1.2. Boshlang’ich sinflarda matematikadan komyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanishning holati
1.2. Boshlang’ich sinflarda matematikadan komyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanishning holati
Ushbu paragrafda boshlang’ich sinf matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanishni tizim sifatida qarab, ijodiy topshiriqlarning o’ziga xos tomonlarini ajratishga, maktab o’qituvchilarining kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tatbiq etish to’g’risidagi fikrlarini inobatga olib, darsliklarni metodik tahlil qilishga harakat qilamiz.
Dastlab so’rovnoma natijalarini keltiramiz. Boshlang’ich sinf matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanish muammosi yuzasidan 32 ta boshlang’ich sinf o’qituvchisi, 120 nafar boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr bitiruvchisi, 164 nafar boshlang’ich (III-IV) sinf o’quvchisi bilan so’rovnoma ishlarini olib bordik. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi va boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalari uchun har birida 10 ta savol bo’lgan so’rovnoma tuzildi.
«Siz ijodiy topshiriq deganda nimani tushunasiz?» deb berilgan savolga so’rovnomada ishtirok etgan boshlang’ich sinf o’qituvchilari va talabalarning 58% i «o’quvchi tomonidan misol, masalalar tuzish va uni yechish», «mantiqiy topshiriq», «o’quvchi tomonidan ular uchun biror «yangilik»ka olib keluvchi topshiriq» degan javoblarni keltirishgan, 42% o’qituvchi-talabalar bu savolga umuman javob berishmagan.
II BOB. BOSHLANG’ICH SINF UCHUN MATEMATIKA TA’LIMIDA
II BOB. BOSHLANG’ICH SINF UCHUN MATEMATIKA TA’LIMIDA
2.1. Boshlang’ich sinf matematika ta’limida tadbiq etiladigan ijodiy topshiriqlar tasnifi
Metodik adabiyotlarni o’rganish, ilg’or pedagogik tajribalarni tahlil qilish, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish sharoitida ijodiy topshiriqlarning quyidagi turlarini ajratish lozimligini tasdiqladi.