Kurs ishi mavzu: “Qattiq jism lazerlari” Bajargan: Rajapova g qabul qiluvchi: Abdullayev d nukus 023 mundarija kirish



Yüklə 234,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix25.12.2023
ölçüsü234,43 Kb.
#194856
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Rajapova G kurs ishi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
BERDAQ NOMIDAGI 
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI 
FIZIKA FAKULTETI 
4-V fizika guruh talabasi Rajapova Gulruxning 
“Lazer fizikasi” fanidan 
KURS ISHI 
Mavzu: “Qattiq jism lazerlari” 
Bajargan: Rajapova G 
Qabul qiluvchi: Abdullayev D 
Nukus_2023



MUNDARIJA 
KIRISH
 .................................................................................................................... 3 
I. BOB. LAZERLARNING ISHLASH TAMOILLARI
 ..................................... 6 
1.1. Lazerlar haqida ma’lumot .................................................................................. 6 
1.2. Lazerlarning ishlash prinsipi ............................................................................ 10 
II. BOB. QATTIQ JISM LAZERLARI
 .............................................................. 16 
2.1. Lazerlarning turlari ........................................................................................... 16 
2.2. Qattiq jism lazerlari va ularning afzalliklari .................................................... 21 
XULOSA
 ................................................................................................................ 28 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
 .............................................................. 30 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Hozirgi kunda lazer texnikasi eng ko‘p qo‘llanilayotgan soxa – bu lazer 
nurlanishining issiqlik ta‘siriga asoslangan materiallarni qayta ishlashdir. Lazer nuri 
universal texnologik qurilma bo‘lganligi uchun uni materiallari kesish, payvandlash, 
termik qayta ishlash, legirlash, teshiklarni yamash, ulash, tovarlik va frezerlik qayta 
ishlovlarda qo‘llash mumkin. Lazer nurlanishi energiyasini juda kichik soxada 
yig‘ish mumkin bo‘lganligi uchun uning quvvatini bir necha o‘n mikrongacha 
hajmda va bir necha pikosekundda jamlash mumkin. U qolgan joylarni isitmaslik va 
strukturalarni buzmaslik, qayta ishlash parametrlarini boshqarish, jarayonni 
avtomatlashtirish osonligi, havoda qayta ishlash mumkinligi, materialga mexanik 
ta‘sirlar yo‘qligi, chiqindilar yo‘qligi, ko‘chirish mumkinligi kabi qator o‘ziga xos 
qo‘shimcha hususiyatlarga ega. Lazer nurini ko‘chirishning aniqligi kompyuterlar 
orqali boshqariladi bu robotlar tayyorlashda foydalaniladi. Lazer texnologiyalari 
rivojlanayotgan yana bir soxa mikro qayta ishlovdir. Amalda lazerlar yordamida 
nominal rezistorlar shuningdek pezoelementlar tayyorlash, yarimo‘tkazgichlar 
sirtini implantatsiya qilish, yupqa plenkalar o‘rnatish, zonaviy tozalash, kristallarni 
o‘stirish kabi ishlar bajarilmoqda.
Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng 
rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan. Yurtimiz 
hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan 
oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-
Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali 
ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali 
Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga 
beqiyos hissa qo‘shdi [1].
 
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, 
XX asrning 40-yillaridan boshlab O‘zbekistonda fizika fanini rivojlantirish 
jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro 
mukofotlarga sazovor bo‘ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo‘lib saylandi. Eng 
muhim ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy 



maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o‘rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi 
qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi, lazer 
fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shdi.
 
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, 
ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni 
saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy 
tadqiqot hamda innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka 
yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
 
Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi 
ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni 
amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan:
 
birinchidan, yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga yetarli 
e’tibor berilmayapti, ta’lim dasturlari o‘quvchilarda mustaqil, kreativ fikrlashni 
shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha 
amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermaydi;

Yüklə 234,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin