Kurs ishi mavzu: “Talab va taklif elastikligi” Topshirdi: 193-iqtisodiyot guruhi talabasi Xusainov Farrux Kurs ishi himoya qilingan sana “ ” 20 y. Baho “ ” Ilmiy rahbar: Komissiya a`zolari: mundarija



Yüklə 307,37 Kb.
səhifə1/8
tarix15.06.2023
ölçüsü307,37 Kb.
#130635
  1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi mavzu “Talab va taklif elastikligi” Topshirdi 193-iq


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus
ta’lim vazirligi Urganch Davlat Universiteti
Turizm va iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot kafedrasi
“Mikroiqtisodiyot” fanidan


KURS ISHI

Mavzu: “Talab va taklif elastikligi”


Topshirdi: 193-iqtisodiyot guruhi talabasi Xusainov Farrux


Kurs ishi himoya qilingan sana “__” ______ 20__ y.


Baho “__” _________

Ilmiy rahbar: _______ ____________________________


Komissiya a`zolari: _______ ____________________________
_______ ____________________________


M U N D A R I J A :
Kirish
1-bob. Talab va taklifning mohiyati, bozor iqtisodiyotida tutgan o`rni

    1. Talab tushunchasi va talab qonuni

    2. Taklif tushunchasi va taklif qonuni

    3. Bozor muvozanati, talab va taklifning iqtisodiyotdagi ahamiyati

2-bob. Talab va taklif elastikligi, elastiklikni hisoblash va qo`llanish sohalari

    1. Talab elastikligi va uni hisoblash

    2. Taklif elastikligi va uni hisoblash

    3. Elastiklik turlari hamda foydalanish holatlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

KIRISH

Talab va taklif degan so’zni to’tiqushga o’rgatsangiz bo’ldi, qarabsizki oldingizda iqtisodchi turibdi. Bu zaxarxanda hazilda jon bor” deya Makkonnell K.R. va Bryu S.L talab va taklifni tadqiq etishni boshlashadi.


Haqiqatdan ham iqtisodiyotda eng ko’p takrorlanadigan, diqqat qaratiladigan tushuncha - bu talab va taklif. Aynan talab va taklif ayrim iqtisodiy muammolarnigina emas, balki butun iqtisodiy muammoni qamrab oladi. Talab va taklif, ularning nisbatiga ko’ra soha, tarmoqlar qolaversa butun mamlakat miqyosida resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi. Shuning uchun ham talab va taklifga alohida diqqat qaratish zarur.
Bozor mexanizmining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Talab va taklifga narxning ta’siri, talab va taklif ta’sirida muvozanatlashgan narxning o‘rnatilishi tushunchalari iqtisodiyotda katta ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o‘rtasidagi mutanosiblik bu borada asosiy rol o`ynaydi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotni bozorsiz, hech bir davlatni bozor iqtisodiyotisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Aynan bozor iqtisodiyotning asosiy jang maydoni hisoblanadi deyish mumkin. O`z navbatida talab va taklifni bu jangdagi qurol-yaroqlarga taqqoslash mumkin. Ya`ni, bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi harakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir.


Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Ko’ylak olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xohishligicha qoladi, pul bo’lgandagina u talabga aylanadi. Talab o’z ichiga aholining iste’mol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi. Ayrim xaridor, turli iste’molchilar, guruhiy yoki butun mamlakat miqyosida xarid qilib olishni xohlayotgan aniq turdagi tovar hajmi talab qilingan tovar miqdori deyiladi.
Iste’molchilar xarid qilishni xohlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini farqlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xohlaganlariga qaraganda kamroq sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini ko’rsatadi. Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi shakllanadi.
Umuman iste’molchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin:
1. Individual talab — ayrim alohida xaridorning talabi.
2. Bozor talabi — xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining yig’indisi.
Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jihatlaridan qarab turli guruhlarga bo’lish mumkin. Jamiyat miqyosida talabni, o’z navbatida iste’molning maqsadiga ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin: iste’mol mollariga talab, iqtisodiy resurslarga talab. Iste’mol mollari aholini ehtiyojini qondirsa, resurslar esa ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradi.

Yüklə 307,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin