Kurs ishi mavzu: Oʻzbekistonda qatagʻonlik siyosati va uning oqibatlari mavzusida Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi


Sovet hokimiyati davrida Oʻzbekistonning ilgʻor, taraqqiyotparvar va millatchilik kuchlariga qarshi qatagʻonlik siyosati



Yüklə 298,08 Kb.
səhifə4/8
tarix07.01.2024
ölçüsü298,08 Kb.
#208261
1   2   3   4   5   6   7   8
Sharipov Shohruh YANGII

1.2 Sovet hokimiyati davrida Oʻzbekistonning ilgʻor, taraqqiyotparvar va millatchilik kuchlariga qarshi qatagʻonlik siyosati
O`zbekistondagi partiya xodimlari va davlat arboblarining yo`q qilinishi ham o`ziga xos tarzda amalga oshirildi. Butun Sobiq ittifoqda bo`layotgan qatag`on siyosati O`zbekistonni ham chetlab o`tmadi. Stalin va uning qonxo`r jallodlari o`zbek xalqining chin farzandiga nisbatan ham qatag`onlar yo`lini tutdilar. O`zbekistonda qamalmagan biror taniqli shaxs, rahbar, partiya xodimlari qoldirilmadi. Ayrimlari yaqqol ko`zga tashlanmaganlar xufiy nazoratga olindi.
Respublikada birinchi qatag`on qurboni respublika Xalq Komissarlari Soveti raisi Fayzulla Xo`jayev edi.U 1896 yili Buxoroda savdogar millioner oilasida dunyoga kelgan.Fayzulla Xo`jayev 1922-1924 yillarda Buxoro Respublikasi Mehnat va Mudofaa Sovetining raisi bo`ldi. 17
1920 yil 11 sentabrda BKP safiga kirdi.So`ngra Buxoro Komunistik Partiyasi MK tarkibiga ham kiritildi.1923 yilning boshlarida F.Xo`jayev Germaniyada bo`ladi. Maqsad el dardiga davo izlash ya`ni, Germaniyaning Buxorodagi elchixonasini ochish, Rossiyaning Buxoro Xalq Respublikasi ichki ishlariga aralashuvini oldini olish edi.
RKP(b) MKning 1924 yil 5 noyabrdagi qaroriga binoan O`zbekiston revkomi raisi etib tasdiqlandi.1925 yil 14 fevraldan 1937 yil 17 iyungacha O`zbekiston SSR XKS raisi lavozimida ishladi.
Fayzulla Xo`jayev siyosiy bilimli, madaniyatli, savdoxonli bo`lishga doim katta e`tibor bergan. Mana uning o`z yaqinlari davrasida aytgan so`zlari: "Sizlar o`qimay qo`ydinglar. O`z ustimizdan ishlamayapmiz. Madaniy darajamiz va ma`naviy qiyofamiz achinarli holatga kelib qoldi.Biz ana shu savodsizligimiz oqibatida Vatanni, Buxoroni boy berib qo`ydik. Shu sababli ham o`z Vatanimizda rahbarlik ishlarini qo`lga ololmadik va mustaqillik yo`lida aql bilan ish yurita bilmadik."
1938 yilning 2-13 martida Moskvadagi Soyuzlar uyining katta zalida F.Xo`jayev va bir guruh partiya Sovet xodimlari sud qilindi.Unga Sovetlarga qarshi, millatchi degan aybnoma qo`yildi va otib tashlandi.Keyinchalik Fayzulla Xo`jayev o`limidan so`ng oqlandi.
1938 yilning 2-13 martida Moskvadagi Soyuzlar uyining katta zalida F.Xo`jayev va bir guruh partiya Sovet xodimlari sud qilindi.Unga Sovetlarga qarshi, millatchi degan aybnoma qo`yildi va otib tashlandi.Keyinchalik Fayzulla Xo`jayev o`limidan so`ng oqlandi.
1937 yil 2-13 mart kunlari Moskvadagi Soyuzlar uyning katta zalida F.Xo`jayev, A.Ikromov va boshqalar sud qilinadi va 15 mart kuni shoshilinch ravishda qamoqxonada otib tashlanadi.Toshkendagi qamoqxonada ushlab turilgan xotini Zelkina ham 1938 yilning 7 oktabrida otib tashlanadi.Akmal Ikromovning 5ta aka ukalari va 2ta o`g`li ko`p yillar davomida qamoq va surgunlarda sarson bo`lishadi.18
1953 yil iyul Plenum qarorlari asosida tuzilgan maxsus komissiya ishi asosida 1957 yil 31 iyuldagi qaroriga asosan A. Ikromov oqlandi va partiya safiga qayta tiklandi.
Ana shunday qatag`on qilinganlardan yana biri Nazir To`raqulov bo`lib, u 1892 yilda Qo`qon shahrida o`ziga to`q oilada dunyoga kelgan.Uning otasi o`z davrining ziyoli, rus tilini yaxshi biladigan kishilardan edi.
Rus-tuzem maktabini tamomlagan Nazir To`raqulov, keyinchalik savdo bilim yurtida o`qidi.1913 yili To`raqulov savdo institutiga o`qishga kirdi.U birinchi jahon imperialistik urushida, bolsheviklar inqilobi g`alabasiga ham o`zining munosib hissasini qo`shdi.
1918 yil oktabrida Ko`qon Soveti ijroko`mi kotibi To`raqulov bolsheviklar partiyasi safiga kirdi. 1919 yil 15 avgustda Farg`ona viloyat musulmonlar organi bo`lgan "Yangi Sharq" gazetasi muharriri etib tayinlandi.
1919 yil sentabrida Nazir To`raqulov MIK raisi etib saylandi.1920 yil iyunida Turkkompartiyasi o`lka musulmonlari byurosi va chet el kommunistlarining tashkilotlari birlashdi va unga rahbarlik qilish Kuybishevning taklifiga ko`ra To`raqulov rais etib saylandi.
1922 yil iyulida To`raqulov Samarqand viloyat partiya tashkilotlaridan bolsheviklarning Butun Rossiya XII konferensiyasiga delegat qilib saylandi.Konferensiya tugagach, Moskvada SSSR xalqlari Markaziy nashriyot boshqarmasi raisi etib saylandi. O`z ustida tinmay ishlashi natijasida To`rakulov ko`p tillarni o`rganadi. Shuning uchun ham 1928 yilda diplomatik ishga o`tkazilib Saudiya Arabstonidagi «Hijoz» viloyatiga konsul qilib tayinlanadi.Bu yerda 4 yil ishlagach, 1932 yildan Sovet Ittifoqining Saudiya Arabistonidagi muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritadi. 19
1922 yil iyulida To`raqulov Samarqand viloyat partiya tashkilotlaridan bolsheviklarning Butun Rossiya XII konferensiyasiga delegat qilib saylandi.Konferensiya tugagach, Moskvada SSSR xalqlari Markaziy nashriyot boshqarmasi raisi etib saylandi.
O`z ustida tinmay ishlashi natijasida To`rakulov ko`p tillarni o`rganadi. Shuning uchun ham 1928 yilda diplomatik ishga o`tkazilib Saudiya Arabstonidagi «Hijoz» viloyatiga konsul qilib tayinlanadi.Bu yerda 4 yil ishlagach, 1932 yildan Sovet Ittifoqining Saudiya Arabistonidagi muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritadi.
Ilg`or fikrli yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilinishi.XX asrning 20-40 yillarda Cho`lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, Elbek, Rafiq Mo`min singari bir-biridan iste`dodli adiblar ma`rifat targ`ibotchilarini ham qatag`on to`lqini o`ziga tortdi. Shuningdek, o`zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Sayid Ahmad, Shukurullo «Xalq dushmani» deb e`lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib o`zlari qamoqqa olinib stalincha lagerlarga jo`natildi.
Bundan tashqari chet elda bo`lib kelgan bir qancha ziyolilarimiz Sattor Jabbor, Solih Muhammad, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova va boshqalar ham asossiz qatag`on siyosatining qurboni bo`ldilar. Ularning ko`plari shu siyosatdan bezib, chet ellarda Vatandan yiroqda qolib ketdilar.O`zbekistonda qatag`on siyosati minglab ziyolilarimizni o`z domiga torgan edi. Shundaylardan yana biri Munavvarqori Abdurashidxonovdir.
U nafaqat Toshkent jadidlari, balki Turkiston va Rossiya musulmonlari orasida ham obro` qozonadi.U fevral inqilobidan keyin siyosiy hayotda faol ishtirok etish bilan birga «Najot», «Kengash» ro`znomalarini tashkil etib ularga muharrirlik qiladi. Oktabr to`ntarishidan keyin esa Munavvarqori yangi maxsus va oliy ta`lim asoschilaridan biri sifatida faoliyat ko`rsatadi. Munavvarqori ToshDUni tashkil etishda jonbozlik ko`rsatadi. U qisqa muddat xalq maorifi bo`limida faoliyat ko`rsatadi. U ham stalincha qatag`on siyosatining qurboni bo`ladi. 1929 yili qamoqqa olinadi va uchlik hukm bilan otib o`ldiriladi.
Birin-ketin qatag`on to`lqini ko`zga ko`ringan o`zbek ziyolilarini ham yo`q qila boshladi.Shulardan biri shoir Usmon Nosir edi.U Namangan shahrida dunyoga keladi. Usmon Nosirni hibsga olishga sabab bo`lgan bahona haqidagi so`nggi vaqtda matbuotda turli-tuman fikr bayon qilindi.
Chunonchi, shoir jiyani Nodira Rashidova bir maqolasida bu haqda quyidagi so`zlarni aytgan: "1937 yilning may oyida Moskvada O`zbekiston adabiyoti va san`ati dekadasi bo`lib o`tadi. 20Delegasiya sostavida Usmon Nosir ham bo`lgan. Toshkentga bir to`p yozuvchilar poyezdda qaytishadi".Usmon Nosir: "Mana Stalinni ham o`z ko`zimiz bilan ko`rdik, hammamiz qatori oddiy odam ekan. U menga bir kerosin sotadigan do`stimni eslatdi", - deb aytdi.Holbuki, bu faqat bir joyda qayd etilmagan.
Tergov materiallari shundan dalolat beradiki,Usmon Nosirni qora kursiga o`tkazgan kishilardan biri Aleksandr Grigoryevich Lavrentyev degan rus yozuvchisidir. A.S.Pushkin vafotining 100 yiligi munosabati bilan 1937 fevralida o`tkazilgan SSSR yozuvchilar uyushmasining tantanali tadbirida bu ikki Qo`qonlik (U .Nosir va A.G.Lavrentyev) "do`st" ham ishtirok etishgan.
Usmon Nosir mehmonxonada Lavrentyev bilan turgan.Mehmonxonadagi Lavrentyev bilan qilgan suhbati chog`ida she`riyat mundarajasi pissimistlik dunyoqarashiga tayangan va shoir mavjud tuzumga oppozisiyada bo`lgan taqdirdagina haqiqiy san`at asari maydonga kelishini aytgan. Yana shu suhbat mobaynida O`zbekiston sosializm barpo etish uchun albatta SSSR tarkibida bo`lishi shart emas, turkiy xalqlar o`zaro birlashib ham sosializmga borishi mumkin, degan, "aksilinqilobiy" mulohazani bildirgan.Moskva safaridan qaytish ham Usmon Nosir uchun beiz ketmadi.U poyezdagi ozgina mayxo`rlikdan so`ng Lavrentyev bilan aytishib qolib, uni "Velikorus" deb xaqorat qilgan.
Oradan 4 oy o`tgach, Lavrentyev Usmon Nosir ustidan ariza yozib, shoirni millatchi, aksiinqilobchi sifatida aybladi.1937 yilning 12 iyunida O`zbekiston yozuvchilar uyushmasida Usmon Nosirni shaxsiy ishiga bag`ishlangan yig`ilish shoir uchun fojeali yakunlandi.O`sha kunni ertasiga DXQ 4-bo`limini Klenov va Xayruddinov familiyali xodimlari kelib Usmon Nosir uyida tintuv o`tkazadilar va uni olib ketadilar.Usmon Nosir chirkin qamoqxonalarda ham yorug`, hur kunlar kelishiga umid bilan boqib yashaydi. Yashashga bo`lgan ilinji shoirni ijod qilishga undadi. 21
Bugungi kunda: "Shoir o`sha kezda Stalinni sevmasdi, uni og`ir qismati uchun tinmay la`natlardi", - deyish juda ham to`g`ri bo`lmasa kerak. Uning "Xalqlar dohiysi"ga hurmati baland bo`lgan. Aniqrog`i uni ardoqlar va itoat etardi. Shu bois, u nomining bot — bot tilga olardi.Yoki ro`y berayotgan bedodliklardan Stalinni mutlaqo bexabar, deb anglaydi.Agarda shunday deb o`ylamaganda, unga shaxsan xat bilan murojaat etmagan bo`larmidi?! Zero, bu bilan o`zi uchun ma`lum bo`lgan xaqiqatni oydinlashtirmoqchi edi, xolos. Baxtga qarshi uning qalb nidosi qumga oqqan suv misoli izsiz yo`q bo`lib ketgan.
Sevimli shoirimiz E.Vohidov Usmon Nosir ijodiga shunday ta`rif bergan: "Qalbi keng, ko`ngli ochiq, to`g`ri so`z va jangovar shoir yigitni ko`p jihatdan Yeseninga o`xshash ko`raman".Usmon Nosir huddi ulkan rus shoiri kabi olovli, isyonkor qalb egasi, she`riyat ufqida nogohon balqigan yorug` yulduz edi.U ham yorug` dunyoni juda erta va bevaqt tark etdi.Yesenin kabi murakkab davr girdobida halok bo`ldi. 22
Usmon Nosirni olib ketishgach, undan uzoq vaqt hech qanday darak bo`lmadi, oila a`zolari undan xabar olish maqsadida kimga murojaat qilishni bilmay, boshlari qotgandi. Bir vaqtlar minglab she`riyat muxlisi tan olgan g`ark etgandek, guyo undan hamma birdan yuz o`chirgandek edi.
Nihoyat, Usmon Nosir Toshkent qamoqxonalaridan birida ekanligi aniq bo`ladi.Bir kuni shoirdan qamoqxonadan xat chiqarishga imkon tug`iladi. Unda: "Singlim Rohatxon!Uyg`unnikiga borib, mening narsalarimi yig`ishtirib ol. Madamin, Davronnikida paltoyim bor..Kerakli narsalarni to`plab, Ibrohim Nazirnikida etigim bor. Shularni olib kelib, menga kirgizib yubor, uzoqlarga ketadiganga o`xshayman", — deyilgan edi. Xatda aytilganlarga hammasi shoir buyurganlarini, berishadi, lekin Ibrohim Nazir: "Men "Xalq dushmani" singlisi bilan gaplashmayman", - deb etikni otib yuboradi. Kechagina do`stman, deb yurganlar shunday qilmishgacha yetib borgan bo`lsalar.Lekin shoirdan tonmagan tanishlari ham yo`q emas edi.
1944 yilning boshida eski tanishim toshkentlik jurnalist Farruh Ahmadiy kelib, qo`rqa-pisa Usmon Nosirdan kelgan xatni tutqazadi.Xatda: "Singlim Rohatxon, sening O`tkir Rashidga turmushga chiqqanini eshitib bag`oyat hursand bo`ldim. Sizlarga atab she`r ham yozdim.Turmushlaring yaxshi bo`lsin.Bu xatni olib borgan odamdan yomonlik kutmang, nahotki mening O`zbekistonda do`stlarim yo`q bo`lsa? Toshkent qamoqxonalarida umrbod yotishga ham roziman.
Faqat,meni bu yerdan olib ketishmasin.Yozuvchilar uyushmasiga borib murojaat qilgin. Xatni o`qigach, uni yo`qotinglar".Ming afsuslar bo`lsinkim, yozuvchilar uyushmasiga borib qilingan iltimosni ham bir chaqali foydasi bo`lmadi. Kora kunlar tushib, undan omon qaytishiga muyassar bo`lgan Tojixon Shodiyovaning xikoya qilib berishicha, shoir uzoq ayozli Magadanlarda bo`lganida oyog`ini sovuqqa oldirib qo`yibdi.So`ng uni Kemerovaga jo`natishibdi.So`ngi kunlarda shoir bedodlikka qarshi hatto ochlik ham e`lon qilgan. Og`ir xastalik bilan u qamoqxonada ko`z yumibdi.Abdurauf Abdurahim o`g`li Fitrat, Cho`lpon singari XX asr o`zbek adabiyotining eng yirik namoyondalaridan biridir.
Uning hayotiy yo`li va ijodiy faoliyati g`oyat murakkab bo`lishiga qaramay, bugun biz uni o`zbek xalqining madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan adib va alloma sifatida hurmat bilan tilga olamiz.Fitrat 1886 yilda Buxoroda tavallud topdi.U eski maktabda xat-savodini chiqargan.
Mir Arab madrasasida tahsil ko`rdi, o`zbek va tojik adabiyoti namunalarini sevib o`qidi. Diniy va dunyoviy adabiyot namunalarini berilib23 o`qidi, ong va bilimni oshirish choralarini axtardi. Jadidlar harakati o`lkada keng qanot yoyishini va tajribali rahbarlarga ega bo`lishi uchun ularni rahbarlar iste`dodli yoshlarni Turkiyaga o`qishga yuborishadi. Fitrat ham 1908 yilda Istambulga borib, 4 yil davomida ta`lim va tarbiya oladi.Uning ijodi shu yerda boshlanadi.Adibni dastlabki mashqlari-"Sayyohi hindi bayonoti" (1913) nasriy asari va "Sayxa" she`rlar to`plami (1910) Istambulda maydonga keldi.
Ularda jadidona g`oyalar bilan sug`orilgan qarashlar o`z aksini topgan.1913 yilni oxirida Fitrat Turkiyadan qaytib kelganda uning qarindosh - urug`lari hatto tanimay qolishgan.O`qishga mullavachcha qiyofasida, salla va chopon kiyib ketgan Abdurauf endi batamom yevropacha kiyinib qaytgan edi. Uni bunday holatda ko`rganlar orasida: "Esiz, shunday mullavachcha yigit to`rt yilda kofir bo`lib qolibdi", deb afsuslanganlar ham bo`libdi.Fitrat Turkiyadan ancha ilg`or qarashlar bilan qaytgan edi.Buni ustiga, 1916 yili milliy - ozodlik harakati, 1917 yilgi fevral inqilobi, oktabr to`ntarishi voqealari uning siyosiy - ijtimoiy ongining tez shakllanishga zamin hozirladi.1923-1924 yillarda Moskvada Sharq tillari institutida tahsil oladi.
"Fitratni ijodiy va ijtimoiy faoliyatining uch davrga bolishi mumkin.U birinchi davrda:1908-1918 yillarda «Yosh buxoroliklar» 24harakatining goyaviy programmasi bolib xizmat qilgan "Munozara", "Sayyohi hindi", "Rahbari najot", "Oila" kabi asarlarni yaratgan va jadid adabiyotini kozga koringan arboblaridan biriga aylandi.1918-1924 yillarni oz ichiga olgan ikkinchi davrda, Oktyabr voqealariga oz munosabatini bildirib bordi. Uchinchi davr: 1925-1937 yillarni oz ichiga oldi."
Adib yaratgan asarlarini Buxoro amirligida kasb etgan ulkan ijtimoiy ahamiyati haqida S. Ayniy shunday yozgan edi: "Munozara" davr taraqqiyotiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatdi. Bir tomondan "Munozara" dushmanlarni uyg`otib yubordi... ikkinchi tomondan, "Munozara" olimlar va yoshlar qatlamini o`ziga jalb etdi va siyosiy fikrlarni uyg`onishiga yordam berdi.
Andijondagi qatli qurbonlaridan biri "Xalq professori" degan faxriy nomga sazovor bo`lgan serqirra olim va shoir, bir qarashda ijtimoiy kurashga unchalik yaqin bo`lmagan doira vakili Husanxon Niyoziydir. Husanxon Niyoziyning qalamiga mansub maqolalar XX asr boshlaridagi davriy matbuot sahifalarida e`lon qilingan. Sovet tuzumi sharoitida ham u xalq maorifi uchun jon kuydirdi, mehnat qildi. Biroq, barcha millatparvar ziyolilarimiz qatori u ham mash`um qatag`on yillari qurboni bo`ldi.U 1956 yili KPSS XX s`yezdi qarorlariga binoan oqlandi.
Qadimda va XX asr boshlarida ham Turkiston xalqlari Rossiya, Volgabo`yi, Qrim, Kavkazorti, Kichik Osiyo, xorijiy Sharq, Misr, G`arbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalarda bo`lganlar.Bu aloqalar ayniqsa, XX asrning boshlarida katta ahamiyat kasb etdi.30-yillarda qatag`on etilgan milliy ziyolilarimiz ham ayni chog`da xorijiy aloqalarni yaxshi yo`lga qo`yish, ko`proq talabalarni chet ellarda ta`lim olish uchun chiqarish tarafdorlari edilar.Biroq, davr siyosati bunga yo`l qo`ymadi. F. Xo`jayev, T. Risqulov, A. Rahimboyev, Fitrat singari davlat arboblari, olimlar, xorijda o`qib qaytgan A.Murodiy, S. Jabbor, S.Muhammad, F.Sherahmedov, R.Rasuliy singari agronom, genetik, tibbiy olimlar.



Yüklə 298,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin