Boshlang’ich sinf matematika ta’limi jarayonida kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tadbiq etish muammosi yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilib quyidagi xulosalarga kelindi.tadqiqot mavzusi yuzasidan adabiyotlar o’rganilib, o’qituvchilar ish tajribasi kuzatilib, matematikadan kompyuterli ijdiy topshiriqlar tizimini yaratish metodik muammo ekanligi asoslandi;boshlang’ich sinf matematika ta’limida tadbiq etiladigan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tasniflandi. Bunday topshiriqlar tasnifi sifatida quyidagilarni kiritish mumkin: O’quvchilar tomonidan mustaqil misol va masalalar tuzish, topshiriqlarni biror belgisiga ko’ra sinflarga ajratishga doir,taqqoslashga doir,ma’lumotlari yetishmaydigan va ortiqcha bo’lgan masalatopshiriqlar,masalalarni turli usullarda yechishga doir, ko’p yechimli masalatopshiriqlar, nostandart masalalar, geometik mazmunidagi masala topshiriqlar,mantiqiy masalalar, muammoli masala-topshiriqlar, ifoda, tenglama va tengsizliklar tuzilishiga doir topshiriqlar; boshlang’ich sinf matematika ta’limida tadbiq etiladigan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini tuzish tamoyillari tavsiflandi: kompyuterli ijodiy o’quv topshiriqlarining o’quv materiali mazmuniga tengligi, kompyuterli ijodiy o’quv topshiriqlarining o’quvchilar yoshi, qiziqishi, real o’qish imkoniyatlariga mosligi tamoyili, kompyuterli ijodiy topshiriqlarning ta’lim jarayoni bosqichlariga teng kuchliligi tamoyili, topshiriqlarning bir-biriga bog’liqligi tamoyili, o’quv topshiriqlarining bir-birini to’ldirishi tamoyili, o’quv topshiriqlarining kompleksligi tamoyili;boshlang’ich sinflarda matematika ta’limida kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini tatbiq etish metodikasi ishlab chiqildi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Bikbayeva N. U. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996 yil
2.Jumayev M. E., Tadjieva Z. G’. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” Toshkent, 2005 yil