I. O’quvchilar tomonidan misol va masalalar tuzish hamda ularni o’zgartirishga doir topshiriqlar.
Bunday o’quv topshiriqlarini bajarishda o’quvchilar misollar mazmuni ustida o’ylash va nazariy savollarga javob izlashga majbur bo’ladilar. Bu xil topshiriqlarning muhim xususiyatlaridan biri o’quvchini mustaqil fikrlash, izlanish, ishga ijodiy yondashishga undaydi.
II. Misol va masalalarni biror belgisiga ko’ra sinflarga ajratishga doir topshiriqlar.
Ularni mazmuni va tuzilishiga ko’ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.Topshiriqlarni javobiga qarab sinflarga ajratishga doir topshiriqlar
2.Sonlar qatoridagi qonuniyatni topishga doir topshiriqlar
3.Bajarilayotgan misolda qonuniyatni topishga doir topshiriqlar
4.Kombinatorik xarakterdagi masala-topshiriqlar
Kombinatorika tushunchalaridan yana biri – bu guruhlashdir. Guruhlash deganda berilgan chekli to’plam elementlaridan tuzilgan to’plam ostilar tushuniladi. Boshlang’ich sinf o’quvchisini berilgan to’plam elementlaridan to’plam ostilarni tuzishga doir topshiriqlar bilan tanishtirib borish orqali ularda mustaqil fikrlash ko’nikmasi tarkib topishi, kombinatorik mazmundagi topshiriqlarni to’g’ri va to’liq bajarish malakasi hosil bo’lishini tajriba ko’rsatmoqda.

Kombinatorik mazmundagi topshiriqlarni bajarishda o’qituvchidan katta mas’uliyat talab qilinadi. Birinchidan, berilgan topshiriqning kombinatorik topshiriq ekanligini aniqlash; ikkinchidan, kombinatorik topshiriqlarning qanday turiga mansubligini bilish: (o’rinlashtirish, o’rin almashtirish, guruhlash); uchinchidan, topshiriqning natijasini bilish (kombinatorikaga oid formulalardan foydalanib); to’rtinchidan, o’quvchi tomonidan kombinatorik topshiriqning bajarilishini nazorat qilish.