Kurs ishi mavzu: Qurutish jarayoni. Barabanli quritgichning hisobi Bajardi


-rasm. Kapillyar – g’ovakli jismda massa almashinish modeli. 2.3



Yüklə 178,59 Kb.
səhifə5/10
tarix25.12.2023
ölçüsü178,59 Kb.
#196210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi mavzu Qurutish jarayoni. Barabanli quritgichning hiso (1)

5-rasm. Kapillyar – g’ovakli jismda massa almashinish modeli.


2.3. Texnologik uskunalarni tanlash va ularga quyiladigan talablar. Mashina va apparatlarning kerakli sonini aniqlash

Texnologik uskunalarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak. Uskunalar uzluksiz ishlaydigan, konstruqtsiyasi oddiy, oson boshqariladigan, kam miqdorda bug’, elektrenergiya, suvni sarflaydigan bo’lishi shart. Tanlangan uskunalarni tozlash, remont qilish oson, xom ashyoni to’liq qayta ishlab, chiqindilar va yuqotishlar kam, ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori sifatli bo’lishi shart.


Apparatlar qilingan material tez topiladigan, arzon bo’lib, zanglamaslik kerak va mahsulot sifatiga ta‘sir qilmaydigan bo’lishi kerak.
Masalan, tomat-pasta ishlab chiqariladigan liniyada mis uskunalari po’latga almashtirildi. Murabbo, jem, povidlo kabi mahsulotlarni tayyorlash uchun esa misdan yasalgan uskunalar qo’llaniladi. Ularda issiqlikni o’tkazish koeffitsienti yuqori bo’ladi, shu sababli pishirish jarayoni tez o’tadi, shakarning yuqori kontsentratsiyasi esa misning zanglashiga tuskinlik qiladi.
Uskunalar avtomatik, yarim avtomatik va avtomatik bo’lmaganlarga ajratiladi. Avtomatik uskunalarning o’lchamlari kichik, ishlab chiqarish quvvati esa yuqori bo’lganligi sababli ularni ishlatish qulayrok hisoblanadi. Lekin uskunalar tanlaganda ularni to’liq ishlatilishi ham hisobga olinadi. Ayniksa, vakuum-bug’latish apparatlar (tomat-pasta, murabbo, povidlo ishlab chiqarish uchun), qovurish qozonlar, presslar, blanshirovatellar, yopish mashinalar, sterilizatorlardan to’liq foydalanish juda muhim.
Loyihada tanlangan uskunalarning texnik tavsifi beriladi.
Uskunalarning texnik tavsifi
Uskunalarning texnik tavsifiga quyidagi ko’rsatgichlar kiradi:
-Ishlab chiqargan korxona va markasi (shartli belgisi)
-Uskunaning ishlab chiqarish quvvati, massa, hajm yoki dona birligida vaqtning aniq bir muddatida (ko’pincha 1 soatda).
-Uskunaning gabaritlari ( buyi,eni,balandligi).
-Kerak bo’lgan elektroenergiya quvvati.(elektrodvigatel uchun).
-Isitish yo’zasi.
-Mashina yoki apparatning og’irligi (massasi).
Texnologik uskunalar maxsus texnika adabiyotlardan va kataloglardan tanlanadi. Loyihada har bir apparatning kerakli soni aniqlanadi.

Yüklə 178,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin