Kurs ishi mavzu Qurutish jarayoni. Barabanli quritgichning hiso (1)
2.5. Quritgichlarning turlari. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida kamerali, tunnelli, lentali, shaxtali, sirtmokdi, mavhum qaynash qatlamli, barabanli, tebranma, jo‘vali, purkovchi, pnevmatik, ikki pogonali va boshqa kuritkichlar qo‘llaniladi.
Kamerali kuritkichlar konvektiv kurilmalar ichida eng sodda tuzilgan va qobiq 1 ichida vagonetka 2 lar joylashgan bo‘ladi.
Vagonetkalar tokchalarida nam material joylashtiriladi. Havo kaloriferda qizdirilib, ventilyator yordamida haydaladi va material ustidan yoki ichidan o‘tib namlikni bug‘latadi. Ishlatib bo‘lingan havoning bir qismi yangi xavo bilan aralashtiriladi. Bu turdagi kuritkichlar, odatda atmosfera bosimida ishlaydi. Ular kichik korxonalarda mayin rejim va past temperaturada nam materiallarni kuritish uchun mo‘ljallangan. Afzalliklari: tuzilishi sodda va ta’mirlash oson.
11-rasm. Ishlatilgan gazdan ko‘p marta foydalanish usulida kuritish sxemasi.
1 - quritkich; 2 - kondensator-sovutkich; 3 - suv ajratgich; 4 - yig‘gich.
Kamchiliklari: kamerali quritkichlarning ish unumdorligi kichik va mahsulot qurishi bir tekisda emas. Tunnelli quritkichlar. Jarayonni tashkil etish bo‘yicha bu kurilmalar
uzluksiz ishlaydigan kuritkichlar qatoriga kiradi. Bu kuritkichlar to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘ndalang kesimli uzun kameradan iboratdir (5.108-rasm). Nam material yuklangan aravachalar temir relslar ustida harakatlanadi.
Kurilmaning kirish va chiqish eshiklari zich yopiladi. Aravachalarning kuritish kamerasida bo‘lish vaqti kuritish jarayoni davomiyligiga teng. Material yuklangan aravachalarning kameradan bir marta o‘tishida nam material kuritish. Issiqpik eltkich kaloriferda qizdirilib, ventilyator yordamida kurilmaga uzatiladi.
13-rasm. Tunnelli quritgich.
1-eshikchalar; 2-gazoxod; 3— ventilyator; 4-kalorifer; 5— qobiq; 6—materialli aravacha.
Bu turdagi kuritkichlarda issiklik eltkich qisman retsirkulyasiya qilinadi. Nam material va issiqlik eltkich parallel yoki qarama — qarshi yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha kalorifer va ventilyator kuritkichning yoniga yoki tomiga o‘rnatiladi. Ishlatib bo‘lingan havo quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bu turdagi kurilmalarda, materialni aralashtirib bo‘lmaydi va qurish bir tekisda emas; tunnelli kuritkichlar o‘lchami katta, donasimon materiallarni, sabzavot, meva, makaron va boshqa mahsulotlarni quritish uchun mo‘ljallangan.
Quritgich kamchiliklari: kuritish tezligi kichik, jarayon uzoq muddatda davom etadi va bir tekisda emas.
Lentali quritkichlar uzluksiz ishlaydigan quritkichlar qatoriga kiradi
Nam material kurilmaning tepa qismidagi bunker orqali yuklanadi va konveyerning yuqori lentasiga tushadi. Odatda, ikkita baraban orasiga tortilgan lenta teshikli bo‘ladi va nam material uning ustida harakatlanadi.
Lentaning ikkinchi uchiga etganda, material pastki konveyerga to‘kiladi. Eng pastki konveyerdan, kuritilgan material chiqarish bunkeriga to‘kiladi.
Kuritilayotgan materialning bir lentadan ikkinchisi to‘kilib o‘tishi uning aralashishiga sababchi bo‘ladi. Natijada, kuritish tezligi ortadi. Ko‘pincha bunday kuritkichlar ko‘p lentali qilib yasaladi. Material va issiqlik eltkich o‘zaro kesishgan yo‘nalishda harakatlanadi. SHu bilan birga, parallel va qarama - qarshi yo‘nalishli kuritkichlar
ham ishlab chiqariladi. Bunday kuritkichlarda issiqlik eltkich qisman retsirkulyasiya qilinishi mumkin.
Havoni retsirkulyasiya va oraliq qizdirilishi tufayli lentali kuritkichlarda mayin kuritish rejimlariga erishish mumkin.
Lentali kuritkichlarning ayrim konstruksiyalarida, bir tekisda kuritishga erishish uchun, material qatlamini aralashtirish va qatlamni tekislash uchun lenta ustiga maxsus ag‘diruvchi moslama o‘rnatiladi. Kuritkichning asosiy kamchiliklari: ko‘pol, ko‘p joy egallaydi, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish murakkab, ish unumdorligi kichik va issiqlik sarfi katta.
SHaxtali kuritkichlar donador, sochiluvchan materiallarni kuritish uchun ishlatiladi (14-rasm). Issiqlik eltkichni uzatish uchun kuritkichning o‘qi bo‘ylab trubalar o‘rnatilgan.
Trubalarning ikkinchi uchida issiqlik eltkichni bir xilda taqsimlash uchun jalkplar o‘rnatil gan. Issiqlik eltkichni uzatish va sirkulyasiya qilish sistemasi kuritish
hajmini ikkita zonaga bo‘ladi. Birinchi zonada ikkinchisidan chiqayotgan issiqlikdan foydalaniladi.
Birinchi zonada asosan sirtiy namlik, ikkinchisida esa - ichki namlik yo‘qotiladi.
Ikkinchi zonaga yuborilayotgan issiqpik eltkich dastavval shu zonadagi kondensatorda qisman kuritiladi. Quritkichning tepa qismida ikkila oqim bir-biriga aralashib ketadi va kaloriferda qizdirilgandan so‘ng, gazoduvka yordamida quritkichning birinchi zonasiga uzatiladi. Quritilgan materialni to‘kish uzluksiz ishlaydigan tokchali qadoqlagich yordamida amalga oshiriladi.