Kurs ishi mavzu: “Qattiq jism lazerlari” Bajargan: Rajapova g qabul qiluvchi: Abdullayev d nukus 023 mundarija kirish



Yüklə 234,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix25.12.2023
ölçüsü234,43 Kb.
#194856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Rajapova G kurs ishi

Mavzuning maqsadi va vazifalari: 
Talabalarda lazerlar haqida asavvur 
paydo qilish uchun keng tarqalgan lazerlarning turlari ularning ishlash tamoyillari 
bilan tanishtirish;
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I. BOB. LAZERLARNING ISHLASH TAMOILLARI 
1.1 Lazerlar haqida ma’lumot 
Hozirgi zamonning ajoyib belgilaridan biri bu mikrozarralarning majburiy 
nurlanish berish jarayoni asosidagi lazerlarning yaratilishi va ularning kogerent 
nurlanishi asosida sanoatda turli maqsadlarga mo‘ljallangan lazerli qurilmalarning 
va texnologik komplekslarning yaratilishiga olib keldi. Ushbu kunda xalq 
xo‘jaligining turli tarmoqlarida lazerlar va lazerli texnologiyalari ishlatilmoqda. 
Xususan, sanoatda turli-tuman materiallarni kesishda, payvandlashda va 
mexanizmlarni mustahkamligini oshirishda, tibbiyot sohasida lazer nuridan tashxis 
qo‘yishda, davolash va jarrohlik jarayonida aloqa tizimida ma’lumot elituvchi 
sifatida, fan va texnika sohasida o‘lchash va tashxis qo‘yish vositalari sifatida hamda 
o‘quv jarayonida kogerent nurlanishning to‘lqin va zarracha xususiyatlarni namoyon 
etishda keng foydalanilmoqda. Ushbu lazerlarni, ular asosidagi qurilmalarni 
tushunadigan va effektiv ishlata oladigan, ularni takomillashtira oladigan hamda 
xalq xo‘jaligining turli sohalariga tadbiq eta oladigan oliy toifali mutaxassislarga 
talab ortib bormoqda. 
XX asrning 60 yillari boshida boshqa tipdagi yorug‘lik manbalari yaratilgan 
bo‘lib, ular optik kvant generatorlari (OKG) yoki lazerlar deb ataladi. Kogerent 
bo‘lmagan manbalardagiga qarama-qarshi ravishda kvant generatorning bir-biridan 
mikroskopik masofalarda bo‘lgan qismlaridan chiqayotgan elektromagnitik 
to‘lqinlar o‘zaro kogerent bo‘ladi. Bu jihatdan kvant generatorlari kogerent radio 
to‘lqinlari manbalariga o‘xshash bo‘ladi [3]. 
Nurlanishning kogerentligi optik kvant generatorlarining qariyib hamma 
xususiyatlarida ko‘rinadi. Nurlanishning to‘la energiyasi bundan istisno bo‘ladi, 
chunki bu energiya kogerent bo‘lmagan manbalardagi kabi dastavval uzatilayotgan 
energiyaga bog‘liq bo‘ladi. Lazerlarning nurlanishi kogerentligi bilan bog‘langan 
ajoyib xususiyati shundan iboratki, energiya vaqt davomida, spektrda, fazoda 
tarqalish yo‘nalishlari bo‘yicha konsentratsiyalanadi. Ba’zi kvant generatorlarining 
nurlanishi yuqori darajada monoxromatik bo‘ladi. Boshqa lazerlar davom etish vaqti 



10
-12
с ga teng bo‘lgan juda qisqa impulslar chiqaradi; shuning uchun bunday 
nurlanishning oniy quvvati juda katta bo‘lishi mumkin.
Lazerlarning yaratilishi insoniyat ilmiy-texnik taraqqiyotining o‘lkan 
yutuqlaridan biri desa bo‘ladi. Lazerlar yaratilishining boshlanishi 1916-yilga borib 
taqaladi. Usha yili buyuk fizik olim A.Eynshteyn birinchi bo‘lib, majburiy nurlanish 
tushunchasini kiritdi, va nazariy yo‘l bilan majburiy nurlanish uni majburlovchi 
nurlanishga kogerentligini (mosligini) ko‘rsatadi. 1930-yilda P.Dirak o‘zi 
tomonidan yaratilgan nurlanishning kvantomexanik nazariyasi asosida majburiy 
nurlanish va uning kogerentlik xususiyatlarini chuqurroq va aniqroq taxlil qilib, 
tushuntirib berdi. Lekin bu lazerning yaratilishi uchun yetarli emas edi. 1930 -yildan 
boshlab optik spektroskopiya sohasida ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari boshlanib 
ketdi. Bu izlanishlar natijasida atomlar, molekulalar, ionlarning energetik sathlari 
haqida ko‘plab ma’lumotlar olindi va keyinchalik turli lazerlarning yaratilishida 
ishlatildi. Bu ishlarga S.YE.Frish va V.A.Fabrikant kabi Rossiya olimlari ham o‘z 
hissalarini qo‘shishdi. 
1939-yilda V.A.Fabrikant birinchi bo‘lib, yorug‘lik nurining majburiy 
nurlanish xisobiga kuchayishining imkoniyati borligini aytdi. 1951-yilning yozida, 
u o‘zining xodimlari bilan majburiy nurlanish yordamida elektromagnit nurlanishni 
(ultrabinafsha, ko‘rinuvchi, infraqizil va radioto‘lqinlar sohasida) kuchaytirish 
uslubi uchun avtorlik guvoxnomasini olishga taklif berishgan. Bu takliflarida 
lazerlarning faol muhitini yaratishning asosiy g‘oyalari bayon etilgan edi. Lekin 
optik kuchaytirish g‘oyalaridan tashqari , uni amalda bajarish va nixoyat kogerent 
nurlarning xosil qilish uchun o‘ziga xos teskari bog‘lanishli optik rezonator bo‘lishi 
kerak edi. Usha yillarda fanning optika bo‘limida optik soha uchun rezonatorlar 
o‘ylab topilmagan edi.
Kvant elektronikasi yoki lazerlar fizikasining rivojlanishida radiofizikanig 
bo‘limi bo‘lgan radiospektroskopiya muhim omil bo‘ldi. Uning keskin rivojlanishi 
1940-yillardan boshlanib, ilmiy izlanishlar yo‘nalishi atom va molekula 
spektroskopiyasidan tashqari vaqt va chastotaning, ya’ni o‘ta yuqori chastota 
(O‘YUCH) standartlarini yaratilishga bag‘ishlangan edi. Bu ilmiy izlanishlar 



natijasida 1950-yillarning boshlarida bir-birlaridan mustaqil ravishda N.G.Basov, 
A.M.Proxorov (FIAN, Rossiya) va Ch.Tauns (AQSH, Kolumbiya universiteti) 
tomonidan majburiy nurlanish g‘oyalaridan amalda foydalanib, ammiak 
molekulasida ishlovchi molekulyar kuchaytirgich va generator (Mazer) yaratildi . 
Mazer (Maser -

Yüklə 234,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin