Kurs ishi mavzu: Sinf rahbarining oila va jamoatchilik


O‘smirlarning kattalar bilan bo'ladigan muloqoti



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə4/10
tarix16.01.2023
ölçüsü120,5 Kb.
#79403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu Sinf rahbarining oila va jamoatchilik

1.2. O‘smirlarning kattalar bilan bo'ladigan muloqoti
Naslimiz davomchilarini nafaqat jismonan baquwat, balki ma’naviy boy, yangi davr talabiga javob beradigan, muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muam- molaridandir. «Ta’lim to'g'risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga birlamchi e’tibor qaratilgan. Shunday ekan, o'smir yoshlarni muloqot jarayonida mustaqil flkrini erkin ifodalash malakalarini va ularning tanqidiy fikrlashini shakllantirish psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, XXI asrda yashaydigan har bir insonning tanqidiy fikrlashi uchun awalo muloqotga o'rgatish zarur. O'smirlami muloqotga o'rgatish uchun ularga psixologik, pedagogik adabiyotlami o'qishni tavsiya qilish, muloqot jarayonida yoshlar faoliyatini kuzatish, fikrlash doirasini aniqlash va shu jarayonda psixologik o'yinlar, mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir.
Maktabning o'rta va yuqori sinflarida yozma nutq mazmunli, ta’sirli bo‘lib, grammatik jihatdan tobora to‘g‘ri, mukammal tuzilib boradi va natijada bunday nutq og'zaki nutqning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bolalar nutqi bevosita kattalar nutqi ta’sirida o‘sadi. Shuning uchun 0‘qituvchi nutqi o‘quvchilar nutqini o'stirishda namuna bo'lib xizmat qilishi kerak. O'quvchilar tafakkurini rivojlantirmay, ulaming nutqini o'stirib bo'lmaydi. Og'zaki gapirish, bayon yoki insho yozishda o'quvchilarning reja tuzib olishlariga e’tibor berish kerak. Yozma va og'zaki nutqni o'stirish uchun kitob ustida muntazam ishlash, o'qigan matnlaming tezisi (asosiy mazmuni)ni, konspekti(qiqacha matn bayoni)ni tuzish, ma’ruza, referatlar tayyorlash, adabiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrashish muhim ahamiyatga ega. Nutq shartli reflekslar paydo bo'lishining umumiy qonunlari asosida o'sadi. Agar kishi biror bir tovushni noto'g'ri talaffuz qilishga o'rganib qolgan bo'lsa, unda bu kamchilikni tuzatish qiyin bo'ladi. Shuning uchun bolalarda yoshligidanoq ijobiy nutq odatlarini tarbiyalashga ahamiyat berish zarur. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri — muloqotga bo'lgan ehtiyoj. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj qondirilmasa, ong ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo'lgan ehtiyojimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir muloqotdan qoniqish, ba’zi hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Katta yoshdagi kishilar rasmiy va norasmiy munosabatlarga kirishadilar. Rasmiy munosabatlar ish, xizmat yuzasidan bo'ladi. Norasmiy muloqot esa ishdan boshqa paytlarda, uyda (oila), mahallada, ko'cha-ko'ylarda bo'ladi. Kattalar muloqotida ko'pincha muloqot madaniyati amalga oshiriladi, ya’ni bir-birlarini hurmat qilish, ishonish, anglash kabilar. Ammo ba’zi paytlarda muloqot buzilishi ham mumkin. Chunki ular ham ayrim paytlarda bir-birlarini tushunmasdan xafa qilib qo'yishlari, ko'ngilga og'ir botadigan gaplar aytib yuborishlari, natijada nizolarni keltirib chiqarishlari mumkin. Agar muloqot madaniyati kishilarda yaxshi shakllangan bo'lsa, ular bir-birlarini tushunishlari oson kechadi. Muloqot madaniyati yoshlikdan oilada, ijtimoiy muhit ta’sirida, o'z- o'zini anglash, tarbiyalash jarayonida shakllanishi mumkin. Biz kattalar yoshlarga namuna, ibrat bo'lishimiz bir-birimizga bo'lgan muloqotimizdan kelib chiqadi. «Oltin so'zlar» (azizim, aylanay, o'rgilay, juda ham ajoyibsiz, bugun boshqachasiz, ochilib ketibsiz, kiyimingiz juda yarashibdi kabi) dan kundalik hayotimizda ko'proq, ammo o'mi kelganda foydalanishimiz zarur. Kattalar muloqotiga yoshlarning taqlid qilishlari orqali ularda muomala san’ati, madaniyati shakllanib boradi. Ayniqsa, oilada biz bu holatlarga e’tibor berishimiz kerak. Chunki «qush uyasida ko'rganini qiladi», degan naql bejiz emas.
Kattalar bir-birlariga verbal (og‘zaki), noverbal va paralingvistik ta’sir ko'rsatadilar. Biz vaqti kelganda imo-ishora, mimika, pauzalar orqali ham bir-birimizga ta’sir eta olamiz. Bir so‘z bilan ham xursand, yoki xafa qila olamiz. Shuning uchun doimo kattalar bir- birlariga samimiy munosabatda bo'lishlari lozim. Muloqot turli yoshlarda o'ziga xos bo'ladi. Masalan, kattalar ma’lumotlariga, yoshlariga, jinslariga, kasblariga qarab muloqotda bo'ladilar. Keksalar muloqoti o'ziga xosdir. Ular xuddi kichik bolalardek izzattalab, injiq, e’tibortalab bo'lib qoladilar. Keksalarga ehtiyotkor bo'lib muomalada bo'lish zarur, chunki ulaming ko'ngillari nozik bo'ladi. Ularga ko'ngillarini ko'taradigan so'zlarni ko'proq qo'llash zarur. Demak, har bir yosh guruhiga kiradigan kishilar, shu jumladan, kattalar ham o'ziga xos muloqotga kirishadilar. Muloqot har bir davrga xos holda amalga oshiriladi.

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin