Kurs ishi Mavzu



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/11
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#105716
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi


O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus ta'lim vazirligi
Toshkent To'qimachilik va Yengil Sanoat Instituti
"Korporotiv boshqaruv" kafedrasi
"Strategik marketing" fanidan

Kurs ishi

Mavzu: O’zbekistonda marketingni vujudga kelishi va rivojlanishi-tadbirkorlik faoliyatini alohida turi sifatida

Bajardi:19-19 guruhi talabasi


Maxamadjonova Malikabonu
Hay’at a’zolari:___________
________________________
_______________________


Toshkent 2023 y.
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………….3
1-bob.Marketingning vujudga kelishi va rivojlanishining nazariy asoslari………
1.1 Marketingning vujudga kelishi va rivojlanish evalyutsiyasi.……………….5
1.2 Rivojlanish bosqichlari va unga mos keluvchi konsepsiyalar…...………….8
2-bob. Tadbirkorlik faoliyatida marketingning ro’li va axamiyati..……………
2.1 Tikuvchilik korxonalarida marketing tizimini tashkil qilish…………...…..18
2.2 Tikuvchilik korxonalarida marketingning rivojlanish istiqbollari…………20
Xulosa……………………………………………………………………….....23
Foydalainilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………....24 Ilova…………………………………………………………………………....25

Kirish.
Kurs ishining dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda yengil sanoat tarmoqlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, yerkin raqobat va aholi turmush farovonligini ta’minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud. Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchili mavjudligini ko‘rsatadi.Shu sababli mamlakatimzda ham jahon bozorida ham bu soxaga juda katta e’tibor qaratilmoqda va davlat tomonidan qo’llab quvvatlanmoqda.
O O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ham yirtimizda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, keng imkoniyatlar yaratish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Qarorda milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha muhum strategiyalar belgilangan bo'lib, bularning sifatli ravnaqi uchun esa albatta marketingning roli katta hisoblanadi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy – iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud. Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi.
Demak, marketingning ta’rifi turli-tuman. Ammo bundan qat’iy nazar, ulardan ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin