Kurs ishi mavzu: Musiqa talimi jarayonini loyihalash texnalogiyasi va uning mohiyati


Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslarini tashkil etishning asosiy shakllari



Yüklə 123,47 Kb.
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#195325
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI 22

2.2. Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslarini tashkil etishning asosiy shakllari
Bugungi kunda musiqa taʼlim-tarbiyasining maqsadi va vazifasi nihoyatda muhim. Yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan va qadrlaydigan madaniyatli inson darajasida voyaga etkazishdan iborat. Buning uchun har bir oʻquvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa sanʼatiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli oʻquvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish- maktab musiqa taʼlim-tarbiyasining asosiy vazifasidir.
Musiqa muallimiga qoʻyiladigan asosiy talablar: Har bir kasb oʻziga xos
xususiyatga ega. Musiqa muallimining oʻz “sirlari” bor. Musiqa muallimi musiqaga muhabbat, haqiqiy musiqa tarbiyasisiz komil inson sifatida shakllantirish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi gʻoya va tasavvurlar bilan yashaydi. Bu kasbning murakkabligi shu bilan belgilanadiki, deb taʼkidlaydi taniqli pedagog O.A.Apraksina – “oʻqituvchi” va “musiqachi” tushunchalariga kiruvchi har bir elementning mustahkam oʻzaro bogʻliqligidadir. Bu tushunchalar har biri oʻz navbatida koʻp qirralidir. Musiqa muallimi oʻquv-tarbiyaviy ishlarni olib boradi, oʻquvchilarning qarashlarini shakllantiradi, ularning maʼnaviy ehtiyojini, didini tarbiyalaydi. Uning faqat oʻz fanini biluvchi chuqur maʼlumotli kishi boʻlishi kamlik qiladi, shuningdek, oʻqituvchi shaxs sifatida ham shakllangan boʻlishi kerak.
Hozirgi zamon musiqa muallimi yuksak madaniyatli, oʻz kasbiga cheksiz
sadoqat, ilgʻor pedagogik tafakkur egasi boʻlmogʻi lozim. U oʻzining uzluksiz kasbiy madaniy rivojlantirish qobiliyatiga ega boʻlishi shart. U musiqa, nafosat, pedagogika va psixologiya-fiziologiya fanlaridan, xususan, musiqa oʻqitish uslubiyotidan kompleks tarzda chuqur bilim va malakalar egasi boʻlmogʻi darkor. Ayniqsa, musiqa oʻqituvchisi ixtisosida zarur meʼyorda cholgʻuchilik, xonandalik, xor dirijerligi va musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam boʻlmogʻi lozim. U milliy musiqa hamda oʻzbek adabiy tilini mukammal bilmogʻi, umumbashariy musiqa madaniyatidan, kundalik musiqiy-madaniy hayotdan voqif boʻlishi shart. Musiqa muallimi pedagogik muloqot ustasi boʻlishi, har qanday vaziyatda ham pedagogik taʼsir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega boʻlmogʻi lozim.
Musiqa muallimi ilmiy tafakkur egasi, ilgʻor tajribalar shaydosi, izlanuvchan va ijodkor boʻlib, musiqa oʻqitishning yangi shakl va usullarini kashf etishga intilmogʻi lozim. U musiqa taʼlim-tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bogʻlab, boyitib olib borishi darkor. Izlanuvchan va ijodkor muallimning ilgʻor tajribasi va kashf etgan yangi usullari maktabdagi musiqa taʼlim-tarbiyasini doimiy ravishda takomillashtirib rivojlantirishning asosiy tayanchi va ilhom manbaidir. Bilimdon va tajribali musiqa muallimi sanʼat ziyolisi sifatida maktabda musiqiy- maʼrifiy ishlarning sarkoridir.
Xullas, musiqaning madaniy hayotda tutgan oʻrni muhim boʻlib, musiqiy taʼlim- tarbiyani amalga oshirishda uning bosh maqsad va vazifalarini toʻliq anglab mashgʻulotlarni samarali tashkil etish, oʻqituvchining dolzarb vazifalaridandir. Musiqa pedagogikasi, uslubiy va moddiy taʼminot, musiqa folklori, iqtidori cheklangan bolalar, vorislik qilish, spetsifik xususiyatlar, aralash dars, faol, emotsional taʼsir, ruhiy taʼsir, taʼlim-tarbiya kontseptsiyasi, pedagogik tafakkur egasi, badiiy ehtiyoj, badiiy baholash, kuyning oʻzgarmas va oʻzgaruvchan qaytarilishi, notaga qarab kuylash.
Musiqa madaniyati oʻquv predmeti oʻquvchilarning maʼnaviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy gʻurur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga mahorat, nafosat, badiiy didni oʻstirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati oʻquv fani umumiy taʼlim maktablarida oʻqitiladigan barcha oʻquv fanlari, jumladan adabiyot, tasviriy sanʼat, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bogʻlanadi.
Barcha oʻquv fanlari qatori musiqiy taʼlimda ham milliy musiqiy meroslardan toʻlaqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qoʻshiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar hamda bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda oʻz aksini topadi. Musiqa sanʼatining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol boʻlib yetishishlarida oʻziga xos va takrorlanmas manba boʻlib xizmat qiladi.
Musiqa taʼlimidan davlat taʼlim standartlari asosida yangi taʼlim mazmuni oʻquvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni taʼminlaydi. Oʻquvchilarning musiqiy- yestetik rivojlanishlari uchun oʻqituvchi oʻzining ish faoliyatida sidqidildan tayyorlanib, darslarni yuksak metodik darajada oʻtilishini taʼminlashi lozim. Zero, dars oʻqituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish, hozirjavoblik hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishini talab etadi. Samarasiz, omadsiz dars, kamchiliklar uzoq vaqt oʻqituvchiga orom, halovat bermaydi, ortga nazar solib uning sabablarini qidirishga ehtiyoj sezadi.
Musiqa madaniyati darsi – maktabda musiqa tarbiyasini tashkil etishning asosiy shaklidir. Musiqiy toʻgaraklar, fakultativ mashgʻulotlar ham amaliyotda boʻlsada, dars hech qachon oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydi. Musiqa madaniyati darslari musiqiy faoliyatning turli shakllarini oʻz ichiga oladi. Bular - ommaviy jamoaviy aytim, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, musiqa tinglash, savodxonlik, musiqa ijodkorligi, bolalar cholgʻu asboblarida chalish faoliyatidir.
Musiqa darslari boshqa fanlar darslaridan oʻzining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarda koʻproq ijodiy zavq, emotsional tuygʻular va obrazli kechinmalar uygʻotishi bilan ajralib turadi. Musiqa, ayniqsa, bolalarning aqliy va axloqiy rivojlanishiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Zero, “Musiqa tarbiyasisiz bolalarga aqliy tarbiyani etarli darajada bajarib boʻlmaydi”. Shuning uchun musiqa darslari, eng avvalo, tarbiya darsidir. Badiiy tarbiya uning mantiqiy mazmunidir.
Musiqa darslari quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, u musiqa tarixi, nazariyasi va ijrochiligiga doir turli namunalardan-xor mashgʻulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqa tahlili va adabiyoti, bolalar cholgʻu asboblarida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iboratdir. Shuning uchun u aralash dars tipiga kiradi.
Ikkinchidan, musiqa boshqa sanʼat turlaridan oʻzining ifoda vositalari, “tili” bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot, badiiy soʻz , tasviriy sanʼat ranglar va grafik chiziqlar, raqs, badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Agar tasviriy sanʼat va haykaltaroshlik asarlarini koʻrish orqali, badiiy adabiyotni oʻqish va eshitish vositasida, kino va teatrni koʻrish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina idrok eta olamiz.
Buning uchun hatto koʻzi ojiz kishilardan ham yetuk musiqa ijrochilarining yetishib chiqishlari bejiz emas. “Faqat musiqiy quloqgina musiqaviy hissiyotni uygʻota oladi”.
Musiqa aniq vaqt oʻlchovi bilan bogʻlayotgan sanʼatdir. Ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini ilib olib tinglamasa, asar mukammal idrok etilmaydi. Shuning uchun klassik asarlarni ham bir qayta tinglaganda uning yangi badiiy qirralarini his etamiz.
Musiqa vositasida ifodalanadigan his-tuygʻularni soʻz bilan ifodalash qiyin. “Qachonki soʻz ojizlik qilsa, musiqa yordamga keladi”.
Uchinchidan, musiqa bolalarga faol estetik taʼsir koʻrsatadi, quvontiradi, ijobiy kechinmalar uygʻotadi. Yahshi, mazmunli, qiziqarli muciqa darsidan bolalar quvnoq, xursand boʻlib, xordiq chiqaradilar. Demak, agar musiqa darsi oxirgi darsda qoʻyilgan boʻlganda ham, bolalar hordiq chiqarib, charchoqlari tarqaladi.
Xulosa, musiqa darsi oʻzining aralash dars tipi (tuzilmasiga ega), ifoda vositasi (tili) va aktiv psixologik taʼsiri bilan farq qiladi. Demak, musiqa darslari bolalarning shaxsiyati va dunyoqarashining shakllanishida muhim rol oʻynaydi.


Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin