Kurs ishi mavzu: Qishloq bozor infratuzilmasi: moxiyati va uni shakllantirish muammolari


Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning mohiyati



Yüklə 58,95 Kb.
səhifə2/7
tarix13.06.2023
ölçüsü58,95 Kb.
#129232
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi mavzu Qishloq bozor infratuzilmasi moxiyati va uni s

Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning mohiyati

Agrosanoatda ishlab chiqarishning pirovard natijasi nafaqat bevosita qishloq xo’jaligining rivojlanishi darajasigagina emas, balki unga xizmat qiluvchi tarmoqlarning ham rivojlanishi darajasiga bog’liq. Qishlok xo’jaligida mahsulot hajmining ko’payishi bilan birga moddiy –texnika resurslaridan, zarur xom–ashyolardan, yordamchi materiallardan va boshqalardan foydalanish miqdori o’sib boradi. Xo’jaliklarning elektr–energiyasiga, transportga, aloqa vositalariga, mahsulotni saqlash uchun omborlar va boshqalarga bo’lgan ehtiyoji ortib boradi.


Qishlok xo’jaligi ishlab chiqarishning texnika – ta’mirlash xizmatiga, moddiy–texnika ta’minoti tashkilotiga, injenerlik, zooveterinariya, agrokimyo xizmati va boshqa xizmatlarga bog’liqligi ortadi. Bunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarining zarur miqdorini olishga moslashgan tarmoq va ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bilan bir qatorda mahsulotdan samarali foydalanishni ta’minlovchi va uni iste’molchiga yetkazib beruvchi tashkilotlarni rivojlantirish ham muhimdir. Iqtisodiyotda bunday tarmoqlar va xizmatlarningto’plamini infratuzilma deb atash qabul qilingan.
Infratuzilma deganda, iqtisodiy va ijtimoiy takror ishlab chiqarishning me’yoriy sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks tarmoq va ishlab chiqarishlar tushuniladi. U ishlab chiqarish jarayonida paydo bo’ladigan texnologik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va tashkiliy aloqalarni amalga oshirish yo’li bilan agrosanoat majmuining samarali harakat qilishga imkon beradi.
Infratuzilma jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarning ajralmas qismi hisoblanadi. U korxona va tashkilotlarniing samarali faoliyatini ta’minlaydi va agrosanoat majmuining ko’proq va sifatliroq pirovard mahsulot olishiga yo’naltirilgan.
Yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarish pirovard natijada bir tomondan asosiy ishlab chiqarish fondi va aylanma vositalar bilan, texnika bilan, jihozlar bilan, malakali mehnat resurslar bilan ta’minlash darajasiga va ikkinchi tomondan xizmat ko’rsatadigan ishlab chiqarish va xizmatlarning darajasiga bog’liq. Bular ichida agrokimyoviy, zooveterinariya, konsultativ, axborot va boshqa xizmatlar muhim rol o’ynaydi.
Infratuzilma qishlok xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning va uning samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biridir. Xom–ashyo, materiallar, tayyor mahsulotlarning o’z vaqtida yetkazib berilishi ko’p jihatdan xo’jalik oborotida bo’lgan resurslar hajmini aniqlab beradi. Infratuzilma tarmoqlarini vujudga keltirishning bosh shart–sharoiti mamlakat iqtisodiy potensialining umumiy o’sishi hisoblanadi. Agrosanoat majmui infratuzilmasini ancha tez rivojlantirishning zaruriyati uning tarkibiga kiruvchi tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni o’stirish omillarining o’zgarishi bilan bog’liq.
Industrlashtirish, kimyolashtirish, meliorasiya va ishlab chiqarishning boshqa omillarini jadallik bilan rivojlantirish, faqat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish vositalarini miqdor jihatdan ko’paytirishgagina emas, balki moddiy–pul resurslaridan ancha samaraliroq foydalanishni ta’minlaydigan xizmatlar tizimini tashkil qilishga ta’sir ko’rsatadi.
Bozor munosobatlarining rivojlanishi sharoitida infratuzilma tarmoqlari va ishlab chiqarishning vazifalari deyarli o’zgaradi. Qishloq xo’jaligini moddiy resurslar, texnika, uskunalar bilan ta’minlash tizimi tashkil topadi.
Agrosanoat majmui korxonalariga moddiy resurslarni sotish bo’yicha harakatdagi ishlab chiqarish va xizmatlar bazasida turli xil hissadorlik (aksiyadorlik) jamiyatlari, shirkatlar va boshqalar rivojlantiriladi.
Moddiy ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim vazifasi qishloq xo’jaligi korxonalarini asta–sekin ishlab chiqarishga xizmat qilish bo’yicha vazifalarni bajarishdan ozod qilish va asosiy ishlab chiqarish faoliyatini kuchaytirish hisoblanadi. Infratuzilma ishlab chiqarish hajmini ko’paytirib borish va asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun me’yoriy sharoitni yaratishga qaratilgan.
Infratuzilmaga kiruvchi tarmoqlar, ishlab chiqarish jarayoniga bir xil ta’sir ko’rsatmaydi va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida o’ziga xos o’rnini egalaydi. Shu boisdan infratuzilma tarmoqlarini, ularning asosiy belgilari bo’yicha guruhlash amaliy ahamiyatga ega. Infratuzilmalarni turlash alohida element sifatida ham va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida bir butun tarmoq sifatida ularning o’rnini aniqlash imkonini beradi. U tarmoqlararo aloqalarni o’rganishga va asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat qiluvchi tarmoqlar o’rtasida optimal nisbatni aniqlashga yordam beradi.
Infratuzilma elementlarining ko’p tomonlama harakatlarini hisobga olgan holda uni aniq bir belgi bo’yicha turlash qiyin muammo. Agrosanoat majmui infratuzilmasining barcha elementlarini to’rtta belgi bo’yicha quyidagicha guruhlash tavsiya etiladi:
1.Ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri darajasi bo’yicha:

    1. Ishlab chiqarish

    2. Ijtimoiy

2.Hududiy belgi bo’yicha:

  1. Xalq xo’jaligi

  2. Region (hududiy)

  3. Lokal

3.Tarmoq belgisi bo’yicha:

  1. Tarmoqlararo

  2. Tarmoq ichida

4.Funksional belgisi bo’yicha:

  1. Sferalar(sohalar)

  2. Qishloq xo’jaligiga xizmat qilish bo’yicha

  3. Mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish bo’yicha

Izoh: Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning samaradorligi keyingi boblarda kengroq o’rganiladi.
Xalq xo’jaligi infratuzilmasi deganda, xalq xo’jaligining samarali faoliyat ko’rsatishi uchun xizmat qiladigan tarmoq va xizmatlarning tizimi tushuniladi.
Bular, yirik infratuzilma kompleksi bo’lib, mamlakat yagona energetika tizimi, yagona transport tizimi, yagona aloqa tizimi va boshqalar hisoblanadi. Ular halq xo’jaligining elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojini qondirishga, pochta, telegraf va transport aloqalarini me’yorida ta’minlashga xizmat qiladi.
Hududiy (region) infratuzilma alohida iqtisodiy tumanlarni rivojlantirish, hududiy ishlab chiqarish komlekslarini vujudga keltirish bilan bog’langan.
Lokal yoki ishlab chiqarish infratuzilmasi alohida korxonalar faoliyatini ta’minlovchi ishlab chiqarish va elementlardan tashkil topadi. Bunga misol qilib, mashina-uskunalarga texnik xizmat ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi, energetikaga, omborxona va sovutkichlarga xizmat ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi, xo’jaliklararo va xo’jalik ichidagi qurulishlar bo’yicha tashkilotlar va boshqalarni olish mumkin.
Tarmoqlararo infratuzilma iqtisodiyotning ko’pchilik tarmoqlariga birinchi navbatda, transport, elektr ta’minoti, aloqaga xizmat qilishga qaratilgan. Tarmoq ichidagi infratuzulma aniq tarmoqning faoliyatiga moslashgan. Masalan, qishloq xo’jaligining tarmog’i sabzavotchilikni jadal rivojlantirishni urug’chiliksiz, mahsulotni saqlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratmasdan, texnika va uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat qilishni yo’lga qo’ymasdan amalga oshirish mumkin emas.
Chorvachilikda tarmoq ichidagi ishlab chiqarish infratuzilmasida muhim o’rinni veterinariya xizmati egallaydi. Bunday xizmatning zaruriyati asosan tarmoqda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalashni rivojlantirish sharoitida yuzaga chiqadi. Chorvachilikda tarmoq ichidagi infratuzulmaning vazifasi tarmoqni uskunalar, preparatlar, priborlar va asboblar bilan ta’minlash va shu asosda ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini keskin oshirish hisoblanadi.
Bevosita qishloq xo’jaligiga xizmat qiluvchi sohaga mashina uskunalarga texnik xizmat ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi tarmoq va korxonalar, shuningdek transport, meliorasiya tashkilotlari, agroximiya, veterinariya, axborot xizmati, moddiy texnika ta’minoti va elektrlashtirish tizimi kiradi.
Mahsulotni iste’molga yetkazib beruvchi sohaga mahsulotni tayyorlash, transportirovka qilish, saqlash bo’yicha tashkilotlar kiradi. Agrosanoat majmuining normal faoliyat ko’rsatishi yetarli miqdorda saqlash xonalarisiz katta hajmli va mayda idishlar bilan hamda boshqa qadoqlash materiallari bilan ta’minlamasdan turib ro’yobga chiqmaydi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi umumiy ko’rinishda ishlab chiqarishning natijasi, jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari o’rtasidagi nisbat bilan ifodalanadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini oshirishning obyektiv zarurligi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining hozirgi etapdagi bir qator xususiyatlari va doimiy harakatdagi omillarning yig’indisiga bog’liq. Bir tomonda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish oziq-ovqat va xom ashyoga bo’lgan talabning o’sib borishi va qiyinlashishi, mahsulot sifatiga bo’lgan talabning kuchayishi, ba’zi ishlab chiqarish resurslarining chegaralanganligi, ishlab chiqarish vositalari qiymatining o’zgarishi va boshqalarni ko’rsatib turadi.
Boshqa tomondan, hozirgi etapdagi jamiyatning rivojlanishi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligin oshirish imkoniyatini kengaytiradi.
Mamlakatda to’plangan iqtisodiy potensial, fan va texnikaning rivojlanishi, malakali kadrlar, ommaning faolligi, ularning tajribasi, shuningdek yuqori pirovard natijalarga ommaning moddiy qiziqishining o’sishi o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishga sharoit yaratadi, tannarxni pasaytiradi va rentabellikni oshirish imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga imkon beradi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi haqida masala ko’rilganda, «Samara» va «Samaradorlik» - tushunchalarining bir xil emasligini ko’zda tutish kerak. «Samara» termini qandaydir jarayonning natijasini bildiradi. Umumiy ko’rinishda har qanday ishlab chiqarishning samarasi shaklida uning vazifasi – ishlab chiqarishning maqsadini amalga oshiruvchi pirovard mahsulot yuzaga chiqadi. Bir tomondan, u o’z tarkibiga ma’lum davrdagi harakatdagi ishlab chiqarish resurslarining moddiy natijasi yig’indisini oladi, boshqa tomondan – ishlab chiqarishning pirovard maqsadi faqat bevosita ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarning hajmida mujassamlashgan bo’ladi.
«Samara»-qishloq xo’jaligi mahsulotlari shaklida(natura va pulda) ishlab chiqarish resursi, xarajat, foyda sferasida esa iqtisodiy, shuningdek xodimlarning yashash va ishlash sharoitini ham aks ettiruvchi ijtimoiy o’sish bo’lishi mumkin.
Lekin samara qanchalik muhim bo’lsa ham, o’z-o’zidan kishining mehnat faoliyatini to’liq xarakterlamaydi, qanday resurs(xarajatlar)lar evaziga olinganligini ko’rsatmaydi. Bir xil samara turli usul bilan, resurslardan turlicha darajada foydalanish orqali olingan bo’lishi mumkin va aksincha, bir xil resurs(xarajat)lar turli samara berishi mumkin. Shuning uchun erishilgan samarani shu samarani olishda qatnashgan resurslar(xarajatlar) bilan taqqoslash zaruriyati kelib chiqadi.
Bundan ko’rinadiki, samara(natija) deb atalgan absolyut miqdor bilan bir qatorda yana bir absolyut miqdor – qo’llanilgan yoki iste’mol qilingan resurslarning (joriy ishlab chiqarish xarajatlari) hajmini bilish zarur.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi iqtisodiy samaraning (natijaning) resurslarga(xarajatlarga) nisbati yoki aksincha usul bilan aniqlanadi:

Samaradorlik tushunchasi keng qamrovli, murakkab va turli bayon qilish ko’rinishlariga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlik tushunchasi va uning ko’rsatkichlari tizimi ko’plab xorijiy va o’zbekiston olimlari tomonidan o’rganilgan va tahlil etilgan. AQSh olimlari K.Makkonnell va S.Bryular fikricha «iqtisodiy samaradorlik..... ishlab chiqarish jarayonida qo’llanilgan kamyob resurslar miqdori bilan ushbu jarayon pirovard natijasida ishlab chiqilgan qandaydir iste’mol mahsuloti o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi». Berilgan hajmda xarajat hisobiga olingan mahsulot miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, samaradorlik shunchalik yuqori bo’ladi, va aksincha.


G’arb davlatlari agrar-iqtisodchilari, ingliz olimlari David Kolman va Trevor Yang texnik, resurslarni taqsimlashning samaradorligi va iqtisodiy samaradorlik terminlarini farqlaydilar. Ularning fikricha «.....texnik samaradorlik ma’lum bir hajmdagi xarajatlar hisobiga maksimal miqdorda mahsulot olish bo’lsa, resurslarni taqsimlashning samaradorligi esa mavjud omillar va sarflanadigan xarajatlar miqdori ishlab chiqaruvchi foydasini maksimal darajada ta’minlovchi mutanosiblikda ko’llanilishini ko’zda tutadi». Iqtisodiy samaradorlik bu ikki samaradorlikni umumlashtiriuvchi tushuncha bo’lib, matematik ko’rinishda quyidagicha ifodalanishi mumkin:
Is = Ts  RTs (1.1)
Bu yerda: Is – Iqtisodiy samaradorlik;

Yüklə 58,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin