Buhgalteriya operatsiyalari:
Tovar-moddiy zaxiralarni yetkazib beruvchidan $100 (shu jumladan, $20 QQS) sotib olgandi, 60 kunlik to'lov muddati bilan:
Dt. TMZ 80
Dt. QQS bo’yicha qarzdorlik 20
Kt. Kreditor qarzdorlik (100)
$10 transport xarajatlari va $5 import bojlarini to'lashda:
Dt. TMZ 15
Kt. Bank (15)
Yetkazib beruvchidan kutilmagan $20 keshbek bonus qaytib keldi, shundan $10 zaxiradagi materiallar uchun, $10 esa sotilib bo’lgan TMZ uchun:
Dt. Bank 20
Kt. TMZ (10)
Kt. Sotuv tannarxi (10)
Avgust oyi uchun $5 qo'shimcha xarajatlar (ijara, amortizatsiya, xodimlar, kommunal xizmatlar) sarflanganda. Shuning 20% to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarish bilan bog’liq:
Dt. TMZ 1
Dt. Davr xarajatlari 4
Kt. Kreditor qarzdorlik (5)
Buyurtmachiga mahsulot yuborish uchun $3 transport xarajati to'langanda:
Dt. Sotish xarajatlari 3
Kt. Bank (3)
Mahsulotni tadqiqot/research ($2000) va rivojlantirish (tajriba-konstruktorlik ishlab chiqarish)/ development ($5000) bilan bog'liq xarajatlar bo'yicha:
Dt. Sotish xarajatlari 2,000
Dt. Nomoddiy aktiv 5,000
Kt. Kreditorlik qarz / Bank (7,000)
$100 tovarlarni $200 naqd pulga sotishda:
Dt. Naqd pul 200
Kt. Daromad (200)
Dt. Sotuv tannarxi 100
Kt. TMZ (100)
Sof sotish qiymati $700ga past bo'lgan TMZ aniqlanganda:
Dt. Sotuv tannarxi 700
Kt. TMZ (700)
Xulosa.
Tovar-moddiy zaxiralari hisobini olib borganda ombordagi hisob- kitoblarni to’g’ri yo’lga qo’yishda hamda buxgalteriyadagi ma’lumotlar bilan bir-biriga to’g’ri kelishda ombor mudirining xizmati juda kata. Shuning uchun bizlar o’ylaymizki, korxonlardagi Tovar-moddiy zaxiralarining kirim-chiqimini hisobga olishda ombor mudirlari hisob-kitob ishlarini yaxshi bilishi talab etiladi, shuning uchun ombor mudirlarini buxgalteriya hisobidan xabardor bo’lgan shaxslarni qo’yish yoki bo’lmasam shu shaxsni buxgalteriya sohasidagi kurslarni o’qitishni talab etish zarur. Chunki, o’z sohasining mutaxasisi bo’lish uchun ozmi ko’pmi buxgalteriya hisobidan xabardor bo’lish zarurdir.
Hozirgi kunda ko’p korxonalarda ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar hisobini tashkil etmaslik holatlari uchrab turmoqda. Bu faqatgina hisob ishlarini chalkashtiradi. Buxgalteriya hisobida shunday narsa bo’lish kerakki, miqdoridan, qiymatidan qat’iy nazar har bir tayyor mahsulotlar yoki yarim tayyor mahsulotlar omborga qabul qilinsa, hujjatda aks ettirish zarur. Bu holat korxonalarda to’g’ri yo’lga qo’yilmagan. Hujjatni oldindan rasmiylashtirish, keyin rasmiylashtirish hollari mavjud. Bizning fikrimizda yuqorida aytilgan prinsip, buxgalteriya hisobida shunday asos bo’yicha ish yuritish kerakki, miqdoridan, qiymatidan qat’iy nazar har bir tayyor mahsulotlar yoki yarim tayyor mahsulotlar omborga qabul qilinganda hujjat orqali rasmiylashtirish zarur.
Hozirgi kunda barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy muammolardan biri buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan shakliga o’tkazish muammosi mavjuddir. Buning uchun barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini yuritishning avtomatlashgan shaklini qo’llash zarur. Buning uchun bizlarda barcha shart-sharoitlar mavjuddir. Tovar-moddiy zaxiralarning hisobni tashkil qilishni yanada yaxshilash uchun buxgalteriya hisobining avtomatlashgan shakli bo’lgan buxgalteriya hisobi dastur (1C: Buxgalteriya va BEM)laridan keng foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: |