’ladi. Shu sababadan musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo’lib qolmay, balki o’quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim tushunchalar majmuasini singdirib borishdan iboratdir. Musiqa o’qituvchisi darsda eng muhim faoliyat turini tashkil etuvchi jamoa bo’lib qo’shiq o’rgatish jaryonida o’zaro hurmat ko’nikmalarini, odob-axloq qoidalarini, oddiy xalqimizning xalqchilligidan olib, yosh avlodga yetkazishimiz lozim. Hozirgi zamon ayrim yoshlarimizning tarbiyasi ayanchli xolatda. Xatto zo’r iqtidor egasi bo’la turib, nojo’ya yo’llarga kirib ketayotgan yoshlarimiz ham uchramoqda. Shuning uchun yoshlarni bo’sh vaqtlarini ko’ngilli ta’minlashimiz, o’zaro bahs-munozarali badiiy kechalarni o’tkazishimiz lozim.
Musiqa madaniyati o’quv predmeti o’quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga milliy g’urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga ijobiy maxorat va badiiy didni ustirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqil llik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati o’quv predmeti umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan barcha o’quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog’lanadi.
Musiqa madaniy hayotimizda keng o’rin tutgan, inson shaxsini rivojlantirishda muhim kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo’lib, atrofdagi go’zal narsalarni to’g’ri idrok etishiga va qadrlashga o’rgatadi. Boshlang’ich sinfda musiqa savodini olib borishda o’quvchilarning ma’naviy dunyoqarashlarini ham shakllantirib borishga erishish lozim. Musiqa insonni yuksak did bilan quro’llantiradi va madaniy dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, o’quvchilarning nafosat olamiga olib kirish va ahloqiy-g’oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir.
Musiqa insonni yuksak did bilan quro’llantiradi va madaniy dunyoqarashini shakllantiradi. Shunday ekan umumta’lim maktablarida musiqa ilmidan ta’lim va tarbiya olyotgan o’quvchilarga mustahkam bilim berishda yuqoridagi manbalarga tayanib, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan kompyuter texnologiyalariga asoslangan amaliy –nazariy bilimlarimiz hamda internet ma’lumotlari asosida darslarni tashkil etishimiz lozim.
O’quvchilar ga dars jarayonida tinglash qoidalarini o’stirishda cholg’uchilik, musiqali harakatlar, ritmni sezish va unga amal qilishni shakllantirish orqali ularning ijodkorlik qobiliyatlari rivojlantiriladi. Shuni alohida aytib o’tish joizki, musiqa tinglash- musiqa o’quv dasturining mazmunini boyitadi. Musiqa tinglash va musiqa savodi faoliyati o’zaro uzviy bog’lanish bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi.


Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin