Kurs ishi mavzu: “Tabiatning sogʻlomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillar Bajaruvchi: Ilmiy raxbar: Jizzax- 2023 yil


Tabiat omillari va ular yordamida chiniqtirish



Yüklə 199 Kb.
səhifə3/6
tarix22.05.2023
ölçüsü199 Kb.
#119540
1   2   3   4   5   6
Gapparov A...

2. Tabiat omillari va ular yordamida chiniqtirish.
Tabiat omillari va ular yordamida chiniqtirish.Tabiatning sogʻlomlashtiruvchi kuchlari-quyosh radiatsiyasi, havo va suv shuningdek gigiyenik omillar (shaxsiy va jamoat gigiyenasi talabalariga rioya qilinishi) jismoniy tarbiyaning oʻziga xos vositasi sifatida xizmat qiladi, ular shugʻullanuvchining jismoniy mashqlariga yanada samarali ta’sir koʻrsatadi. Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sogʻlomlashtirish kuchidan mashgʻulotlarni samarali tashkil etish va oʻtkazish hamda chiniqish vositasidan foydalaniladi. Tabiat kuchlari sogʻliqni mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishning muhim vositasi. Ular harakatlar va mashqlarni organizmga ijobiy ta’sirini ortiradi. Tabiatning kuchlaridan maxsus davo sifatida ham foydalaniladi. Sogʻlomlashtirish kuchlarning ta’siri kishi organizmini chiniqishi xususiyatini orttirishga qaratilgan. Sogʻlomlashtiruvchi kuchlar ta’sirida yurak qon tomiri, nerv, modda almashinish, tayanch harakat aparati, boshqa organizmlar sistemasini ish faoliyatini yaxshilaydi va ularni chidamliligini orttiradi.Chiniqish deganda organizmning tashqi ta’sirlariga, sovuqqa, issiqqa, quyoshning kuchli nuriga qarshiligining asta-sekin osha borishi tushuniladi. Organizmning chiniqishi, shamollash va yuqumli kasalliklar, xususan gripp infektsiyasiga qarshi tura olishida namoyon boʻladi. Havo,suv va quyosh chiniqishning asosiy tabiiy vositalari hisoblanadi. Chiniqish, havo, quyosh vannasi, suv muolajalarining organizmga ta’sir koʻrsatishidir. Ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish, mos haroratni saqlash, yoshlikdan boshlab oʻzini toza havoda koʻp boʻlishga hamda sovuq suvga koʻniktirish, juda issiq kiyinmaslikka, shaxsiy gigiyena qoidalariga ogʻishmay amal qilishga oʻrganish, bularning barchasi sogʻlikni mustahkamlaydi, organizmning tashqi muhitning noqulay ta’siriga barqarorlikni oshiradi. Quyosh vannasi qabul qilish qoidalari: Quyosh radiatsiyasi organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi. Bu bilan jismoniy tarbiya jarayonining ta’siri ortadi. Yozda suzish va choʻmilishdan soʻng quyosh vannalarini qabul qilish yaʻni quyoshda toblanish terida D vitamin hosil qiladi bu bilan tayanch harakat apparati, muskul tizimi faoliyati kuchayadi, organizmni kasalliklarga chidamliligi ortadi. Quyosh vannasini yotib, boshni toʻsgan holda qabul qilgan maʻqul. Quyosh vannasi bahavo joyda qabul qilinishi kerak. Quyosh vannasi kunning birinchi yarmida, ovqatlanishga bir yarim soat qolgungacha yoki undan 1,5-2 soat keyin qabul qilingani maʻqul. Quyosh nuri ostida boʻlishni dastlab 8-10 daqiqa davom ettirish, soʻng bu muolajani har kuni 5-10 daqiqaga uzaytirish lozim va asta-sekin 30-40 daqiqaga yetkaziladi. Quyosh vannasi qabul qilinayotganda har 5-10 daqiqada gavda holatini oʻzgartirib turish kerak, muolaja tugagach, yaxshilab choʻmilib olish tavsiya qilinadi. Quyosh vannasiga tushishdan ilgari shifokor bilan maslahatlashish darkor. Quyosh radiatsiyasi deganda quyoshdan ajralib chiqadigan butun integral oqim tushuniladi. Bu oqim toʻlqinlar nazariyasiga binoan nanometr bilan oʻlchanadigan turli uzunlikdagi toʻlqinlarning juda koʻp sonli bir qator elementlar elektromagnit tebranishlaridan iborat boʻladi: nanometr 0,001 mikronga tengdir. Yergacha yetib keladigan quyosh spektirining tarkibiga oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin boʻlmagan binafsha rang, yashil, sariq va qizil nurlar birga qoʻshilib, bizning koʻzimizga oq nur tarzida koʻrinadi va ular paydo qilgan toʻlqinning uzunligi 400 nm. dan 700 nm. gacha boʻladi. Koʻzga koʻrinmaydigan ultrabinafsha nurlar toʻlqinining uzunligi 280 nm dan 400 nm gacha va infraqizil nurlarning toʻlqini 760 nm dan 2800nm gacha etadi. Bunda ultrabinafsha nurlar asosan kimyoviy energiya tashisa, infra qizil nurlar issiqlik energiyasi tashiydi. Quyosh spektrining atmosferadan oʻtib kelish vaqtida nur yoʻlining uzunligi hamda havodagi suv bugʻlari, azot qatlamlarida nurning yutilishi va havoning chang, tutun va gazlar bilan ifloslanishi tufayli uning tarkibi oʻzgarib ketadi. Bunda ayniqsa ultrabinafsha nurlari koʻproq tutilib qoladi. Ifloslangan havo, bulut va tuman ultrabinafsha nurlarini 300 nm dan qisqa masofaga oʻtkazmaydi. Quyosh radiatsiyasining intensivligi joyning geografik kengligi va relefiga, yil fasllariga, kunning vaqtiga, ob-havo va boshqa shunga oʻxshash omillarga bogʻliq boʻladi. Togʻ choʻqqilaridagi havo-radiatsiya ultrabinafsha va infraqizil nurlarga boy boʻladi. Quyosh nuri koʻzni qamashtiradigan darajada oʻtkir boʻlib, bunday paytda oftob urishi, terining kuyishidan saqlanish hamda mahsus sariq-koʻk oynali koʻzoynaklar taqib koʻzni asrash kerak. Toʻgʻridan-toʻgʻri keladigan quyosh radiatsiyasidan tashqari, havo molekulalari bulutlar va mayda zarrachalarga boʻlinib, tarqalib ketgan radiatsiyadan ham muayyan ahamiyat kasb etadi. Bunda asosan ultrabinafsha, binafsha va havo rang nurlar parchalanib, tarqalgan boʻladi: havo ochiq boʻlgan kunlarda osmonning havo rang boʻlishi ana shundandir.Havo vannasi qabul qilishning qoidalari: Havo oʻpkada havo ventilyatsiyasini yaxshilab, oʻpkaning tiriklik sigʻimini ortiradi. Jismoniy tarbiya va sport mashgʻluotlarnini koʻp holatda toza havoda oʻtkazish tavsiya etiladi. Bu bilan organizmni kislorod bilan taʻminlanish darajasi yaxshilanadi, bunda sportchilarning kislorodsiz muhitda ham yuqori darajada ish bajara olish qobiliyati shakllanadi, yaʻni mashqlarni bajarishda chidamlilik rivojlanadi. Havo vannasiga erta bahorda, kunlar (20˚C) iliganda, quyosh nuri tik tushishdan muhofaza qilingan va shamol kuchli esmagan joyda tushgan ma’qul. Havo vannasida dastlab 10-15 daqiqa davomida boʻlgan yaxshi, keyinroq u 1,5-2 soatga yetkazilishi mumkin. Havo vannasi uchun qulay vaqt kunduzgi soatlardir. Havo vannasini qorin och yoki toʻq, ya’ni ovqatlanib boʻlgan zahoti qabul qilish tavsiya etilmaydi. Iloji boʻlsa, havo vannasiga tushishdan oldin organizmni bir oz qizitish lozim.Eng yaxshisi havo vannasini ochiq havoda harakatlanib (oʻynab yoki yurib) olgan ma’qul. Havo harakatining gigiyenik ahamiyati asosan uning konvektsiya yoʻli bilan issiqlik chiqarishning koʻpaytira olish xususiyatidan iboratdir. Shamol tanadan issiq havo qatlamlarini olib ketib,oʻrniga ancha sovuq havo olib keladi, bunda bugʻlanish ham ortadi. Basharti, havoning harorati tana haroratidan yuqori va suv bugʻlariga toʻyingan boʻlsa, u holda havoning harakati sovitish effektini bermaydi va natijada tananing harorati koʻtariladi. Shamol issiqlik ajratishga ta’sir koʻrsatishidan tashqari, yana teri retseptorlarini qoʻzgʻatib, issiqlik hosil boʻlishining reflektorli jarayonlarini kuchaytirib, modda almashinuvini oshiradi; shamolning tezligi orta borgan va buning natijasida harorat pasaya borgan sari issiqlik ham oshib boradi. Yilning issiq fasllarida shamollar issiqlik ajralishini kuchaytirib, organizmga yoqimli ta’sir koʻrsatadi. Bu ayniqsa jismoniy ish bajarilgan vaqtda qimmatlidir. Qish kunlari shamol turganda kishining sovuq olish xavfi ortadi-shamol boʻlmagan vaqtdagi 25-40 gradus sovuqni kuchli shamol turgan vaqtdagi 10-15 gradus sovuqqa nisbatan engilroq oʻtkazish mumkin.Kuchli shamol, shuningdek, nafas olishga ham halal berib, uning me’yoriy ritmini buzadi va nafas olish muskullaridagi zoʻriqishni oshiradi. Shamol roʻparadan esayotgan vaqtda chiqarilayotgan nafasga shamol kuchidan ortiqroq boʻlgan darajada tezlik berish zarur. Yon tomondan esayotgan shamol sal boʻlsa ham roʻparadan kesib oʻtayotganligi tufayli nafas olishga toʻsiqlik qiladi. Sport bilan shugʻullanayotgan vaqtda bunday hollar muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. U yuqori nafas olish yoʻllarida bir qator nohush reflekslar uygʻotishi va oqibatida harakat ritmiga ta’sir qilishi mumkin. Sport zallarida havo harakatining tezligi sekundiga 0,5 metr boʻlishiga ruxsat etiladi. Kurash tushiladigan va stol tennisi oʻynaladigan zallar bundan mustasnodir. Bunday joylarda shamolning tezligi sekundiga 0,25 metrdan va suzish uchun qurilgan yopiq basseynlarda sekundiga 0,2 metrdan oshmasligi kerak.
Suv muolajasi olish qoidalari: Suv muolajalari organizmni chiniqtiruvchi vosita boʻlib xizmat qiladi. Chiniqish muolajalari bilan organizmni kasalliklarga chidamliligi ortadi. Chiniqish muolajalarini dastur asosida har qanday sharoitda tashkil etish mumkin. Oyoqlarga, badan qismlariga suv quyishdan tortib to suvda choʻmilish va suzish mashqlari barchasi suv muolajalari hisoblanadi. Shuningdek jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlaridan soʻng issiq dush qabul qilish yoki hammom va saunaga tushish ogʻir jismoniy yuklamalar ta’sirini kamaytiradi hamda sportchilarni tez tiklanishiga yordam beradi. Suv muolajasi eng qulayi sochiq bilan artinish sanaladi. Buning uchun avval badan namlanadi, soʻngra badan qurigunicha sochiq bilan artiladi. Organizmni chiniqtirish uchun doimiy ravishda uyquga yotish oldidan oyoqni yuvish foydali. Oyoq dastlab iliq suvda yuviladi, soʻng suv harorati xona harorati darajasiga tushiriladi. Bunday suv muolajalarini bajarish oʻquvchi uchun odat boʻlib kolishi kerak. Gigiyenik omillar mehnat, dam olish, ovqatlanish, atrof muhitning va ijtimoiy hamda shaxsiy gigiyenasi tadbirlardan iborat. Gigiyenik sharoitlarni ta’minlashda moddiy texnika bazasi sport jihozlari, anjomlar va kiyimlar holati katta ahamiyatga ega. Jamoat gigiyenasi jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari, musobaqalari hamda madaniy hordiq chiqarish muassasalarining tozaligi, toza havo, suv bilan ta’minlanishi, ventilyatsiya, yoritilishi, xizmatchi xonalar (tualet, kiyinish va yuvinish xonalari) holati, sport jihozlari va sport zallari, maydonlarini sozligi, jamoat joylarini obodonlashtirilganligini kiritish mumkin. Shaxsiy gigiyenaga sportchilarni oʻz tanasini toza tutishi, parvarish qilishi, suv muolajalarini qabul qilishi, saranjom kiyinishi, sport kiyimlarini toza tutishi, toʻgʻri dam olish, oʻz vaqtida va sifatli ovqatlanish, madaniy hordiq chiqarish shakllari kiradi. Alkogol ichimliklar ichish, chekish va salbiy odatlar bilan mashgʻul boʻlmaslik.Juda koʻp suv muolajalari ichida birinchi navbatda dushdan va issiq-sovuq ya’ni kontrast dushdan, iliq va issiq-sovuq vannalardan foydalanish tavsiya etiladi. Dush organizmga haroratli hamda suv harakatining indiferent haroratidan farqiga bogʻliq boʻladi. Mazkur omilning turlicha mushtaraklikda qoʻllanishi turlicha samara beradi. Qaynoq va uzoq muddat dush qabul qilinadigan boʻlsa, bu xis tuygʻu va harakat nervlarining qoʻzgʻaluvchanligini pasaytiradi, modda almashinuv intensivligini oshiradi. Kontras dush kuch-quvvatni tiklashning eng samarali vositasi hisoblanadi, u quyidagi uslubiyot asosida qabul qilinishi kerak: bir minut qaynoq suvda turish, keyin esa 5-10 minut sovuq suvda turish kerak va hokazo. Bu tadbir 6-11 minut davom etadi. Iliq vannalar kuch-quvvatning tezroq tiklanishiga yordam beradi, uni trenirovka mashgʻulotlaridan keyin yoki kechasi qabul qilish tavsiya etiladi. Vanna qabul qilish 5-10 minut davom etilishi kerak. Kontras vannalar biri qaynoq va ikkinchisi sovuq boʻlgan ikki xil vannalarda qabul qilinadi. Dastlab sportchi 2-3 minut mobaynida issiq vannada, soʻngra esa 1-1,5 minut sovuq vannada boʻladi. Vannalarni almashtirish 7 martagacha oʻtkaziladi. Bu tadbir sovuq vanna qabul qilish bilan yakunlanadi. Kislorodli vannalar suvni kislorodga toʻyintirish bilan tayyorlanadi. Vannaga kislorod maxsus trubachalar sistemasi orqali vannaning ostidan yuboriladi. Kislorodli vannalar nerv sistemasiga orombaxsh ta’sir koʻrsatib, uni tinchlantiradi hamda qon va toʻqimalarning kislorod bilan toʻyinishini yaxshilaydi. Vannadagi suvning harorati 34-36 gradus boʻladi. Vanna qabul qilish 10-15 minut davom etadi.
Chiniqtirish jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Toʻgʻri chiniqtirish organizmning tashqi muhit sharoitiga chidamliligini, kasalliklarga qarshiligini kuchaytirib, umuman jismoniy va asab-ruhiy jihatdan rivojlanishiga yordam beradi, jismoniy va aqliy mehnat qiyinchiliklariga chidamlilikni oshiradi. Chiniqtirishda quyidagilarga qat’iy amal qilish zarur:
— ta’sir kuchini asta-sekin oshirib borish, masalan, suv muolajalarini uy haroratidagi suv bilan boshlash;
—chiniqtiruvchi muolajalarni har kuni muntazam ravishda bajarib borish;
—muolajani kompleks usulda toʻgʻri taqsimlab uning ta’sir kuchini oshirish.
Chiniqtiradigan muolajalar tavsiya etilar ekan, organizmning ahvoli, jinsi, yoshi, boshidan kechirgan kasalliklari, ruhiy- emotsional holatini hisobga olish lozim. Havoda chiniqish. Havo organizmni kislorod bilan ta’minlashdan tashqari, bir kecha-kunduz davomida oʻzgarib turadigan boshqa ob-havo omillari bilan ham ta’sir koʻrsatadi. Havo vannalari harorati 20—30°C da iliq, 20 dan 14 darajagacha— salqin, 14°C dan past haroratda sovuq vannalarga boʻlinadi. Havo vannalari olish miqdorini belgilab beradigan asosiy omil havo haroratidir. Havo juda nam va shamol boʻlib turganda organism koʻproq sovuq qotadi. Odam oʻzini doimo tetik va xushchaqchaq sezishi, harakatlari ildam va chaqqon boʻlishi, qoniqib uxlashi, ishtahasi ochilib, ish qobiliyatining oshishi va boshqalar havo vannasining ijobiy ta’sir qilayotganini koʻrsatadi.
Havo vannasi qabul qilish vaqtida odam oʻzini noxush sezib, qaltirasa, eti uvishsa, muolajani toʻxtatishi yoki isinish uchun chaqqon-chaqon harakat qilishi zarur. Havo sovuq, yomgʻirli, tumanli boʻlganda, sekundiga 3 metrdan ortiq tezlikda shamol esib turganda havo vannalari qabul qilish yaramaydi. Yilning sovuq paytlarida yengilroq kiyinib yurish ham havoda chiniqishning bir turi hisoblanadi. Suvda chiniqish. Chiniqishning eng samarali va keng tarqalgan vositasi suv muolajasi. Buning sababi suvning fizik xossalariga— issiqlik oʻtkazuvchanligi, issiqlik sigʻimi yuqori boʻlishi, teriga mexanik ta’sir koʻrsatishiga bogʻliq. Havo harorati 24°C da yalangʻoch odam oʻzini yaxshi sezadi, xuddi shu haroratdagi suv esa sovuqroq tuyuladi, binobarin, suvni 30—35°C gacha ilitish kerak boʻladi. Suvda chiniqish havo vannalariga qaraganda ancha kuchli ta’sir qiladi. Oʻrta Osiyo iqlimi keskin kontinental kunduzi va tunda harorat tez-tez oʻzgarib turadi, bunday iqlim bola organizmiga ma’lum talablarni qoʻyadi, albatta. Bolani harorati 24—16 va 16°C dan past boʻlgan suvda chiniqtirish kerak. Sovuqroq va sovuq suvda choʻmilib, badan ishqab artib turilsa, shamollash kasalliklariga chidamli boʻladi. Muntazam ravishda chiniqish lozim.
Badanni goʻdaklikdan (butun tanani va maʻlum bir qismini) hoʻl sochiq bilan ishqalab artish—chiniqishning eng oson va foydali usulidir. Avval badanning yuqori qismi sovuq suvda hoʻllangan porolon yoki sochiq bilan artiladi, keyin quruq qilib artiladi. Pastki qismida ham shu hol takrorlanadi va badan quruq sochiq bilan qiziguncha artilib muolaja tugatiladi. Ayni vaqtda qoʻl harakatlari chetdan yurakka tomon yoʻnaltirilishi kerak. Badanni yaxshisi, ertalab uyqudan turgandan keyin hoʻl sochiq bilan artish kerak. odamning kayfiyati va ruhiyati koʻtarilib, ishtahasi ochiladi, Suv muolajalarining yana bir usuli biror idish yoki vodoprovod
trubasiga ulab qoʻyilgan shlang bilan boshdan suv quyishdir. Asab sistemasi qoʻzgʻaluvchanligi sezgir bolalarga bu muolaja toʻgʻri kelmaydi. Suv harorati avval 30°C atrofida boʻlishi kerak, uni asta-sekin pasaytirib, 15°C va undan ham pastroq tushiriladi.
Muolaja muddati, keyin badanni artib ishqalashni ham qoʻshib hisoblaganda, 3—4 daqiqa davom etishi kerak. Yozda chiniqtirishning eng yaxshi rohatbaxsh usuli dushda, suv havzalarida, anhorlarda va boshqa joylarda choʻmilishdir. Dush hammadan koʻra kuchli fiziologik ta’sir koʻrsatadi. Suv harorati oldiniga 30—32°C, muolaja qabul qilish muddati koʻpi bilan bir daqiqa boʻladi. Keyinchalik dushda choʻmilish muddatini ikki daqiqagacha uzaytirish va suv haroratini pasaytirish mumkin. Organizm yaxshigina chiniqqandan keyin qarama-qarshi haroratli kontrast dush muolajasini qoʻllash mumkin. Bunda 35—40°C va 15—20°C haroratli suvni 3 daqiqa davomida 2—3 marta galma-gal ustdan quyib turiladi (Sharko dushi). Salga shamollab, surunkali kasalliklar bilan ogʻrib yurgan bolalarga chiniqish usuli tariqasida issiq-sovuq dushda choʻmilish tavsiya etilmaydi. Ochiq suv havzalarida choʻmilish ham bir qadar ehtiyot boʻlishni talab qiladi, chunki bunda organizm suv, havo va quyosh yogʻdularining birgalikdagi ta’siriga uchraydi. Dengiz suvida esa organizm mexanik ta’sirdan tashqari, kimyoviy ta’sirga ham uchraydiki, bu muolaja choʻmiluvchiga juda yaxshi sogʻlomlashtiruvchi omil sifatida ta’sir qiladi.
„Choʻmilish“ mavsumini suv bilan havo harorati kamida 18—20°C boʻlib turgan mahalda boshlash va suv harorati 14—15°C, havo harorati esa 16—17°Cga tushganda tugatish kerak. Qish kezlari ochiq suv havzalarida choʻmilish chiniqtirishning foydali shakli deb hisoblansa-da, bolalarning juda koʻpchiligi uchun bu usul tavsiya etilmaydi, chunki bunday sovuq suv salomatlikka salbiy ta’sir qiladi. Suvda boʻlish muddati uning haroratiga, ob-havo sharoiti va odamning nechogʻli chiniqqanligiga bogʻliq. Avvaliga faqat 4—5 daqiqa choʻmilish kerak, keyin bu muddat asta-sekin uzaytirilib 15—20 daqiqa va bundan
koʻproqqa yetkaziladi. Sovuqroq suvda choʻmilib turish organizmning barcha aʻzolariga tetiklashtiruvchi ta’sir koʻrsatadi. Natijada moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Quyoshda chiniqish. Badanni oftobda yaxshisi, soat 9 dan 11 gacha va kunning ikkinchi yarmida, soat 17—18 orasida issiq qaytib, quyosh yogʻdulari yerga ogʻib tushadigan mahalda chiniqtirgan ma’qul. Quyosh nuri ta’sirida badan terisida alohida aktiv moddalar va D vitamini hosil boʻladi, bular organizmning himoya kuchlarini oshirib, kalsiy va fosfor tuzlarini oʻzlashtirishga yordam beradi. Me’yori oshirib yuborilsa, quyosh nurlari organizmga ziyon yetkazishi (terida xavfli oʻsimta hosil boʻladi) mumkin.
Quyosh nuridan bilib va toʻgʻri foydalanish esa, badan terisini bir tekisda qorayib, chiniqib borishiga yordam beradi. Badan terisining qorayishi yuza qatlamlarda melanin pigmenti toʻplanib borishi bilan kechadi. Ana shu pigment ultrabinafsha nurlarning ichkariga chuqur kirishiga yoʻl qoʻymaydi va shu bilan organizmni quyosh nurlarining zararli ta’siridan qisman saqlab boradi. 1,5 soatdan ortiq davom etadigan quyosh vannalari salomatlik uchun zararli boʻlib, yurak tomirlari, asab sistemasi ishini izdan chiqaradi. Oftobda koʻp turganda koʻp terlab, tomir urishi tezlashadi, yurak oʻynaydi, bosh ogʻriydi, koʻngil aynib, bosh aylanadi. Bunday oʻzgarishlar paydo boʻla boshlasa, muolaja muddatini kamaytirish yoki uni birmuncha salqin paytga koʻchirish kerak. Yozda oʻt ustida yoki toza qumda, taqir yerda yalang oyoq yurish organizmning shamollash kasalliklariga koʻrsatadigan qarshiligini kuchaytiradi. Och qolish yoki mudom toʻyib ovqatlanmaslik organizmning sovuqqa, yuqumli kasalliklarga va tashqi muhitning turli ta’sirlariga sezgirligini oshiradi. Ish qobiliyatini va ijodiy kuch-quvvatni uzoq yillargacha saqlash uchun organizmni yoshlikdan chiniqtirish, sogʻliqni mustahkamlab borish uchun qaygʻurish kerak.

Yüklə 199 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin