20
Geliyning trubkadagi bosimi taxminan 1 mm sim. ust. ga, neonning bosimi
esa 0,1 mm sim. ust. ga teng. Trubkada past voltli manba yordamida qizdiriladigan
2 katod va silindrsimon bo‘sh 3 anod bor. Trubkadagi anod bilan katod o‘rtasiga 1-
2,5 kV gacha kuchlanish ulanadi. Trubkaning razryad toki bir necha o‘n
milliampermetrga teng. Geliy - noyen lazerining razryad trubkasi 4,5 ko‘zgular
o‘rtasiga qo‘yiladi. Odatda sfera shaklida ishlangan bu kuzgalar ko‘p
qatlamli
dielektrik qoplamali qilib yasalib, bu qoplamalarning qaytarish koeffitsiyenti katta
qiymatlarga ega bo‘lib, yorug‘likni qariyib yutmaydi. Bir ko‘zguning o‘tkazishi
odatda 2% ga teng, ikkinchisiiki esa 1% dan kam bo‘ladi. Neon sathlarining
invers
bandligini ta’minlaydigan jarayonlarini qisqacha muhokama qilaylik. 2-rasmda
neon atomining energetik sathlarining soddalashtirilgan chizmasi ko‘rsatilgan. (o‘ng
tomonda). To‘lqin uzunligi 632,8 va 1150 nm ga teng bo‘lgan nurlanishga Е
3
→ E
1
vа E
2
→ E
1
o‘tishlar mos keladi.
Gaz-razryad plazmasining elektronlari bilan to‘qnashish
natijasida
atomlarning bir qismi uyg‘onadi, bu hol 2-rasmda vertikal uzun-uzun strelkalar bilan
ko‘rsatilgan. Razryadning ma’lum rejimlarida Е
2
va Е
1
sathlarning invers bandligi
uchun bu jarayon etarli bo‘ladi.
Lekin
=632,8 vа
=3390 nm to‘lqin
uzunliklariga mos keladigan o‘tishlar bo‘ladigan Е
3
,E
1
va Е
3
,Е
4
sathlar invers
ravishda bandlanmagan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: