II. Adabiyotlar sharhi 2.1. Ramzinning nam havo 1-x diagrammasi. Quruq havoning suv bug’i bilan aralashmasi nam havo deb nomlanadi. Nam havo absolyut va nisbiy namlik, nam saqlash, entalpiya, quruq va hol termometr temperaturalari, partsial bosim kabi xarakterlanadi.
Absolyut namlikdeb 1 m3 nam havo hajmidagi suv bug’i (kg) miqdoriga aytiladi.
Nisbiy namlik deb havo absolyut namligining, to’yinish paytidagi absolyut namlik nisbatiga aytiladi:
φ =Pb/Pm (1)
Nam saqlash deb 1 kg absolyut quruq havoga to’g’ri keladigan suv bug’lari (1 kg) miqdoriga aytiladi.
x =mb/maks=Pb/Paks (2) Entalpiya termodinamik sistemaning holat funksiyasi bo’lib, I harifi bilan belgilanadi.
Nam havo entalpiyasi quruq havo bilan shu nam havoda bo’lgan suv bug’ining entalpiyalari yig’indisiga teng:
I = caks· t + xIb (3) bu yerda caks– absolyut quruq havoning o’rtacha temperaturasi; caks= 1000 J/(kg · K); Ib– suv bug’ining solishtirma entalpiyasi, J/kg.
Isitish, sovitish va quritish jarayonlarida havoning asosiy xossalari o’zgarishi tasvirlangan va texnik hisoblashlar uchun yetarli aniqlanadi. L.K. Ramzinning entalpiya diagramasi yordamida aniqlanishi mumkin.
I – x diagramma o’zgarmas bosim p = 745 mm.sim.ust. (-99 kPa) uchun qurilgan (1-rasm). Diagramma entalpiya I (ordinate o’qi) nam saqlash x (abscissa o’qi) koordinatalarida qurilgan.