Kurs ishi mavzu: turizm xizmatlarida marketing kurs ishilarini amalga oshirish jarayonlari


Turistlik mahsulot raqobatbardoshligini baholash umumiy tartibi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə10/12
tarix09.06.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#127537
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Turizmda marketing

Turistlik mahsulot raqobatbardoshligini baholash umumiy tartibi Raqiblar faoliyatining tahlili munosib axborotni to’plashga imkon beradi. Ma‘lum ko’rsatkichlar bo’yicha guruhlashgan raqiblar to’g’risida axborot strategik guruhlar haritasini tuzishga imkon beradi va uning asosida turistlik tarmog’ida amal qiladigan firmalarning nisbiy raqobat joylashuvini tahlil qilishga ko’maklashadi.
Strategik guruh – raqobatga bir xil yondoShuvi va bozorda holati bir xil bo’lgan, bir-biri bilan kurashadigan firmalar butunligi
Raqobat kurash holatini baholashga bozorda ishlaydigan raqiblar faoliyatini tahlil qilinishi juda qiyin bo’lganligi ta‘sir qiladi. Buning uchun raqiblarning qo’yidagi strategik guruhlari ajratiladi.
Raqiblarning strategik guruhlari


Yangi korxonalar

Kengaytiriladigan korxonalar

Turistlik korxona raqiblarning strategik guruhlari


Har xil raqiblar darajasi har xil (chuqur, o’rtacha, yuzaki) bo’lgan tahlildan o’tishi kerak. Firma faoliyatiga ahamiyatli ta‘sir ko’rsatadigan yoki ko’rsatishi mumkin bo’lgan raqiblar salohiyatli raqiblarga nisbatan ko’proq (chuqurroq) o’rganiladi. Lekin bozorga yaqinda kirgan «yangi firmalar» ham to’g’ri raqiblarga nisbatan kam bo’lmagan tahdidni yaratishi mumkin.
Raqobat haritasini qurish uchun qo’yidagi ko’rsatkichlar qo’llaniladi:

  • bozorda band qilinadigan bozor ulushi – ma‘lum vaqt birligida mavjud bo’lgan statistik bahosi. F.Kotler va R. Ternerga binoan, bu ko’rsatkich asosida raqobat muhitida firmalar joylashuvining to’rtta turini ajratish mumkin;

  • bozor sardorlari – bozorda katta ulushga egalik qilgan, o’zining sardorligini doimo himoya qilishga majbur bo’lgan, doimiy innovatsiyalar orqali birinchi o’rinni saqlash, raqobat afzalliklarni yaratishga majbur bo’lgan turoperatorlar;

  • intiluvchilar – asosiy tamoyillari sardorning alohida, kichik joyini egallash hamda uning sust joylarini aniqlash bo’lgan kuchli raqobat o’ringa ega bo’lgan korxonalar;

  • shogirdlar – raqobat o’rni sust bo’lgan korxonalar.

Bu o’rinni egallaydigan korxonalar sardorlar yoki intiluvchilar bilan bevosita raqobat kurashida ishtirok etmaydi, ular turistlik bozorida band bo’lmagan joylarni va egasi yo’q bo’lgan segmentlarni qidiradi vash u faoliyat bilan Shug’ullanadi.

  • partizanlar - bozor joylarda istiqomat qiluvchilar (autsayderlar). Ahamiyatsiz bozor segmentini tovarni taklif etadigan, bozor ulushi kichik bo’lgan mayda korxonalar;

  • bozor ulushi harakati – korxonaning raqobat joylashuvi o’zgarish darajasini aniqlab beradigan va korxonaning qo’yidagi holatlarini ifodalab beradigan ko’rsatkich: raqobat joylashuvi yaxshilanadigan korxonalar; raqobat joylashuvi yomonlashib boradigan korxonalar; raqobat joylashuvi tez yomonlashib boradigan korxonalar. Bu ko’rsatkichlardan foydalanish jadvalda tavsiya etilgan bozor raqobat haritasini tuzish mumkin:

Bozorning raqobat haritasi


Bozor iqtisodiyotining o’sish jadallari

Bozor ulushi




Bozor
sardorlari

Quvib keluv chilar

Shogirdlar

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin