Kurs ishi Mavzu



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/11
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#105716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi. O’zbekistonda marketingni vujudga kelishi va rivojlanishi-tadbirkorlik faoliyatini alohida turi sifatida ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilangan:
- marketingning vujudga kelishi va rivojlanish evolyutsiyasini o’rganish;
- rivojlanish bosqichlari va unga mos keluvchi konsepsiyalarni ko’rib chiqish;
- tikuvchilik korxonalarida marketing tizimini tashkil qilish;
- tikuvchilik korxonalarida marketingning rivojlanish istiqbollarini o’rganish.
Kurs ishining obyekti. Kurs ishining obyekti sifatida tikuvchilik korxonalari marketing tizimi tanlangan.
Kurs ishining ilmiy yangiligi.
Marketingning vujudga kelishi va rivojlanishining nazariy asoslari.
Tadbirkorlik faoliyatida marketingning ro’li va axamiyati.
Kurs ishining xajmi. Mazkur kurs ishi kirish, 2ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib, ____ betni tashkil etadi
1-bob.Marketingning vujudga kelishi va rivojlanishining nazariy asoslari

    1. Marketingning vujudga kelishi va rivojlanish evalyutsiyasi

Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir. «Marketing» fani korxonalar (firmalar)ni bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni, foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi.
Mamlakatimizda marketing haqidagi dastlabki maqolalar o‘tgan asrning oltmishinchi yillari o‘rtalarida paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, u paytdagi barcha maqolalar tanqidiy ruhda yozilgan edi. Lekin marketingni fan tariqasida o‘rganish XX asrning saksoninchi yillari oxirida boshlandi. Bozor hamda tovar-pul munosabatlarini asta-sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan bu yo‘nalishda faol harakat qilishni talab etdi. SHu sababli, iqtisodiyot yo‘nalishlari uchun mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari birinchilar qatorida «Marketing» fanini o‘rganishga kirishishdi.
Marketing – bugungi kunda eng avvalo, iste’molchilarni qidiruvchi, yaratuvchi va ushlab qoluvchi fan hamda san’atdir. «Marketing» bo‘yicha xorijiy tajribani korxonalarimiz va tashkilotlarimiz amaliyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish juda cheklangan. Bizning korxonalarimizda marketing funksiyalarini to‘liq holda, ya’ni bizning korxonalarimiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar firmalari faoliyati o‘rtasidagi prinsipial farqlar bo‘yicha tatbiq etish mumkin emas. Bu borada masalaga milliy iqtisodiyotimizning o‘ziga xos xusiyatlarini, mahalliy shartsharoitlarni hisobga olgan holda yondashish zarur.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin