Taklif elastikligi ahamiyati talab elastikligiga qaraganda ikkinchi darajali ko’rsatkich. Talab elastikligining ustunligi shundaki, u umumiy tushgan daromad (tushum) qanday o’zgarishini ko’rsatadi, lekin taklif elastikligi ham muhim bir faktni, unda vaqt omili asosiy rol o’ynashini, qisqa muddatga qaraganda, nisbatan yuqori narxga hamma o’rganib bo’lgach, uzoq muddatli bozor davrida taklif elastikligi yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va taklifning o’zgarishi narxning o’zgarishiga, o’z navbatida narxning o’zgarishi talab va taklifning o’zgarishiga olib keladi.
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, bu bog’lanish talab va taklif qonunida ifodalanadi. Talab va taklif qonunining amal qilishi asosida bozorda narx shakllanadi:
— u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish rag’batlantiriladi;
— mamlakat miqyosida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini taqsimlashga, ishlab chiqarish strukturasini shakllanishi va o’zgarishiga olib keladi;
— tovar sifatini qanday bo’lishini belgilaydi, uning sifati ustidan nazorat qiladi;
— talab va taklifni faqat miqdoran emas, balki tarkibi jihatidan ham bir-biriga moslashtiradi.
Talab va taklif bozorda xaridor va sotuvchi tarzida uchrashar ekan, ularning bog’lanishi narx orqali amalga oshadi. Talab va taklifning mos kelishi bozor iqtisodiyotining eng muhim talabidir, chunki faqat shunday sharoitda iqtisodiy o’sish yuz beradi.
XULOSA
Bozor iqtisodiyotida talab va taklif asosiy, fundamental kategoriya. Bozordagi talab va taklif va uning nisbatiga ko’ra resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi. Talab xaridorning bozordagi narga ko’ra tovarni xarid qilishga tayyorligi, uning ehtiyojini pul Bilan ta’minlangan holda bozorda namoyon bo’lishidir. Taklif esa muayyan narx darajasida tovarni sotish uchun bozorga chiqarilishidir.
Talab va taklif qonuni – bozor qonuni. Unga muvofiq talab narxga teskari mutanosiblikda, taklif esa to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi. Talab va taklif o’zgarishiga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Ularni ikkiga narx va narxdan boshqa omillarga ajratiladi.
Talab va taklif qonuni talab va taklifni narx o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgarishini ko’rsatadi, lekin qanday o’zgarishini ko’rsatmaydi. Bu vazifani talab va taklif elastikligi ko’rsatkichlari bajaradi va elastiklik koeffitsienti orqali ifodalanadi. Bu koeffitsient 1dan katta bo’lsa, talab va taklif elastik, 1ga teng bo’lsa yagona elastik, birdan kichik bo’lsa nolastik bo’ladi.
Elastiklik koeffitsienti narxga nisbatan hisoblangandan tashqari daromadga qarab ham aniqlanadi. Undan tashqari bilvosita talab koeffitsienti ham hisoblanadi. Bunda biz tovarlarni mustaqil tovarlar, bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlar, bir-birini to’ldiruvchi tovarlarga bo’lib o’rganamiz.
Elastiklik koeffitsientini aniqlash iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra firma, uy xo’jaligi, davlat narxni o’zgarishi qanday oqibatga olib kelishini chamalab, muvofiq ravishda chora-tadbirlar belgilaydi.
Talab xaridor uchun tovarning qadr-qimmatini ham belgilaydi. Bunda har bir xaridor o’zi tovarning nafliligini uning narxi bilan taqqoslaydi. Naflilik har bir xaridor uchun sub’ektiv bo’lib, unga ko’ra xaridor tanlovi amalga oshadi. U nimani afzal ko’rsa shuni sotib oladi. Iqtisodiyotda me’yoriy naflilik qonuni amal qiladiki, uning amal qilishiga ko’ra xaridorning ehtiyoji qondirilgani sari uning uchun ko’shimcha tovarning nafliligi pasayib boradi. Demak bozorni o’rgangan holda chora-tadbirlar elgilash talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |