Kurs ishi mavzu: “Tabiatning sogʻlomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillar Bajaruvchi: Ilmiy raxbar: Jizzax- 2023 yil


Jismoniy mashqlarni taʻsini belgilovchi omillar



Yüklə 199 Kb.
səhifə5/6
tarix22.05.2023
ölçüsü199 Kb.
#119540
1   2   3   4   5   6
Gapparov A...

4. Jismoniy mashqlarni taʻsini belgilovchi omillar.
Har xil jismoniy mashqlarning samarasi turli xil yoki turli xildagi jismoniy mashqlar bir xil tarbiyaviy ta’sir koʻrsatishi amaliyotda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar doimiy bir xil ta’sir xususiyatiga ega emasligining isbotidir.
Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarali ta’sirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quydagicha guruhlanadi:
1. Oʻqituvchi va oʻquvchilarning shaxsiy tavsifi omili. Taʻlim jarayoni ikki tomonlama — oʻquvchilar oʻqiydi, oʻqituvchi oʻqitadi. Shuning uchun jismoniy mashqlarning ta’siri keng darajada kim oʻqitayotganligiga va kimlarni oʻqiyotganligiga, axloqiy sifatlariga va iqtidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayyorgarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, qiziqishi, harakat faolligi hamda boshqalarga bogʻliq.
2. Ilmiy omillar — jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini tomonidan anglanishi meʻyorini xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyatlari qanchalik chuqur ishlab chiqilgan boʻlsa, pedagogik vazifalarni hal qilish uchun ulardan shunchalik samarali foydalanish mumkin.
3. Metodik omillar — jismoniy mashqlardan foydalanishda amal qilinadigan juda keng qamrovdagi talablar guruhini umumlashtiradi.
Jismoniy mashqni oʻqitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifani hal qilish uchun qoʻllanayotgan usuliyat (jismoniy qobiliyatni ochsin, oʻzlashtirishni osonlashtirsin) masalan, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda quyidagilar hisobga olinadi, birinchidan jismoniy mashqdan kutilayotgan samara, yaʻni bu mashq bilan qanday vazifalar (bilim berish, tarbiyalash, yoki sogʻlomlashtirish)ni hal qilish; ikkinchidan, jismoniy mashqni tuzilishi, statik yoki dinamik mashqmi, siklik, atsiklik harakatmi yoki boshqasimi; uchinchidan, mumkin boʻlgan takrorlash usuliyatlari (boʻlaklarga ajratib yoki mashqni toʻla bajarish bilan oʻrgatish maqsadga muvofiqmi, takrorlashlar oraligʻida aktiv dam olishni qoʻllash kerakmi yoki passiv dam olishni ta’minlay oladimi va hokazolar). Jismoniy mashqlarning bunday xarakteristikasi qoʻyilgan pedagogik vazifalarni hal qilish uchun jismoniy tarbiya vositalari va metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jismoniy mashqlarning samarasi optimal yuklamani belgilay olish orqaligina boʻlishi mumkin. Faoliyatda yuklamaning davomiyligi hamda uning intensivligi, takrorlash chastotasi (interval va dam), takrorlashlar oraligʻidagi dam olishning xarakteriga bogʻliq. Yuklamani boshqarishda yuqorida koʻrsatilayotgan hollarning oʻzaro munosabati hisobiga olinishi shart. Masalan, mashqning bajarilish davomiyligining ortishi uning intensivligining pasayishiga olib kelishi qonuniyati bilan belgilangan.
Jismoniy mashqning natijasi uning ijro usuliga bogʻliq. Masalan, arqonga uch usul bilan tirmashib chiqish erkin usul bilan tirmashib chiqishdan samaralirokdir, chunki uch usul qoʻllanganda balandrokqa chiqish imkoni boʻladi.
Jismoniy mashq bajargandan soʻng organizmda maxsus funksional oʻzgarish vujudga keladi va u ma’lum vaqtgacha organizmda iz qoldiradi, saqlanib turadi. Vujudga kelgan oʻzgarish fonida keyingi mashqning ta’sir samarasi yanada boshqacharoq boʻlishi mumkin. Dastlabki va soʻngi mashqda mashgʻulot samaradorligi ortishi yoki pasayishi mumkin. Masalan, diqqat uchun mashqlar navbatidagi qiyin koordinatsiya talab qiluvchi harakatlarni bajarishni osonlashtirsa, dumbalok oshish mashqlaridan soʻng muvozanat saqlash mashqlarini oʻzlashtirish kiyinchiliklarga sabab boʻlishi mumkin. Ta’sirning oʻz yoki kuchlilik darajasi oʻzining chuqurligi va davomiyligi, oʻquvchi holati uning jismoniy, aqliy tayyorgarligi va hokazolarga bogʻliq. Mashqlar ta’sirining kompleksini ishlab chiqish harakat faoliyatining asosiy ta’siri samarasini hisobga olishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy tarbiya jarayoni mashqlar ta’siri tizimini har bir yosh guruhi uchun ishlab chiqishni taqazo etadi.


XULOSA
Jismoniy tarbiyaning mazmuni, uning vositalari va shugʻullanuvchilarning
yoshi, jinsi, salomatligi hamda jismoniy tayyorgarligiga qarab qoʻllanish usullari alohida ishlab chiqilganligi, ularning amalda keng qoʻllanilayotganligi e’tiborga loyiqdir. Bular orasida sogʻlomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va unda foydalaniladigan vositalar, usullar oʻz mazmun mohiyatiga egadir.
Jismoniy tarbiya mashqlarining inson tanasiga ijobiy ta’sir etuvchi va rivojlantiruvchi xususiyatlari haqida yuqorida bir muncha qayd etildi. Shu sababdan bevosita sogʻlomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tushunchasiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino, taniqli rus olimi M.I.Sarkisov- Sornzini hamda iste’dodli oʻzbek olimi T.S. Usmonxoʻjaevlarning
tabiri bilan aytganda, jismonan zaif, kasalmand bolalar va katta yoshdngi kishilarni jismoniy mashqlar orqali davolash-tarbiyalash, shuningdek sogʻlom kishilarni jismoniy rivojlantirishda qoʻlIaniladigan turli -tuman mashqlar, ularni qoʻllash usullarini sogʻlomlashtiruvchi jismoniy tarbiya deb tushuniladi.
Bundan shunday mazmun va maʻno kelib chiqadiki, faqat davolash muassasalari, shifoxonalardagina emas, balki eng avvalo har bir oila, bolalar bogʻchalari, o ʻquv yurtlari, aholi istiqomat joylari, dam olish va istirohat bogʻlari, sport inshootlarida sogʻlomlashtiruvchi ommaviy jismoniy tarbiya sport tadbirlarining tashkil qilinishi sogʻlomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning mohiyatini ochib beradi. E’tirof etish zarurki, sport turlari bilan shugʻullanuvchilaming mashgʻulotlarida ham sogʻlomlashtiruvchi vositalar, tadbirlar oʻz mazmuni, vazifasi va oʻrniga egadir. Ya’ni sportchilarning ixtisos (sport turi) qaysi sohada boʻlmasin, ularning har tamonlama ravnaq topishi, jismonan chiniqishida jismoniy tarbiya vositalari asosiy oʻrinni egallaydi. Ayniqsa sportchilarning toliqishi, charchashi, jarohat olishi va boshqa faoliyatlarda ixtisosliklaridan tashqari (maxsus mashqlar) sogʻlomlashtiruvclil mashqlar, oʻyinlar, uqalash (massaj) va hokazo-lardan foydalaniladi. Jismoniy va aqliy mehnat bilan shugʻullanuvchilarning harakat faoliyatlarini nazarda tutgan holda ularning qobiliyatini taʻminlovchi jismoniy mashqlar, turli xil oʻyinlar, sayohatlar sogʻlomlashtirish vazifasini oʻtaydi, hamda sihat-salomatlikni ta’minlaydi.

Yüklə 199 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin