Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə1/2
tarix15.12.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#75119
  1   2
Reja Kirish


Mavzu: O’zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya Jamg’armasining , uning daromadlari va xarajatlari tizimi.
Reja:
Kirish


  1. Byudjetdan tashqari Pensiya Jamg’armasining tashkiliy tuzilishi, asosiy vazifalari va funksiyalari.

  2. Pensiya Jamg’armasi daromadlarini shakllanish manbalari va ularning tahlili.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2021 yil I – yarim yillik asosiy ko‘rsatkichlar parametriO’zbekiston Respublikasi sharoitida Pensiya jamg’armasi faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekistonda ko’p sohalarda bo’lgani kabi pensiya sohasida ham tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Xususan, Mamlakatimizda pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yana bir muhim jihat shundaki, fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlashda 30 tadan ko’p hujjatlar talab etiladi va ularni olish uchun 14 ta vazirlik va idoralarga murojaat qilish kerak bo’ladi. Ushbu tashkilotlarda axborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi qog‘oz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yig‘ish jarayonini raqamlashtirishga to‘sqinlik qilib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev pensiya ta’minoti va mavjud byurokratik to’siqlarni keskin qoralagan holda, yaqin kelajakda fuqaro pensiyaga chiqishi uchun pensiya jamg’armalariga faqat fuqarolik pasporti bilan murojaat qilish tizimini yo’lga qo’yish muhimligini qayd etdi1. Pensiya tizimidagi yana bir muhim yangilik bu endilikda O’zbekistonda ham xususiy pensiya jamg’armalari tashkil topishi rejalashtirilmoqda. Bunda fuqaroning xususiy pensiyaga jamg’armasiga yo’naltirilgan mablag’i daromad solig’I bazasidan ayriladi, shuningdek siz pullaringizni qanchalik ko’payayotganligini onlayn tarzda ko’rish imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasining defetsitini kamaytirish uchun ham aynan pensiya ta’minotining alternativ va zamonaviy usullaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin