Kurs ishi mavzu: O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish vazifalari reja


Normalashtirish obyektlariga ko’ra



Yüklə 54,96 Kb.
səhifə6/6
tarix24.12.2023
ölçüsü54,96 Kb.
#190922
1   2   3   4   5   6
Kurs ishi mavzu O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish va-fayllar.org

Normalashtirish obyektlariga ko’ra normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va moliyaviy resurslarga taqsimlanadi.
Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va chiqarilayotgan har bir mahsulot tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon beradi.
Umuman olganda norma va normativlar birinchidan, resurslarning ortiqcha sarflanishi oldini olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish tartibini ta’minlash, uchinchidan chiqarilayotgan mahsulotning belgilangan tavsifnomalardan chetga chiqishining oldini olish, to’rtinchidan atrof-muhitni muhofaza qilish va normal mehnat sharoitlariga rioya qilish, beshinchidan esa korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish uchun ma’lumotlar to’plamini yaratish maqsadida ishlab chiqiladi va belgilanadi.
Normativ asoslarini yaratish bo’yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va qaysi idora yoki bo’lim tomonidan ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, texnika va texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo’lgan mutaxassislar, professional (malakali) normativ guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma va normativlar hayot davri uzoq bo’lib, ular o’zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday bo’lsada, yuqorida aytib o’tilganidek, eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o’tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti va ilg’or ishlab chiqarish tajribalari ta’siri ostida qayta ko’rib
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z faoliyatini amalga oshirishda ma’lum bir darajadagi moliyaviy faoliyatni amalga oshiradilar. Ushbu soha faoliyat turlarini to‘g‘ri tashkil etish, korxonalarning mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishi hisobi, moliyaviy natijalar tahlili hamda ularning foydaliligini oshirish yo‘llari bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘zga tashlanadi.
Jahonda yuz berib turgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida har bir korxona o‘zining moliyaviy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishi, tadbirkorlik faoliyati rivojlantirishida olib borilayotgan islohotlarning izchil amalga oshirilayotgani, ushbu global inqirozdan chiqish omili sifatida qarashimiz mumkin.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni to‘g‘ri va ishonchli tarzda tuzish davlat budjeti daromadlarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Bu borada Birinchi Prezidentimizning fikr-muloxazalari dikkatga sazovordir: «Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi »1.
Yuqoridagi fikrlaridan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, har bir hududda faoliyat yuritayotgan xo‘jaliy yurituvchi sub’ektlar faoliyati hududning rivojlanishida, aholining turmush faravonligining oshishiga xizmat qiladi.
Tayyor mahsulot deb barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standartlari yoki texnik talablariga javob beradigan, korxona texnik nazorati xodimi tomonidan qabul qilingan mahsulotga aytiladi. ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlashdan boshlab uni tayyor mahsulot xolida omborga kabul kilingungacha bulgan xarajatlar yigindisidan iborat buladi va ular mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning xususiyatiga karab xar xil buladi.
Xozirgi davrda, ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar asosan tuzilgan shartnomalar (buyurtma papkasi) va bozor talabini chukur va xar tomonlama o‘rganib mahsulot ishlab chiqarish, ularning turlari va xajmini belgilaydilar. Buning uchun esa yirik kompaniya, konsern va firmalarning tarkibida marketing bulimlari tashkil kilinib ular fakatgina bozorning talabi va taklifini o‘rganish, ya’ni zarur, tez sotiladigan mahsulotlarning turlarini va ularga bulgan talabni o‘rganish bilan shugullanadilar. Boshqaruv raxbariyatiga tegishli takliflarni berib ushbu xulosalar u yoki bu mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularning sifati va xajmi yuzasidan karorlar kabul kilishda asosiy urin tutadi.
Xozirgi davrda sub’ektning rivojlanishi va barqarorligida mahsulotlarni oldindan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqarish va sotish muxim urin tutadi. Ushbu tartib sub’ekt faoliyatining iktisodiy ko‘rsatkichini belgilashda va xo‘jalik faoliyatining samaradorligini belgilash va belgilangan iaqsadga muvofikligini isbotlashda asosiy ko‘rsatkichlar majmuasi hisoblanadi.
Sub’ektning mahsulotni sotish xajmi ko‘rsatkichini aniklashda unga kiymatining kelib tushishidan kat’iy nazar sotilgan va jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlari va kursatgan xizmatlarining umumiy summasidan foydalanadilar.
Tayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar sub’ektning mablag‘lari katorida hisoblangani uchun ushbu jarayon xo‘jalik faoliyatining oxirgi boskichi hisoblanadi va xo‘jalikka tegishli mablag‘larning doiraviy aylanishini ta’minlaydi. Ushbu jarayon natijasida tayyor mahsulotlar ishlab chikiladi, ular, ishlar va xizmatlar iste’molchilarga yetqazib beriladi va sub’ektga pul mablag‘lari shaklida yoki almashuv natijasida boshqa moddiy resurslar kelib tushadi. Natijada davlat oldidagi budjetga to‘lanadigan soliq majburiyatlari, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar, mol yetqazib beruvchilarga, banklarga, ishchi va xizmatchilarga va boshqa sub’ektlarga bulgan qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatini yaratadilar. Tayyor mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha belgilangan rejalarni bajarmaslik esa salbiy natijalarga olib keladi. Sub’ektning aylanma mablag‘larining doiraviy aylanishini sekinlashtiradi, iste’molchilar oldidagi majburiyatlarni bajara olmasligi natijasida jarimalar to‘lashga olib keladi, boshqa to‘lovlarni (soliq, ajratmalar, mehnat haqi va boshqalar) uz vaqtida tulay olmaslikka, umuman olganda sub’ektning moliyaviy xolatining pasayishiga olib keladi.
Sub’ektlar mahsulotni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish rejalarini tuzayotganda ushbu faoliyat natijasida olinadigan (kutilayotgan) foyda xajmini xam belgilaydilar. Chunki shartnomada kelishilgan baho kursatilganda uning tarkibiga mahsulotning tannarhi va soliqlardan tashqari tegishli mikdorda foyda summasi xam kushiladi. Bu summani shartnomada kursatilgan tayyor mahsulotlarning mikdoriga ularga kushilgan foyda summasi kushilsa umumiy kutilayotgan foyda xajmi aniklanadi. Ushbu kutilayotgan foyda summasi asosida to‘lanadigan bыnaklarning mikdori- budjetga soliq bo‘yicha to‘lanadigan summa aniklanadi.
Olingan foydaning xaqiqiy summasi esa belgilangan tartibda, asosan oyning va yilning oxirida aniklanadi- sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va kursatilgan xizmatlarning kelishilgan sotish bahosi bilan ularning tulik xaqiqiy tannarhi (ishlab chiqarish tannarhi va ularni sotish bilan boglik sarflar) urtasidagi fark summasidan kushilgan kiymat va aksiz soliqlarini chegirilgan xoldagi fark summasi hisoblanadi.
Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi tezkor buxgalteriya usuli bo‘yicha tashkil kilinadi, ya’ni xar bir mahsulot nomenklatura rakamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi (M-17 shakli). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanok, ombor xodimi xujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib kuyadi va xar bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab kuyiladi. Buxgalter xar kuni tugagan sutka uchun yoki belgilangan grafik bo‘yicha ombordan xujjatlarni kabul kilib olishi kerak (kabul kilish-topshirish yukxati, tovar-transport yukxatlari). Ombor hisobining tugri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasi asosida xar oyda tayyor mahsulotning nomenklaturasi, ulchov birligi, mikdoriga asoslangan xolda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi baholari bo‘yicha qoldiqlar aniklanadi.
Mahsulotning kirimi va chikib ketishi bilan boglik muomalalar rasmiylashtirilgan dastlabki xujjatlar ombor varakalariga yozilgandan so‘ng buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda xujjatlar tekshiriladi, guruxlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot xarakatining pul kurinishda ifodalangan hisobi buxgalteriyada ombor mudirining hisoboti ma’lumotlari asosida yuritiladi.
Xarajatlarning salmogi ishlab chikarilgan mahsulot tannarhiga, tannarh esa korxonaning daromadiga ta’sir kiladi. Shu sababli ularni tugri hisobga olish muxim axamiyatga ega. Shu iaqsadda xarajatlarning tarkibi va turlarini bilish zarur.
Xozirgi vaqtda respublikamizning xamma korxonalarida, shu jumladan, sanoati korxonalarida ularning faoliyatini hisobga oluvchi asosiy xujjat -"Mahsulot (ish, xizmat) tannapxiga kushiladigan, uni ishlab chiqarish va sotish bilan boglik bulgan xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi” Nizom hisoblanadi.
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishda katnashadigan xarajatlarni guruxlarga tugri va anik bulish buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining sifatini oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari uz navbatida bir necha kursatkichlari bo‘yicha guruxlarga ajratiladi.
Korxonalarda xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlari va favkulodda (kuzda kutilmagan) xarajatlarga bulinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari uz vazifasiga karab elementlari va kalkulyatsiya moddalariga bulinadi. Elementlari bo‘yicha guruxlash ishlab chiqarish xarajatlarini ularning iktisodiy ma’zmuniga kura aniklash va tegishli smetalar tuzish uchun xizmat kiladi. Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha guruxlash esa mahsulot tannarhini hisoblash uchun kerak buladi.
Korxonalarda xarajatlar ishlab chiqarishda katnashishiga karab ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga bulinadi. Ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita mahsulotni tayyorlash va kayta ishlash bilan boglik xarajatlar, ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga esa madaniy-maishiy ob’ektlar xarajatlari kiradi.
Korxonalarda mahsulot tannarhiga kushilishiga karab xarajatlar tugri va egri xarajatlarga bulinib, tugri xarajatlarga mahsulotni tayyorlash va kayta ishlash bilan bevosita boglik bulgan material, ish haqi va boshka xarajatlar kiradi. Egri xarajatlarga esa mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita boglik bulmagan xarajatlar, masalan, sex boshkaruv xarajatlari, asbob-uskunalarni saklash va foydalanish xarajatlari va boshkalar kiradi.
Mahsulot ishlab chiqarish xajmiga nisbatan uzgarishiga karab xarajatlar uzgaruvchan va doimiy xarajatlarga bulinadi. Uzgaruvchan xarajatlarga mikdori mahsulot ishlab chiqarish xajmining uzgarishi bilan uzgaradigan xarajatlar, masalan, xom ashyo, texnologik iaqsadlar uchun muljallangan yokilgi, energiya va boshkalar kiradi. Doimiy xarajatlarga esa mikdori mahsulot ishlab chiqarish xajmi uzgarishi bilan uzgarmaydigan xarajatlar kiradi. Unga boshkaruv xodimlarining ish haqi, boshkaruv binolarini saklash xarajatlari va boshkalarni misol kilib keltirish mumkin.
Korxonalarning uziga xos xususiyatiga kura xarajatlar tayyorlov va kayta ishlash xarajatlariga bulinadi. Tayyorlov xarajatlariga xom ashyoni sotib olish, saklash, junatish va boshka xarajatlar kirsa, kayta ishlash xarajatlariga esa mahsulotni kayta ishlab mahsulotlar olish bilan boglik xarajatlar kiradi.
Yukorida ta’kidlanganlar buxgalteriya hisobi tizimida xarajatlar turli xil yunalishdagi iaqsadlar uchun guruxlanishidan dalolat beradi. Bu narsani amaliyotda keng joriy etish boshkaruvchilarga ishlab chiqarishni boshkarish borasida asoslangan karorlarini kabul kilish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish va davr xarajatlarining ajratilishi moddiy ishlab chiqarish zaxiralari qoldiqlari kiymatini aniklash uchun zarur bulib, davr xarajatlari tegishli bulgan hisobot davrida hisobdan chikariladi va sotilmagan mahsulot, tugallanmagan ishlab chiqarish koldigida kelgusi davrlarga utkazilmaydi. Bu narsa korxonada baho siyosati soxasida asoslangan karorlarni kabul kilishda muxim axamiyatga egadir. Bundan tashqari ishlab chiqarish tannarhi va davr xarajatlarining alohida ajratib kursatilishi: a) korxonaning ishlab chiqarish faoliyati; b) ma’muriy va ishlab chiqarishdan tashqari faoliyati oxirgi natijaga kanday ta’sir kursatganligini baholash imkonini beradi.
Korxonalarida, yukorida berilgan elementlardan tashqari, xarajatlarning moddalari bo‘yicha xam hisob yuritish muxim axamiyatga ega.
Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisobga olish, u yoki bu xarajat turi kanday iaqsadlarga sarflanayotganligini bilish, mahsulotning ayrim turlari tannarhini kalkulyatsiya kilish imkonini beradi.
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (kurilgan zarar) ko‘rsatkichi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot (ish, xizmat) ko‘rsatishi bilan faoliyatiga baho berish, uni o‘rganishga yordam beradi. Ushbu ko‘rsatkichni taxlil etish orqali, korxonaning hisobot davridagi va kelgusidagi moliyaviy faoliyatiga baho beriladi. Mazkur moliyaviy ko‘rsatkich ya’ni mahsulot sotishdan olingan foyda moliyaviy hisobot №2 shakli bo‘yicha “Moliyaviy natijalar tugrisidagi hisobotda” keltiriladi.
Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan foyda, sotishdan olingan sof tushum va ushbu mahsulotning ishlab chiqarish tannarhi sifatida aniklanib, korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish tannarhini imkoniyat darajasida kamaytirish ichki va tashki omillarini izlash, topish, xamda ularni korxona xo‘jalik faoliyatiga tadbik etish zaruriyatini yuzaga keltinradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, xaridor talabini chukur o‘rganish bilan birga, bozorni xar tomonlama marketingini xam o‘rganish, o‘tqazish lozim. Aytaylik, bozorning fakat talabi o‘rganilib shu talabdan kelib chikib, taklif sifatida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chikishdi. Ammo xuddi shu taklif bilan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xam bozorga chikishlari mumkin.
Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining yana biri-asosiy faoliyatdan kurilgan foyda bulib, unga davr xarajatlari, xamda asosiy faoliyatdan kurilgan boshqa zaralar salbiy ta’sir kursatsa, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar ijobiy ta’sir kursatadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning davr xarajatlari (asosan ma’muriy boshqaruv xarajatlari) kay mikdorda, asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlar, xamda kurilgan zaralar bilan boglik ko‘rsatkichlar kancha mikdorga tengligi haqida ma’lumotlar olinadi.
Bizga ma’lumki, davr xarajatlari uch kismga bulinadi:
1. Sotish xarajatlari;
2. Ma’muriy xarajatlar;
3. Boshqa operatsion xarajatlar.
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar kuydagilar sifatida namoyon buladi:
-turli jarima, penya, xamda yetkazilgan zararlarni kondirish bo‘yicha olingan daromadlar;
-o‘tgan yillardagi, ammo hisobot yilida aniqlangan foyda;
-asosiy fond va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;
-tovar moddiy boyliklari (TMB) larini qayta baholash;
-davlat subsidiyalari sifatida olingan daromadlarni soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi;
-beg‘araz yordam sifatida olingan daromadlar;
-boshqa operatsion daromadlar.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydaga nafakat asosiy faoliyatdan olingan foyda, balki moliyaviy faoliyatdan olingan foyda, shuningdek moliyaviy faoliyat xarajatlari xam ta’sir kursatadi. Tabiiyki moliyaviyfaoliyatdan olingan daromad umumxo‘jalikdan olingan foydaga ijobiy ta’sir kursatsa, ushbu faoliyatdan xarajatlar esa, salbiy ta’sir kursatadi,
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga kuydagilar misol buladi:
-O‘zbekiston Respublikasi xududida va undan tashqarida faoliyat yurituvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ulush kushishdan olingan daromadlar, kimmatli kogozlar bo‘yicha daromadlar;
-olingan royaltilar;
-uzok muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar;
-xorijiy valyuta bilan boglik operatsiyalar bilan boglik kurs ijobiy farklari;
-moliyaviy investitsiya mablag‘larini kayta baholashdan olingan daromadlar.
Moliyaviy faoliyat bilan boglik xarajatlar esa, kuydagilar sifatida namoyon buladi:
-kreditlar, qarzlar yuzasidan to‘lovlar;
-uzok muddatli ijaraga oid foizlarni to‘lash xarajatlari;
-chet el valyutasi bilan boglik operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs farklari;
-sarflangan mablag‘larni kayta baholashdan kurilgan zararlar;
-xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning uz kimmatli kogozlarini chiqarish, xamda tarkatish bilan boglik xarajatlar.
Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlaridan yana biri soliq tulaguncha foyda bulib, unga umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda, xamda favkulodda vaziyatlardan olingan foyda ijobiy ta’sir kursatsa, favkulodda zararlar esa salbiy ta’sir kursatadi.
«Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)» moddasi bo‘yicha (100 qator) ma’lumotlar 030 - qator summasidan 040 - qator summasini ayirib tashlash 090 - qator summasini qo‘shish yo‘li bilan aniq-lanadi.

«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, jami» moddasi bo‘yicha (110 qator) ma’lumotlar 120, 130, 140, 150, 160 - qatorlar summalarini qo‘shish yo‘li bilan topiladi.


«Dividend shaklidagi daromadlar» moddasi bo‘yicha (120 qator) ma’lumotlar 9520 - «Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» schoti-dan olinadi.
«Foizlar shaklidagi daromadlar» moddasi bo‘yicha (130 qator) ma’lumotlari 9530 «Foizlar shaklidagi daromadlar» schotidan oli-nadi.
«Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)dan daromadlar» mod-dasi bo‘yicha (140 qator) ma’lumotlari 9550 - «Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)dan daromadlar» schotidan olinadi.
«Valyuta kursi farqidan daromadlar» moddasi bo‘yicha (150 qa-tor) ma’lumotlari 9540 - «Valyutalar kurslari farqlaridan daro-madlar» schotidan olinadi.
«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» moddasi bo‘yicha (160 qator) ma’lumotlari 9510 - «Royatli ko‘rinishidagi daromad-lar», 9560 - «Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar», 9590 - «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schotlari-dan olinadi.
«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar» moddasi bo‘yicha (170 qator) ma’lumotlar 180, 190, 200, 210 - qatorlarning jami aks ettiriladi.
«Foizlar shaklidagi xarajatlar» moddasi bo‘yicha (180 qator) ma’lumotlari 9610 - «Foizlar shaklidagi xarajatlar» schotidan olinadi.
«Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)» moddasi bo‘yicha (190 qator) ma’lumotlar 9610 - «Foizlar shaklidagi xarajatlar» schoti-dan olinadi.
«Valyuta kursi farqidan zararlar» moddasi bo‘yicha (200 qator) ma’lumotlar 9630 - «Valyuta kursi farqidan zararlar» schotiga oli-nadi.
«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» moddasi bo‘yicha (210 qator) ma’lumotlari 9630 - «Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar», 9690 - «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schotlaridan olinadi.
«Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)» moddasi bo‘yicha (220 qator) 100 qator summasiga 110 qator summasini qo‘shib 170 qator summasini tashlangandan hosil bo‘lgan summa yoziladi.
«Favquloddagi foyda va zararlar» moddasi bo‘yicha (230 qator) daromadi bo‘yicha ma’lumotlar 9710-«Favqulodda zararlar» schoti-dan olinadi.
«Daromad (foyda) solig‘i to‘laguncha qadar foyda (zarar)» mod-dasining (240 qator) ma’lumotlari 220-qator summasiga 230-qator summasini (foyda bo‘lsa) qo‘shib, (zarar bo‘lsa) chegirib tashlash yo‘li bilan topiladi.
«Daromad (foyda) solig‘i» moddasi bo‘yicha (250 qator) ma’lu-motlar 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» schotidan olinadi.
«Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar» moddasi bo‘yicha (260 qator) korxona tomonidan yil boshidan foyda hisobidan hisoblanib to‘langan soliq va yig‘imlar summasi aks ettiriladi.
«Hisobot davrining sof foyda (zarari)» moddasi bo‘yicha (270 qator) ma’lumotlar 240 qator summasidan 250 va 260 qatorlar sum-malarini ayirish yo‘li bilan topiladi.
Umuman olganda taqsimlanmagan foyda salmog‘ining bu darajada kamayib ketishining sabablari sifatida jamiyat tomonidan olib borilayotgan turli xil darajadagi xomiylik yordamlari, ishchi-xizmatchilarning mehnat faoliyatiga qulayliklar yaratib berish maqsadida kilingan ishlar, ishchilarning maroqli dam olishi uchun sharoitlar yaratib berayotganligi, jamiyatning moddiy – texnik bazasini rekonstuksiya qilish kabi ishlarga mablag‘larning sarf etilishi, taqsimlanmagan foyda mablag‘lari hisobidan zahira kapitallarini shakllantirish etib ko‘rsatishimiz mumkin.
Ishlab chikarish jarayoni uziga xos uzluksizlikka ega bulib, ishlab chikarishning maromiyligini ta’minlaydi. Maxsulot ishlab chikarish maromiyligi deb maxsulot ishlab chikarishning kiska davriylikda yoki teng vaktlar oraligida bir xil darajada saklanishiga aytiladi. Maxsulotlar assortimenti taxlili ularning turlar buyicha uzgarishini xarakterlasa, maromiylik davriy, teng taksimoti va ularning uzgarishini xarakterlaydi.
Ishlab chikarishning bir maromda tashkil etilishi maxsulatlar sifatiga, texnologik jarayonlar vaishlab chikarish sarflariga kuchli ta’sir etadi. Taxlilda e’tibor kuprok samarali boshkarishning muxim jixatlariga karatiladi. Ular tuzilgan reja topshiriklariga kat’iy amal kilinishi, ishlab chikarishning smenali tashkil etilishi, texnologik jarayonlarda joriy (ta’mir, kurik kabi) tadbirlarning amalga oshirilishida namoyon buladi.
Ishlab chikarish maromiyligi uzaro boglanish va mexnat taksimotidagi korxonalar faoliyatini tugri xamda bir tekisda yulga kuyishda, shuningdek, barkarorlikni ta’minlashda muxim omil xisoblanadi.
Maxsulot ishlab chikarish xajmiga narx darajasi bevosita ta’sir kursatadi. Bundan tashkari, maxsulot ishlab chikarish xajmiga turli omillar ta’sir kursatib, ulardan asosiylari kuyidagilardir:
  • xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash;


  • xodimlar mikdori;


  • mexnat samaradorligi;


  • maxsulot narxlarining uzgarishi;


  • maxsulot ishlab chikarish tabiiy xajmining uzgarishi.


Korxonada ishlab chikarish dasturida aks ettiriladigan maxsulot ishlab chikarish xajmi amaliy faollikning uta muxim kursatkichlaridan biridir. Uz navbatida, maxsulot ishlab chikarishning xajmi va tuzilmasi korxonaning barcha boshka mikdor va sifat kursatkichlariga, xususan, maxsulot sotishdan tushgan foyda, asosiy faoliyatning moliyaviy natijalariga ta’sir kursatadi.


Respublika iktisodiyotining bozor munosabatlariga utishi bilan xar bir korxona maxsulot ishlab chikarish va sotish xajmini va assortimentini mustakil belgilaydi.
Muomala soxiasidan farkli ravishda ishlab chikarish korxonalari uz maxsulotini sotadilar. Buning uchun ular birinchi navbatda biznes-rejalarida ishlab chikarish dasturini belgilab olishlari shart.
Ishlab chikarish dasturi bajarilishi taxlilining asosiy vazifasi biznes-reja kursatkichlarining asosliligini tekshirish, ularning bajarilishiga baxo berish, ushbu natijalarga turli omillarning ta’sirini aniklash, ishlab chikarishni yanada rivojlantirish uchun ichki imkoniyatlarni izlab topishdan iborat.
Korporativ boshqaruv tizimida mos keluvchi biznes-jarayonni ifodalovchi har bir jarayon – harid, ishlab chiqarish va sotuvni rejalashtirish, pul mablag‘larini boshqarish, harajatlarni hisob-kitob qilish buxgalteriya va boshqaruv hisobi registrlarida to‘planadigan tahliliy axborotdan foydalanish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan. Xususan, kutilayotgan davrda rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini (tabiiy ifodada) quyidagi formula bo‘yicha rejalashtirilgan minimal va maksimal ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich sifatida hisoblab chiqish taklif etilgan:
PGP = (PGPmin+PGPmax)/2 (1)
bu yerda tayyor mahsulotning rejalashtirilgan minimal va maksimal ishlab chiqarish hajmi (PGP) quyidagi tarzda hisob-kitob qilinadi:
PGPmin = Max(0,SGPmin – SKD (2810) + KO(2810) (1a)
PGPmax = Max(0,SGPmax – SKD (2810) + KO(2810) (1b)
Bu yerda,
-Max (qiymat 1, qiymat 2) – 1 va 2 qiymatdan maksimum funksiyasi
-SGP min - SGP max - tayyor mahsulot qoldiq me’yori
-PGPmin – belgilangan davrda tayyor mahsulot me’yoriy qoldiq zaxiralarini to‘ldirishni ta’minlovchi mahsulot ishlab chiqarish minimal hajmi;
-PGPmax – mahsulot ishlab chiqarish maksimal hajmi, bundan ortiqcha ishlab chiqarish tayyor mahsulot me’yoridan ortiqcha zaxiralarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin;
-SKD(2810) – 2810 «Omborxonadagi tayyor maxsulot» scheti bo‘yicha yakuniy debitorlik saldosi miqdori;
-KO(2810) – 2810 «Omborxonadagi tayyor maxsulot» scheti bo‘yicha rejalashtrilayotgan davrdan o‘tgan davridagi kreditorlik aylanmasi miqdori.
Ishlab chiqarish rejasi hisob-kitob natijalari bo‘yicha moliyaviy javobgarlik markazlari (MJM) va boshqaruv hisobi schetlari bo‘yicha provodka(o‘tkazma)lar shakllantiriladi.
021«Mahsulot ishlab chiqarish» balansdan tashqari scheti debeti bo‘yicha miqdoriy va pul ifodasida kutilayotgan davrda mahsulot chiqarish rejasining loyihasi shakllantiriladi, 020 «Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi» balansdan tashqari scheti krediti bo‘yicha rejadagi tannarxni shakllantirish va xarajatlarni hisob-kitob qilishda aniqlashtirilgan xarajatlar moddalari bo‘yicha tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan hajmi shakllantiriladi. Moliyaviy javobgarlik markazlari bo‘yicha analitika qaysi bo‘linma qanday hajmda ishlab chiqarish rejasini ijro etishda ishtirok etishining rejalashtirilganini ko‘rsatadi. Shunday qilib, buxgalterlik schetlar rejasi boshqaruv hisobi uchun asos bo‘lishi kerak, va shuningdek, taklif etilayotgan balansdan tashqari bo‘lgan boshqaruv schetlarda menejerlar tomonidan qararlar qabul qilish uchun ma’lumot to‘planishi zarur.
Ba’zi xisobot kursatkichlarining dasturdan chetga chikishlari sabablarini batafsil aniklash maksadida tezkor xisobot, xisob-kitob registrlari va birlamchi xisob-kitob ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Zarurat tugilib, agar mazkur korxona ishi bir tipdagi korxonalar ishi bilan kiyosiy taxlil kilinayotgan bulsa, boshka korxonalar materiallari xam kullaniladi.
Ana shu barcha manbalar bir-birini tuldirib kelganligi sababli ulardan kompleks ravishda foydalanish lozim.
Birok u yoki bu xisobot kursatkichlaridan foydalanishdan avval ularning ishonchliligini, tovar maxsulotini baxolashning tugriligini, turli xisobotchilik shakllari ma’lumotlarining uzaro boglikligini tekshirib kurish shart.
Xisobot tuzishdagi xato va kamchiliklar aniklanganida birinchi navbatda ularning bartaraf kilinishini talab kilish zarur. Shundan sung ishlab chikarish kursatkichlari taxliliga kirishiladi.
Maxsulot sotilishi taxlilining asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat:
  • maxsulot sotish rejasining bajarilishini aniklash;


  • bir necha yilda maxsulot sotish dinamikasini aniklash;


  • sotilayotgan maxsulot tuzilishi va assortimentini urganish;


  • sotilgan maxsulot xajmi va tuzilmasiga ta’sir kursatadigan omillarni urganish;


  • ushbu omillarni urganish;


  • maxsulot sotilishi xajmi va tuzilmasining daromad summasiga va rentabellikka ta’sirini aniklash;


  • maxsulot sotilishi xajmini oshirish buyicha tavsiyanomalar ishlab chikish.


Taxlil sotishdan amalda tushgan daromadni reja va utgan yil natijasi bilan takkoslashdan boshlanadi. Ma’lumotlar 2- «Moliyaviy natijalar tugrisidagi xisobot» shaklidagi moliyaviy xisobotlardan olinib, 010 va 050 satrlarida maxsulot sotishdan tushgan foyda va sotishdan tushgan sof foyda summasi kursatiladi.


Xulosa
Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham, bashorat qilishni ham inkor etmaydi va ulardan avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda foydalanishni tavsiya qiladi. Rejalashtirish va bashorat qilish menejmentning funktsiyalari bo’lib, u yoki bu vaqt oralig’ida biznes strategiyasini aniqlashga yo’naltiriladi. Bashorat qilish rejalashtirishga nisbatan ko’proq ehtimoliy xarakterga ega bo’ladi.
Rejalashtirish va bashorat qilish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Ular rivojlanish istiqbollarini belgilashda bir-birini to’ldirib turadi. Bashorat rejalashtirishning dastlabki bosqichidir.

Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: birinchidan, nimani, qaerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak, ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun qanday va qancha resurs va quvvatlar kerak bo’ladi, uchinchidan xarajatlar qay darajada qoplanadi va foyda (daromad) hajmi qanday bo’ladi. Rejalashtirishda xato va kamchiliklar qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqilayotgan reja va bashoratlarning ishonchli va hayotiyligi shunchalik yuqori bo’ladi.


Norma va normativlar rejalashtirishning muhim elementlari bo’lib, ular ishlab chiqarishning u yoki bu maqsadlariga sarflanuvchi resurslarning maksimal yoki minmial chegarasini belgilab beradi. Norma va normativlar progressiv bo’lishi va vaqti-vaqti bilan qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ko’rib chiqilishi lozim.

1



http://fayllar.org
Yüklə 54,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin