Kurs ishi mavzu: turizm xizmatlarida marketing kurs ishilarini amalga oshirish jarayonlari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə11/12
tarix09.06.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#127537
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Turizmda marketing


Partizanlar

Joylashuvi tez yaxshilanib boradigan korxonalar

1

5

9

13

Joylashuvi yaxshilanib boradigan korxonalar

2

6

10

14

Joylashuvi tez yomonlashib boradigan korxonalar

3

7

11

15

Joylashuvi yomonlashib boradigan korxonalar

4

8

12

16

Mazkur raqobat haritasi korxonaning 16 imkoniy joylashuvini aks etadi. Ulardan har bittasi bozor ulushini va raqobat kurashda bo’lgan salohiyatli imkoniyatlarini ifodalaydi. Eng kuchli joylashuvni birinchi guruh korxonalari egallaydi. Ular bozor sardorlari bo’lib, o’z joylashuvini yanada kuchaytirib boradi. Eng sust joylashuvni 16 guruh korxonalari egallaydi. Ularning joylashuvi autsayder sifatida yomonlashib bormoqda. Agar korxonalar bir xil bozor ulushiga egalik qilsalar, har bir guruh ichida korxonalarni bir-biridan ajratish uchun bozor ulushlar barqarorligi ko’rsatkichdan foydalanish mumkin. U firma xizmtalariga nisbatan mijozlar ishonchlilik darajasini tavfiflaydi va sotishlar umumiy hajmda doimiy mijozlarning ulushini ifodalaydi.
1. Raqobat strategiyasini ishlab chiqish.
Turistlik korxonalar joyini aniqlagandan so’ng marketingning raqobat strategiyasini tanlash zarur, chunki raqobat har xil joylashuvlarda bo’lib, firma raqobatning har xil strategiyalarni tanlab oladi. Marketing amaliyotida bozorda egallagan o’rniga qarab strategiyalarning uchta asosiy turi ma‘lum.
Bosib keluvchi (xujum qiluvchi) strategiya firmaning bozorda faol, tajovuz joylashuvini taklif etadi va bozorni o’ziga tobe etib, bozor ulushini kengaytirishga intiladi.
Bosib keluvchi strategiyani amalga oshirishning bir nechta yo’nalishni belgilash mumkin:

  • raqiblarni kuchli tomonlariga xujum qilish (raqibning kuchli tomonlaridan ustun bo’lish orqali bozor ulushini o’zlashtirish);

  • raqibning sust tomonlariga xujum qilish (raqiblar hali egallab olmagan mahsulot, segment yoki bozorlarni egallab olish);

  • ko’p rejali xujum (har tomonlama tadbirlarni bir vaqtda amalga oshirish, narxni bir vaqtda tushirish, yangi turlarni ishga solish, reklama sarflarni ko’paytirish);

  • strategik chegaralarni bosib olish (yangi, hali shaklanmagan, ammo kelajagi porloq bo’lgan segmentda raqobat afzallikga ega bo’lish);

  • «partizan hujumlari» (raqiblarning sust joylashuviga kutilmagan tor yo’nalishdagi xujumlarni amalga oshirish);

  • ogohlantiruvchi harakatlar (raqiblar amalga oshirmaydigan yoki xavf – xatardan bosh tortadigan raqobat afzalliklarni yaratish bo’yicha tadbirlar);.

  1. Himoyalovchi ushlab qoluvchi, strategiyasidan firma saqlab qolishga intilib, yangi firmalarni bozorga kirish va bozorda joylashish uchun ma‘lum qiyinchiliklarni yaratadi. Bu tadbirlar reaksiya tafsilotiga ega bo’ladi. Strategiya bu turining o’ziga yarasha xavf-xatari bor, chunki uni yurituvchi korxona tomonidan firma-raqiblar harakatiga nisbatan eng kuchli e‘tibor berilishi kerak.

  2. Orqaga qaytish strategiyasi, odatda ongli tanlanadigan emas, balki majburiy bo’ladi. Uning natijasida firma, odatda sohadan chiqib ketadi.

Shunday qilib, raqiblarni marketing Kurs ishilar tizimidan o’tkazilishi turistlik korxonaga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • raqiblar faoliyati to’g’risida bilimga ega bo’lib, bozordagi yutuqni, kelajakdagi rivojlanishni to’liq baholash;

  • ustunliklarni osonlikcha baholash;

  • raqiblar harakatlariga tezda javob qaytarish;

  • raqiblar kuchli tomonlarini imkon boricha susaytirish strategiyasini ishlab chiqish;

  • butun korxona raqobatbardoshligini va samaradorligini oshirish;

  • korxona xodimlariga raqiblar to’g’risida axborotlarni yetkazib turi shva Shu bilan ular faoliyatini dadillashtirish;

  • xodimlar malakasini oshirish va ta‘lim tizimini takomillashtirish;

  • korxonaning bozordagi joylashuvini yaxshiroq himoya qilish va kengaytirish.

Bu tadbirlarni majmuali yechimi korxonaning raqobat saviyasini va bozordagi muhiti xususiyatlarini hisobga oluvchi raqobat afzalliklarga erishish maqsadida strategiyani ishlab chiqish masalalariga yanada asoslangan holda yondashishga imkon beradi.
XULOSA
Shunday qilib, sayohat marketingi istiqbolli va jadal rivojlanayotgan sohadir. Turizmning o'sib borayotgan roli, ushbu sohada raqobatning kuchayishi munosabati bilan ushbu yo'nalishdagi turli marketing usullari dolzarb bo'lib kelmoqda. Turizm, boshqa har qanday faoliyat sohasi singari, umumiy qabul qilingan qoidalar bilan bir qatorda marketing sohasida ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu turistik mahsulotning o'ziga xos xususiyati, turizmda o'zaro aloqada bo'lgan sub'ektlar guruhi, faoliyat sohasi va tashqi omillarning kuchli ta'siri bilan bog'liq. Turizm marketingi nafaqat "oxirgi iste'molchilar" - sayyohlarga, balki vositachilar - sayyohlik agentliklari, sheriklar, jamoat turistik birlashmalari, turizmni tartibga solish bo'yicha davlat idoralariga ham tegishli.
An'anaviy tijorat faoliyatining o'ziga xos mehnat natijasiga ega bo'lgan va marketing kontseptsiyasining o'zi shunday o'ziga xos tarkibga ega bo'lgan turlari uchun. Turizm faoliyatida mehnat natijasi turizm mahsulotidir. Ushbu atamani sayyohlarga ko'rsatiladigan har qanday xizmat (maishiy, mehmonxona, transport, ekskursiya va boshqalar) deb tushunish odatiy holdir. Turistik mahsulot deganda, birgalikda sayohatni tashkil etadigan tovarlar va xizmatlar tizimi tushunilishi mumkin.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin