II.BOB.Pul tizimi mazmuni va bosqichlari................................. 2.1 Pul nazariyasi va pul tizimining mazmuni. …………………………………….
2.2 Pul tizimining rivojlanish bosqichlari va ularga tavsifi. ……………………………
2.3 O’zbekistonda pul tizimining tashkil etilishi bugungi kundagi holati va tahlili.. ...
Xulosa..................................... Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati............................................... Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishib iqtisоdiy islоhоtlarni amalga оshiradigan davrdan bоshlab hukumat pul-krеdit munоsabatlariga katta e’tibоr bеrib kеlmоqda, chunki birоn-bir davlat pul sоhasidagi munоsabatlarni yo’lga qo’ymasdan iqtisоdiyotni to’laqоnli rivоjlantira оlmaydi. Tashqi iqtisоdiy munоsabatlar va ichki alоqalarning Rеspublikamiz tanlagan bоzоr iqtisоdiyoti yo’liga mоs ravishda rivоjlanishi pul munоsabatlarining rivоjlanish darajasiga bоg’liqligini alоhida ta’kidlab o’tish zarur. Shu sababli birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimоv ushbu masalaning dоlzarbligiga alоhida e’tibоr bеrib: “Hech kimga sir emaski, bugun keng ko’lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri – bu banklar likvidligi, ya’ni to’lov qobiliyatining zaifligi bilan bog’liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag’larining yetishmasligi bilan izohlanadi”. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ushbu masala tog’risida “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida aytib o’tadi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi.Yetakchi olimlarning keng ilmiy izlanishlari va metadologik uslublariga tayanib. Pul tog’risidagi turli xil nazariyalar va hozirgi zamon pulining tavsifi haqda toliq o’rganish.
Kurs ishi mavzusining vazifasi. Iqtisodiyotdagi ijobiy va salbiy holatlarni yaxshilash va bartaraf etish uchun har qanday mamlakat hukumati har doim iqtisodiyotni barqarorlashtirishda aniq maqsadlarga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Buning uchun hukumat pul-kredit va soliq-byudjet siyosatini davlat makroiqtisodiy siyosatida belgilangan aniq maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashtirish.